Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


Download 75.81 Kb.
bet1/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)


Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari.
MUNDARIJA
Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
I bob. Evfemizmlarning shakllanishi va nazariy asoslari. . . . . . .
1.1. Evfemizmning paydo bo`lishi va shakllanishi…… . . . . . . . . . .
1.2. Ingliz tilshunosligida evfemizmlarning o‘rganilishi . . . . . . . . .
1.3. O`lim va hayvon nomlari bn bog’liq evfemik vositalar . . . . . . . . .
I bob bo‘yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
II bob. Ingliz adabiyotida evfemizmlarning berilishi . . . . . .
2.1 Evfemizmlarning tarjima jarayonidagi tahlili (Jek Londonning “Martin Iden” asari asosida . . . . . . . . ……………………………...
2.2 “Martin Iden” asarida berilgan ba’zi bir evfemik vositalarning ma’nolari . . . . .
2.3. . . . . . . . . . . . .
II bob bo‘yicha xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
III bob. Tarjima jarayonidagi evfemizmlarning qiyosiy tahlili . .
3.1. Tarjima va muloqot madaniyatida evfemizmlarning ahamiyati. . .
3.2. Evfemizmlarning tarjima jarayonidagi tahlili (T. Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” asarida)............................................................................
3.3. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida evfemizmlarning ahamiyati . . .
III bob bo‘yicha xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . .. . . . . . . . . . . . . . . . .
Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
I BOB. EVFEMIZMLARNING SHAKLLANISHI VA NAZARIY
ASOSLARI
1.1 .Evfemizmning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari
Evfemizmlar insoniyаt tildаn foydаlаnish jarayonidagi keng tarqalgan
fenomenlardan biri, u odamlar orasida muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi,
muloqotni bir tekisda ketishini ta’minlaydi, suhbatning yanada ta’sirli olib
borilishini ta’minlaydi. Evfemizmlar xitoyliklar va chet ellik olimlarning ham
e’tiborini tortgan.
Evfemizm soʻzi yunoncha eu-“yaxshi”, phemi-“gapiryapman” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, ogʻzaki yoki yozma nutqda qoʻllaniladigan, ma’nosi neytral “vazifasi”ga koʻra emotsional boʻlgan soʻz boʻlib, qoʻpol yoki “beodob” soʻzlar oʻrniga qoʻllaniladi1.
A.Hojiyevning 2002-yilda qayta nashr qilingan “Lingvistik terminlar izohli lugʻati”da evfemizmga quyidagicha izoh beriladi: “Evfemizm narsa –hodisaning ancha yumshoq shaklidagi ifodasi; qoʻpol, beadab soʻz, ibora va tabu oʻrnida qoʻpol boʻlmagan, botmaydigan soʻz, iborani qoʻllash2. Masalan, ikkiqat soʻzi oʻrnida homilador, ogʻir oyoq soʻzlarini qoʻllash”. Bunday o‘zgarishlar albatta biznining mentalitetimizga mos bo‘lib, so‘z va iboralarni qo‘llashda hurmat, so‘zlarni chiroyli ifodlashda yordam beradi.
Tabu va evfemizm bir-birini tark etmaydigan hodisa hisoblanadi. Ular
birgalikda paydo bo‘lib, tilshunoslik kabi sohalarda keng miqyosda foydalaniladi.
Tabu va evfemizmning paydo bo‘lish sabablari, qanday maqsadlarda qo‘llanilishi
kabilarga doir umumtilshunoslikda, turkologiyada, jumladan, o‘zbek tilshunosligida ko‘plab manbalar: ilmiy ishlar, maqolalar, qimmatli fikrlar aytilgan
nazariyalar mavjuddir.
XVI asrning yarmiga kelib nutqiy madaniyatni yuksaltirishga boʻlgan
urinish kuchayib, Xudo, insonning avratlari va u bilan bogʻliq narsa-hodisalar
nomini ishlatmaslikka qarshi kurash olib boriladi. Kurash XVIII asrga qadar
davom etib, S.Richerdsonning “Pamella” asarida ba’zi nozik vaziyatlarning
evfemik shaklini juda madaniy tarzda qoʻllaganini koʻrish mumkin3.
XIX asrga kelib oʻzgacha madaniy hayot tarzi shakllanadi, erkaklar ishlab chiqarish bilan band boʻlishlari, ayollar esa oʻzlarini turmush oʻrtoqlari va oilasiga baxsh etishlari lozim boʻladi. Axloqiy va rasmiy senzura kuchayib, noziklik, nutqiy madaniyat yanada rivoj topa boshlaydi.
XX asrga kelib nafaqat inson a’zolari, balki hayvon va hasharot, kasallik va
narsa-hodisalar nomini evfemalashtirish ham avj oladi. Chunki jahon urushi
davrida odam savdosi, yetimlik, foxishabozlik rivoj topa borgan sari evfemik
birliklar va argotizmlar ham koʻpayib boradi. Ularning ma’noviy xususiyatlari
zamon va makonda, insoniyat xatti-harakati va holati bilan bogʻliq holda tomir yoza boshlaydi.
Evfemizm hodisasi XX asr boshlarida umumtilshunoslikda J.Vandriyes,
L.A.Bulaxovskiy4 kabi tilshunoslar tomonidan soha bilan bogʻliq adabiyotlarda
qayd etilgan boʻlib, ularning fikr-mulohazalari evfemizm mohiyati tavsifining
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. A.A.Reformatskiy tabu oʻrnida
qoʻllanilayotgan evfemik birliklarni etnik taraqqiyot bilan bogʻliq deb hisoblaydi.
Tabuning paydo boʻlishiga turli bid’at va xurofotlar sabab boʻlganligini aytib,
evfemizmlar uning nomini yopish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi5.
Lingvistik adabiyotlarda evfemizmlarga turli xil ta’riflar beriladi. Ushbu
ta’riflarda bu hodisaning funksiyalari aks etadi. Evfemizmning asl mohiyatini
yanada aniqroq tushunish maqsadida tadqiq qilingan ta’riflarni 3 guruhga ajratdik.
Evfemizmlarning ushbu ta’riflarda ifodalangan funksiyalari asos sifatida olindi.
Evfemizmlar insoniyat tildan foydalanish jarayonidagi keng tarqalgan fenomen hisoblanadi. U odamlar orasida muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi.
Muloqotni bir tekisda ketishini ta’minlaydi, suhbatning yanada yumshoqlik bilan ta’sirli olib borilishini ta’minlaydi. Evfemizmlar o`zbekistonliklar va chet ellik olimlarning ham e’tiborini tortgan.
Birinchi guruh evfemizmlarning qoʻpol va noxush hisoblangan soʻzlarni yumshatish funksiyasi tarafdorlari boʻlgan olimlar:
1. A.Spirs: “Evfemizm – aytilishi nooʻrin, noxush boʻlgan soʻz yoki ibora
oʻrniga boshqa oʻrinli boʻlgan soʻzni qoʻllash”6.
2. S.Mametov vа Z.Kulumbayeva: “Aytilishi noxush boʻlgan, muomala
qoidalariga uygʻun boʻlmagan qoʻpol, xunuk soʻzlarning oʻrniga boshqa
soʻzlarning qoʻllanilishiga evfemizm deyiladi”7.
3. X.Fauler: “Evfemizm – qoʻpol va noxush boʻlgan haqiqat oʻrnida qoʻllaniluvchi muloyimroq, noaniq iboralardir”8.
4. Ch.Keyni: “Evfemizm – noxush, haqoratli yoki qoʻrquv uygʻotuvchi soʻzni
boshqa yumshoqroq termin bilan almashtirib qoʻllash usulidir”9
5. I.P.Galperin: “Evfemizm – noxush soʻz va iborani nisbatan oʻrinli boʻlgan soʻz yoki ibora bilan almashtirish”10.
Ikkinchi guruh ta’riflarida asosiy yumshatish funksiyasidan tashqari ijtimoiy
motivlarning muhimligi e’tiborga olingan:
1. E.Partridj: “Evfemizm – tinglovchiga noxush ta’sirni kamaytirish yoki
soʻzlovchining yaxshi taassurot qoldirish maqsadida qoʻllaniluvchi iboralardir” .
2. A.Katsev: “Evfemizm – axloqiy va diniy motivlardan kelib chiqqan holda
qoʻrqinchli, uyatli soʻzlarni oʻrnida qoʻllaniluvchi, yumshatish ta’siriga ega
boʻlgan soʻz va iboralardir”11
3. L.Krisin: “Evfemizm muloqotda kommunikativ konfliktlardan qochish,
tinglovchida kommunikativ diskomfort hissini uygʻotmaslik maqsadida
qoʻllaniladi”12.
4. E.Tyurina: “Evfemizmlar ma’lum sabablarga koʻra nisbatan oʻrinli deb
hisoblanuvchi soʻz va iboralar boʻlib, ular soʻzlovchi uchun jamiyatda qabul
qilingan axloq normalari nuqtayi nazaridan taqiqlangan, nooʻrin, qoʻpol soʻzlar oʻrnida qoʻllaniladi”13.
Uchinchi guruhga kiruvchi ta’riflarda evfemizmning asosiy funksiyasi sifatida ma’lum bir tushunchani niqoblash funksiyasi olingan:
1. Dj.Lourens: “Evfemizm fikrni (ma’lum sabablarga koʻra) yumshatilgan,
qogʻozga oʻralgan holda ifoda etishdir. Koʻp hollarda bu yumshatish faqatgina soxta”.
2. D.Nimov va K.Silver: “Evfemizmlar noxush haqiqatni berkitish maqsadida
qoʻpol, haqoratli deb hisoblanuvchi soʻzlar oʻrnida qoʻllaniluvchi terminlardir”.
Chet elda evfemizm boʻyicha qilingan salmoqli ishlar koʻzga tashlanadi.
Ulardan biri angliyalik tilshunos Ravson (1981) “Evfemizm va boshqa muloqot turlari lugʻati”ni tuzgan inson, bu ingliz tilidagi evfemizmlar tadqiq qilingan lugʻatdir. U tadqiqotida nafaqat ingliz tili evfemizmlari tarixini oʻzida jam etgan, balki ingliz tili evfemizmlarining xususiyatlari, ta’riflari, turlari va shu kabi sohada koʻp muammolar ustida keng muhokama olib borgan, uni evfemizmlar tadqiqoti boʻyicha klassik asarga aylantirdi.
Yana boshqa biri amerikalik tilshunos olimlar Rawson, J.S.Newman,
C.C.Silver (1983) nashrdan chiqargan “Xushmuomula soʻzlar: evfemizmlar”
lugʻatida muallif ingliz tili evfemizmlariga tegishli boʻlgan barcha jabhalarga
toʻxtalib oʻtgan, evfemizmlarni turlarga ajratib chiqqan, shu bilan birga har bir evfemizmning kelib chiqishi va undan foydalanish yoʻllari boʻyicha batafsil tadqiqotlar olib borgan. Ushbu kitob ingliz evfemizmlari boʻyicha qilingan ishlar orasida eng muhim va qimmatli ilmiy adabiyot hisoblanadi. Ular yaratgan nazariyalar ingliz tili evfemizmlari tadqiqoti u chun asos boʻlib xizmat qildi, ingliz tili evfemizmlari tadqiqoti natijasi koreys tili evfemizmlari tadqiqoti uchun juda beqiyos oʻringa ega.
Tabu va evfemiya etnografik yoki etnolingvistik planda, asosan, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab har xil sabablar munosabati bilan tadqiq qilina boshlangan. Tabu va evfemiya hodisasining paydo bo‘lish sabablari, ularning qanday maqsadlarda qo‘llanilishiga doir umumtilshunoslikda, turkologiyada, jumladan, o‘zbek tilshunosligida anchagina manba’lar: ilmiy ishlar, maqolalar, yo‘l-yo‘lakay aytilgan fikrlar mavjud. Tabu va evfema hodisasi til va tafakkurning paydo bo‘lishi bilan uzviy shakllangan, taraqqiy etgan, insonning muomala ehtiyoji, notiqlik talabi asosida tilning o‘zi kabi evolyutsion bosqichlarni bosgan, endilikda o‘z o‘rganish obyektiga ega bo’lgan supernutqiy qatlamdir. Bugungi tabu va evfemika tadqiqi shuni ko‘rsatadiki, kishilar o‘rtasidagi aloqa vositalari voqelikni bayon etish – uni ifodalash usuli darajasiga ko‘ra bir-biri bilan uzviy bog‘langan uch qatlam: t i l (xabar, aloqa), n u t q (munosabat, muloqot), s u p e r n u t q (evfemik, ekspressiv-emotsional muomala)dan tashkil topadi. Nutq – tilning, evfemik qatlam esa nutqning evolyutsiyasidir. Evfemik nutq tafakkurning, inson aql­zakovatining oliy formasi, «qaymog‘i», voqelikning pardozlangan, "parda ichiga olingan", beozorlashtirilgan, yumshatilgan obrazli ifodasidir. Tabu va evfemiya – tarixiy­etnografik kategoriya. Lekin u uslubiy vosita sifatida qachon,
qaysi asrda paydo bo‘lganligi va shakllanganligini isbotlovchi matnlarga ega
emasmiz. Bundan qat’iy nazar, evfemik nutq til kabi qadimiy bo‘lib, ibtidoiy
tuzumga, urug‘, qabila tillariga borib taqaladi. Gap shunda ki, tabulashtirish va evfema qo‘llash udumi til taraqqiyotining barcha bosqichla rida, hamma xalqlarda, barcha sotsial qatlam va guruhlar nutqida o‘ziga xos tarzda amal qilgan. Biroq o‘tmishda evfemik qatlam ham, tilning tarixiy taraq qiyot bosqichlari ham deyarli o‘rganilmagan. Tilshunoslar tabu va evfemani faqat tarixiy­etnografik hodisa, evfema faqat tabulashtirilgan tushunchaning yopiq bayoni deb tushunganlar14. Bu ibtidoiy – etnolingvistik tabu uchun xarakterli, albatta. Biroq madaniyatning, tilning keyingi, xususan, bugungi taraqqiyotida tabuli evfema bilan birga tabulashtirilmagan – ochiq aytilishi u qadar man etilmagan, biroq nutqning etik­estetik talabi bilan yo‘l­yo‘lakay evfemalashtirilishi kerak bo’lgan turlari ham mavjud. Tabu va evfemaning tavsifiy xulosasiga keladigan bo‘lsak, evfema bu – tabulashtirilgan, ya’ni ochiq aytilishi man etilgan, ayb, uyat, hayosizlik, dag‘al, qo‘pol, haqorat, so‘kish hisoblangan; qo‘rqinch, dahshat, g‘am­alam, iztirob, motam, o‘ch, dard, hasrat ifodalaydigan; kishiga malol keladigan, o‘ksitadigan, izzat nafsiga tegadigan, hurmatsizlik, mazah, masxara, kamsitish, o‘kinch ifodalaydigan; biror shaxs yoki davlat arbobi , davlat siyosati, mafkurasi, o‘g‘irlik, xiyonat, jinoyat kabilar bilan bog‘liq ayb­nuqson, siru asrorlarni oshkor qiladigan; aksincha, nafrat, qahr, g‘azab qo‘zg‘atadigan; umuman, ochiq, oshkor aytilishi noo‘rin, noqulay, madaniyatsizlik, odobsizlik, axloqsizlik hisoblangan so‘z ibora (tabu, disfemizm, kakofemizm, varvarizm, vulgarizm)larning xotiradan salbiy
ta’sirini yumshatish, kamaytirish, yopish, yashirish, pardala sh, mumkinqadar
beozorroq tusga kiritish, tasviriy evfemik va evfonik uslubda bayon etish,
tinglovchiga ijobiy hissiy ta’sir etish – hayajon uyg‘otish va shu bilan nutqiy mukammallikka – go‘zallikka, til va muomala madaniyatiga erishish uchun qo‘llanadigan vositalardir.
V.P.Darbakova qadimgi mongollar tog‘lar, kamarlar va g‘orlar bekorga yerdan baland qilib yaratilmagan, ular yerni ushlab turuvchi ustunlar, ya’ni ulug‘ joylar sifatida muqaddaslashtirilganliklarini, shu tufayli uning o‘rmonlarini kesish, hayvonlarini o‘ldirish yomonlik keltiradi deb tushunganliklarini, hattoki, tog‘larning nomlari tilga olinmaganligini (agar u ko‘rinib tursa, shivirlab gapirilganligini), ular joylashgan o‘rniga qarab: Shimoliy tog‘, Sharqiy tog‘, G‘arbiy tog‘, Janubiy tog‘; biror belgi xususiyatiga qarab: Ko‘ktov, Alatov, Oltintov, Kumushtov, Sirlitov, Balandtov, Qorlitov, Yetimtov kabi nomlar bilan, keyinchalik shaxs nomlari bilan ataganliklarini yozgan15. Mashhur bir mudarrisning shogirdlari uning huzurida (kal bo‘lganligi uchun) "Kavsar" surasidagi "kalkavsar" so‘zini doimo "gulkavsar" tarzida talaffuz qilishlari haqida ham rivoyat mavjud. Arman yozuvchisi E.A.Agayan esa arman qishloqlarida ilon so‘zi o‘rnida arqon, kanat so‘zlari ishlatilganligini yozadi16.
Bu fikrlarda evfemizmning ma’no mezoni, ko‘lami, tasviriy ifoda obyekti, yondosh hodisalarga, til sathiga munosabati, evolyutsiyasiga doir fikrlar bayon etilgan. Biroq bu ishlarda biz nutqshunoslik muammolari, uning evfemikasi nazariy va amaliy jihatdan yechim topgan degan fikrdan yiroqmiz. Shuni ham ta’kidlash kerakki, tabu va evfemizm ibtidoiy din, ongi ojiz odamlarning g‘ayritabiiy dunyoqarashi, xurofot, bid’at, rasm­rusumlar ta’sirida paydo bo‘lgan eskilik qoldiqlari, bular jamiyatning keyingi taraqqiyotida – madaniylashgan bosqichlarida yo‘q bo’lib boradi degan qarashlar o‘zini oqlamaydi.



Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling