Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


O‘lim vа hаyvon bilаn bog‘liq evfemik vositаlar


Download 75.81 Kb.
bet3/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)

1.3. O‘lim vа hаyvon bilаn bog‘liq evfemik vositаlar
“O‘lmoq” tushunchаsi eng ko‘p qаytа-qаytа evfemlаshtirilgan, yuzlаb
bаdiiy- mаjoziy, okkаzionаl, nozik uslubiy xususiyаtlаrgа egа bo‘lgаn evfemik
vositаlаrning shаkllаnishigа sаbаb bo‘lаdi. Xususаn, buyuk shаxslаr o‘lgаndа,
ulаrning nomlаrini tilgа olish butunlаy mаn etilgаn. 1916-yildа Grigoriy Rаsputin
o‘ldirilgаndа, uning ismi vа fаmiliyаsini, hаtto lаqаbi – “oqsoqol’ (“старец”) ni tilgа olish tаqiqlаngаn. Jurnаlistlar “bir mаshhur shаxs o‘ldi” (“ Умер однозначительное лицо”) evfemаsini qo‘llаshgаn vа hаmmа bu shaxs Rаsputin ekаnligini аnglаgаn”. Hazrati Umar: “ Payg‘ambar alayhssalom o‘ldi”, degan xabarni olib kelganlar qilich yalang‘ochlab tahdid soladi… va keyin Rasulloh Allohning huzuriga jo‘nadilar, - degin, deb uqtiradilar18.
Bekat navbatchisi Shoymardon Edigeyga kazangap o‘lganligini telefon
orqali quyidagicha xabar berdi:
-Ha-a.. Shunday qilib, Kazangap chol, haligiday…
-Nima haligiday?
-Shoymardon bunday vaziyatda nima deyishi kerakligini topolmay qiynalardi.
-Nima desam ekan, haligiday, ya’ni masalan, o‘zining shonli hayot yo‘lini
yakunlabdi-da.
-E,e,- qisqa javob qildi Edigey19.
Ch. Aytmatov o’ldi tushunchasiga nisbatan ikkita evfema (haligiday, shonli hayot yo‘lini yakunlamoq) qo’llagan. E’tirof etish kerekki, tilimizdagi o‘ldi fe’lining 300 dan ortiq evfemik vositasining hech qaysi bu tushunchasining salbiy ta’sirini xotiradan bartaraf qilolmaydi. O‘lim bilan bog‘liq evfemalar mazmunga ko‘ra dastavval:
a) diniy;
b) dunyoviy evfemalarga ajraladi.
Diniy evfemalar ko‘proq jonning mavjudligi, tanadan chiqib ketishi, u
dunyoga – hudo huzuriga borish, jannat yoki do‘zaxdan joy olish kabi tushunchalar
asosida paydo bo‘lgan. Diniy evfema ko‘proq dindorlar nutqiga xos bo‘lib, bu vazifada omonatini topshirmoq, musilmonchilik qilmoq, bandalikni bajo keltirmoq, jon bermoq, u dunyoga ( narigi dunyoga, chin dunyoga) ketmoq, rahmatiga olmoq kabi evfemalar qo‘llaniladi. Diniy evfemalar har bir xalq, har bir insonning qanday dinga e’tiqod qilishiga qarab turlicha bo‘ladi. Ya’ni o‘sha din bilan bog‘liq evfemalar insonning butun hayoti davomida unga hamroh bo‘ladi. “O‘lmoq” tushunchasining evfemalari “o‘limning turi”, o‘lgan kishining kimligi (yoshi, mansabi-martabasi kabi va h.k ) ga qarab turlicha qo‘llaniladi. Masalan, halokatga uchragan, jangda halok bo‘lganlarga nisbatan ko‘proq halok bo‘lmoq, qurbon bo‘lmoq, omonatini topshirmoq, buyuk shaxslarga nisbatan shonli hayot yo‘liga yakun yasamoq, oramizadan ketmoq, vidolashmoq, yosh bolaga nisbatan jannatga uchmoq, gul tergani ketmoq, hur bo’lmoq, Xudoga kerak bo’lmoq evfemalari qo‘llaniladi.
Bir guruh evfemalar davr o‘tishi bilan dunyoviylashadi ham yoki aslan
dunyoviy tushunchalar bilan bog‘liq paydo bo’lgan bo’ladi. Bu vazifada vafot etmoq, qazo qilmoq, mahrum bo‘lmoq, ko‘pga qo‘shilmoq, yuragi urishdan to‘xtamoq, nafasi to‘xtamoq, (uzilmoq), abadiy uyquga ketmoq, nobud bo‘lmoq, halok bo‘lmoq, yo‘qolmoq, qurbon bo‘lmoq, hayot bilan vidolashmoq kabi evfemalar qo‘llaniladi.
Hozirgi og‘zaki nutqda ko‘proq o‘tibdi, bo‘lmabdi, yo‘qolibdi evfemalar faol qo‘llanilmoqda. Ko‘k kiymoq, qora kiymoq, soch yoymoq, bugungi kunda oq bog‘lamoq birikmalari ham o‘limning ramziy evfemik ifodasi bo‘lib xizmat qiladi: Ko‘king ko‘kinga ulansin. Baxting qora kiysin. Boshing ko‘kdan chiqmasin. (qarg‘ishdan). Vo to‘ram, deb qora soching yoygin, Vo to‘ram, deb qora liboslar kiygin20.
“Ko‘mmoq” tushunchasga nisbatan dafn etmoq, tuproqqa topshirmoq
(qo‘shmoq, bermoq, qo‘ymoq, yashirmoq), yerga ( qora yerga, qora yer qo‘yniga)
topshirmoq (bermoq, qo`ymoq, yashirmoq), mozorga (qabrga, lahadga,) turbatga,
oxirat uyga, chin joyga, makoniga) qo‘ymoq; qo‘yib qaytmoq, joylashtirib
qaytmoq, hokiga topshirmoq, egasiga topshirib qaytmoq, kabi vositalar qo‘llaniladi. Bularning ham nutqiy qimmati-uslubiy hususiyati bir xil emas, albatta. Masalan, dafn etmoq, qabrga yoki lahadga qo‘ymoqqa nisbatan aytilishi yumshoq bo‘lib, adabiy til uchun norma hisoblansa, qo‘yib qaytmoq, joylashtirib qaytmoq, egasiga topshirib qaytmoq (kelmoq) aytilishi bir muncha badiiy tusdadir. Misollar: Begimning jasadi o‘zi qurdirgan Mirzo Humoyun maqbarasining o‘ng qanotida dafn etildi21. Yoshim yigirma yettiga kirdi, hamon o‘g‘ilga zorman, bir emas, ikki o‘g‘ilni qabriga qo‘ydim22.
Jonim bolam, jonim bolam,
Ollohga topshirdim seni.
Alloh dodimga yetmadi.23
Ta’ziyada otangiz o‘libdi-da, ketib (yoki jo‘nab) qolibdi-da kabi noxush,
dag‘al gaplar o‘rnida azador ruhiga yengillik baxsh etuvchi banda(chi)lik,
hammaning boshida bor, o‘lim yoshu qari, shohu gadoga baravar, Hudoning ishi,
endi hudo rahmat qilsin, joylari jannatdan bo‘lsin, mahkam bo‘ling, sizga sabr bersin kabi evfemik vositalar qo‘llaniladi. Lekin g‘amingizga sherikmiz,
qayg‘udoshimiz, ta’ziyamizni qabul qiling kabi ruschadan qilingan tarjimalar
sun’iy iboralardir. Demak, evfemalashtirish hodisasi aytilishi mutloq man etilgan
(tabu) tushunchalardan tortib, aytilishi (so‘zlovchining nutqiy madaniyati,
sub’ektiv qarashi bilan bog‘liq) mumkin yoki fakultativ xarakterga ega bo‘lgan nutqiy jarayonni o‘z ichiga oladi.
Evfemik ma’no mezoni tushunchasi keng va murakkab bo‘lib, u o‘z
doirasida, tabu tushunchalarni yumshatish nuqtai nazaridan denotat bilan bog‘liq holda, darajalanadi – pog‘ona (ierarxiya)lanadi, tizim – semantik struktura hosil qiladi
Tabu va evfema qo‘llash vositalari ham til va jamiyat taraqqiyoti bilan birga
taraqqiy qiladi, eskiradi, iste’moldan chiqadi; o‘rnida yangi evfemik vositalar
shakllanadi. Boshqacha aytganda, ko‘pgina evfemik vositalar davr o‘tishi bilan eskirib o‘zi bog‘langan tabu tushunchaning beozor ifodasi bo‘lolmay qoladi. Natijada birinchi evfemik vosita o‘rnida yangi – yanada eshitilishi qulay bo‘lgan evfema paydo bo’ladi. Bitta tabu tushunchaning qayta­qayta evfemalashtirilishi birdan ortiq (beshta, o‘nta, yigirmata va h.k.) evfemaning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Tabu evfemalar orasida hayvon nomlari bilan bog‘liq evfemik vositalar ham
mavjud. Hayvon nomlari bilan bog‘liq evfemalar xalq orasida, og‘zaki nutqda ko‘proq ishlatilinadi. Inson bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida qon­qarindoshlik bor degan e’tiqod totemizga asoslanadi. Totemik e’tiqod va marosimlarning ayrim ko‘rinishlari ko‘p joylarda, ayniqsa, Avstraliya qabilalarida saqlanib qolgan. Avstraliya mahalliy aholisining har bir qabilasi muayyan hayvon yoki o‘simlik nomini olgan urug‘larga bo‘linadi.
Amerikadagi irokezliklarning Seneka qabilasi sakkiz uruqqa bo‘lingan va sakkiz hayvon (bo‘ri, ayiq, toshbaqa, babr, bug‘u, qiziloyoq, qarqara, lochin) nomi
bilan atalgan . Urug‘ va uning a’zolari o‘z totemini qarindoshi – otasi, onasi, do‘sti
deb hisoblab, ularga bag‘ishlab maxsus marosimlar o‘tkazganlar.
So‘z, jumladan, nom magik qudratga ega deb ishongan qadimgi xalqlar dev,
jin, shayton, yalmog‘iz kabi yovuz kuchlar; timsoh, akula kabi xavfli maxluqlar;
ayiq, bo‘ri, sher kabi yirtqich hayvonlar; ajdarho, ilon, chayon kabi zaharli maxluq
yoki hasharotlar; rak, sil, vabo kabi xavfli kasalliklar; marhum nomlari va shu kabilarni tabulashtirganlar. Marhumlar nomi ayrim holatlarda: dafnlash yoki arvohni shod etish, unga savob yuborish munosabati bilan tilga olingan. Chunki savob marhumga faqat uning nomi orqaligina borib tegadi deb tushuniladi.
Inson mavjudotning uzviy qismi ekanligidan, jumladan, hayvonot olami bilan
muayyan «muloqot»da bo’lgan. Hattoki, rivoyatlarda hayvonlar «til»ga kiradi,
tog‘u toshlardan sado eshitiladi, inson bilan «muomala» qiladi va b. Bu jarayonlar
inson istak – ehtiyoji mahsuli, albatta. Inson hayvonot olami tovushiga (tabiiy tovushga ham) qiyosan taqlidiy (ma‘ramoq, bo‘kirmoq, kishnamoq, hangramoq, hurmoq, uvillamoq, ulimoq, xur-xurlamoq, miyovlamoq, kukulamoq, qag‘illamoq kabi) so‘zlarnigina emas, shu bilan birga, hayvonlar bilan bo‘ladigan «muloqot» vositalarini ham yar atgan. Bu vositalar qadimdan ko‘pgina olimlar e’tiborini tortgan bo‘lsa-da, biroq bu masalaga doir maxsus tadqiqot ko‘zga tashlanmaydi. Bu – hayvon bilan «muloqot» vositalari evfemikasini o‘rganishni yanada qiyinlashtiradi. Evfemik idiomada inson ma’lum sabab bilan tabiat, hayvonot, hashorot, nabatotning u yoki bu, jonli yoki jonsiz turlariga nisbat beriladi; ularning faqat nomlarigina emas, ma’lum xususiyatlari ham insonga ko‘chiriladi. Biroq bundagi aloqadorlik (assotsiatsiya) muvaqqat (okkazional) bo‘lib, muayyan nutqiy vaziyat talab va ehtiyoj (inson nomini obrazlashtirish, simvollashtirish, oshkor aytavermaslik – vaqtincha tabulashtirish kabi) asosida shakllanadi.
Hayvonlar bilan muloqot va evfemik idiomalar bolalar uchun yozilgan ertak va hikoyalarda ko‘zga tashlanadi. Ularda hayvonlar so‘zlashadi, ularning obrazi orqali insonlarning xarakteri ochib beriladi. Qadimdan ovchilar esa qayerga, qachon, nima maqsadda ketayotganliklarini oshkor qilmaganlar, ya’ni ovlanishi kerak bo‘lgan hayvon, boriladigan manzil (ovloq), ov qurollari nomlari, hatto, o‘z nomlarini ham aytmaganlar: ramziy evfemik vositalar qo‘llaganlar, aks holda ov hayvonlari xabar topadi, qochib qoladi deb o‘ylaganlar. Boshqacha aytganda, ibtidoiy odam nom tilga olinsa, u o‘z predmetini – egasini chaqiradi deb tushungan (Bo‘rini yo‘qlasang qulog‘i, Xizrni yo‘qlasang tayog‘i ko‘rinadi gapi; dostonlarda qahramonlar go‘yo nomi atalishi
yoki biror tola sochi, pari tutatilishi bilan yetib kelishi shu g‘oya asosida tug‘ilgan).
Yoki zaharli hasharot, vahshiy hayvon nomlari tilga olinsa, ular kelib zarar
yetkazishi, xavfli kasalliklar nomi tilga olinsa, o‘chakishib, o‘limga olib borishi, marhumlarga hurmatsizlik qilinsa, nomlari e’zozlanmasa, ruhlari achchiqlanib,baxtsizlik olib kelishi, o’limga yetaklashi (hozirgi tilimizdagi arvoh urgan, o‘lik tutgan, o‘lik tortgan, arvoh norozi iboralari shundan qolgan) mumkin deb tushunilgan.
O.N.Turbachyov Yevropa ovchilari, baliqchi va dehqonlari ov mavsumida qo‘rqinchli va zararli hayvonlarning nomini aytmaslikka harakat qiladilar deb yozadi va muallif o‘rmon hayvonlari (ayiq, bo‘ri kabi)ni Shvetsiya, Finlyandiya, Estoniya va boshqa mamlakatlarda erkalatib, xushomadgo‘y, kinoyali laqablar bilan atashlari rasm bo‘lib qolganligini qayd etadi24. Masalan, ilon aslida chaquvchi, zahar soluvchi (tojikcha gazanda)
tushunchasining evfemasi: jil+on, jiluvchi, sudraluvchi, keyinroq arqon, arg‘amchi,
olachilvir, qamchi kabi evfemalar bilan almashtirilgan. Ilon qadimda boylik timsoli
ham bo‘lib kelgan. Chayon o‘rnida qo‘llangan gajdum, kajdum evfemasi nutq talabiga javob bermagach, tabulashtirilib, o‘rnida eshak, nomi yo‘q, benom evfemalari qo‘llangan. O‘zbek xalqi chayon, oti yo‘q so‘zlarini eshitgandayoq noxush holatlarni his qilishadi. Undan ehtiyot bo‘lishga, sergak yurishga chorlashadi. Medved (ayiq) aslida evfemik atama (myodaed – asalxo‘r) bo’lgan, keyinchalik tabulashtirilib, o‘rmonchi (lesnik), o‘rmon hokimi, o‘rmon xo‘jayini (xozyayn lesa), Misha, Potapich kabi evfemik vositalar bilan atalgan. Demak, medved evfemasigacha shu hayvonning nomi bo‘lgan bo‘lsa, u unitilgan.Bo‘ri so’zi aslida oq, oqish, oq tusdagi hayvon (bo‘r, bo‘rsiq, bo‘z so‘zlari ham shu bilan bog’liq) ma’nosini anglatgan evfemik nomdir. Keyinchalik bo‘ri tabulashtirilib jondor, itkush evfemalari bilan almashtirilgan. Bugungi chorvador nutqida u, haligi, qora (bo‘ri ma’nosida) evfemalari ham qo‘llaniladi: Itlar hurayapti, u kelganga o‘xshaydi; Kecha suruvga jondor chopibdi yoki doribdi (chorvador nutqidan). Miloddan avval turkiylarning bayrog‘ida ham bo‘ri surati bo‘lgan. Gunnlar Yevropaga borganda, ularning boshliqlari rasmini bo‘ri sur‘atidagidek qilib chizishgan. Olis avlodlarimiz o‘zlarining kelib chiqishlarini bo‘riga bog‘lashgan.
It. It inson, xususan, chorvador hayotida katta rol o‘ynaganligidan, qadimdan
uning ko‘pgina xususiyatlari evfemalashtirilgan. Masalan, it hurayapti gapi, agar
oddiy hurish bo‘lsa, kimdir keldi; bo‘lib-bo‘lib zarb bilan hursa (xususan, dashtda)
biror yirtqich bor; g‘ingshib hursa, biror gazanda, chunonchi ilon bor; yerni tirnab,
tepkinib hursa, begona it kelgan; bog‘langan bo‘lsa-yu, yer tirnab g‘ingshisa,
bo‘shanadi. It hid olib, jadal harakat qilayapti gapi nimaningdir izini topdi. It
so‘zini aytish ba’zan tabulashtirilganidan vafodor evfemasi bilan ataladi:
Saroybonning yilingiz nima degan savoliga sarbon: Vafodor, –deb javob berdi25.
Inson nutqi uning ehtiyojidan orqada yurganidek, evfemalar ham qanchalik
beozor, nozik ma’no ifodalamasin, tabulashtirilgan tushunchalarning salbiy
mohiyatini butunlay yopolmaydi – xotiradan bartaraf qilolmaydi. Boshqacha
aytganda, aytilishi uyat yoki noxush voqelik – tushuncha o‘zini namoyon
qilaveradi.
Xullas, tabu va evfemaning evolyutsion jarayoni til evfemik qatlamining –
evfemiologiyaning shakllanishiga sabab bo‘ladi.



Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling