Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


Evfemizmlarning tarjima jarayonidagi tahlili (T. Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” asarida


Download 75.81 Kb.
bet8/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)

3.2. Evfemizmlarning tarjima jarayonidagi tahlili (T. Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” asarida)


3.3. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida evfemizmlarning ahamiyati
Ingliz tili evfemizmlari ingliz tilidagi millat o‘ziga xosligi, o‘zining madaniyat o‘zagini, ingliz madaniyatini ulug‘lovchi kamtarlik, mas’uliyatlilik kabilarni ifodalaydi. Ingliz tili evfemizmlarining ingliz tili muloqotida, shuningdek, til madaniyati muloqotidagi ahamiyatini past baholab bo‘lmaydi. Shu sababli odamlar suhbat chog‘ida kishini noxush vaziyatga tushirib qo‘yuvchi, tushunish qiyin bo‘lgan ifodalardan qochishga, ularning o‘rniga ularning evfemistik variantini qo‘llashga harakat qiladilar. Evfemizm so‘zlarning qo‘llanishi nutqning go‘zal bo‘lishi darajasiga ko‘tarilgan. Shu bilan birga madaniyatli jamiyatning rivojlanishiga muvofiq ravishda gapirishda ham nazokat madaniyatni talab qilmoqda, evfemizmlar hayotimizda yanada kerak bo‘lib bormoqda. Evfemizm o‘zida jamiyat rivojining oddiylik va maxsuslik, qadriyat, odob-axloq qarashlari va madaniyat qarashlari, birlashtirilganlik va farqlillikni namoyon qila oldi, shuningdek, hozirgi zamon hayotiga til nutqiga ta’sir qilib bormoqda. Evfemizmlarning hozirgi zamon jamiyatidagi ahamiyati kattadir. Ayniqsa, ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish jaroyonida ingliz tili evfemizmlarini egallay olish, ular haqida tushunchaga ega bo‘lish ham muhimdir. Zero, bu orqali nutq madaniyati oshadi. Ingliz tili o’rganuvchilari nafaqat ingliz tilini uning urf-odatlari, nutq uslublarini ham mukammal o’rganishlari lozim. Har bir tilning nutq nozikliklari, qiyinchiliklari mavjud bo’lib, til o’rganuvchilardan ushbu jihatlarni ham to’liq o’rganish talab etiladi. Ingliz tili ona tili bo‘lgan kishiga kelsak, uzoq muddat o’z madaniyati til muhitida bo‘lganligi tufayli ingliz tili evfemizmlarini qo‘llash ular uchun qiyinchilik tug‘dirmaydigan holatga aylangan, bu ko‘nikma o‘zi bilmagan holda tabiiy ravishda vujudga keladi. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar bo‘lsa, ko‘pincha o‘quv dargohlarida, o`quv kurslarida ingliz tilini o‘rganadilar, ingliz madaniyati hamda til muhitida o‘smagani uchun o‘zi bilmagan holda ingliz tili evfemizmlaridan foydalanishda xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Agarda shunday vaziyat yuz bersa, boshqa bir kishining ko‘ngliga ozor berib qo‘yishi mumkin va bu, albatta, muloqot jarayoniga, tarjima jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ingliz tili evfemizmlari allaqachon jamiyat hayotining turli jabhalariga bordi. Ingliz tili evfemizmlarini til muloqotida aniq qo‘llay olish yoki ololmaslik, ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilarning ingliz tili nutqi qobiliyati hamda tilni qo‘llashda toza-sofligini belgilovchi mezonga aylandi. Ingliz tilini o‘rganuvchi har bir inson albatta uning urf-odatlari bilan tanishib chiqqan. Ana shu an’analar ta’sirida ham evfemik vositalar lug‘ati anchagina boyigan. Ba’zi bir evfemik vositalar ingliz xalqining urf-odat marosimlari bilab bog`liq albatta. Buni biz yuqorida tahlil qilgan ikkita asardan ham bilib olsak bo`ladi. Til o‘rganuvchilar uchun ham bu marosim so‘zlari qanday evfemik vazifani bajarishi tushuntirib o‘tiladi. Shuning uchun ham har bir til o‘rganuvchi avvalo o‘z ona tilini mukammal bilishi, undagi qoidalarga rioya qilishi kerak. Shundagina boshqa tilni ham o‘rganishda, ularni taqqoslashda, tahlil qilishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Ona tili evfemizmlari va ona tili madaniyatiga bo‘lgan g‘ayri ixtiyoriy tobelik ikki xil ko‘chishini keltirib chiqarishi mumkin, ijobiy ko‘chish va salbiy ko‘chish. “Ko‘chish” bu psixologik termindir, ya’ni allaqachon o‘rgangan bilimlarning yangi bilim olishdagi ta’siri. Agarda ona tili evfemizmlari va ingliz tili evfemizmlari semantik va qo‘llanish jihatdan muvofiqlikni namoyon qilsa, bu “ijobiy ko‘chishni” hosil qilishi mumkin, ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan o‘rganuvchining ingliz tili evfemizmlarini to‘g‘ri tushunishi va qo‘llay bilishida rag‘batlantirishi mumkin. Shu sababdan, ona tili va ona tili madaniyatiga g‘ayri ixtiyoriy tarzdagi tobelik, ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilarning ingliz tili evfemizmlarini aslidek toza va to‘g‘ri ravishda o‘rganishlariga salbiy ta’sir ko‘satuvchi asosiy omil hisoblanadi.
III bob bo‘yicha xulosalar
Evfemik ma’no mezoni real voqelik, ya’ni tabulashtirilgan denotat tushunchaga nisbatlab aniqlanadi. Bunda evfema deyilayotgan vosita (konnotat)ning denotatga nisbatan yumshoqlik darajasi nazarda tutiladi. Xususan, evfemik ifoda deyilayotgan ko’pgina vositalar, chunonchi, qarg’ishlarning evfemaligi, odatda, shubhali tuyuladi. Bunday hollarda ham konnotatning
evfemaligi denotatga nisbat berilib aniqlanadi. Masalan, atrofingga gul ekay (misol
Soraxon Otamirzaevadan), kiyiming dorda qolsin, oting davrangda bog’lansin,
oshingni yey (chorvador nutqidan) kabi yuzlab qarg’ishlar o’l (o’lgin) tushunasiga nisbatan evfemalashgan ifodalardir. Tilshunoslar tabu va evfemani faqat tarixiy­etnografik hodisa, evfema faqat tabulashtirilgan tushunchaning yopiq bayoni deb tushunganlar. Bu ibtidoiy –etnolingvistik tabu uchun xarakterli, albatta. Biroq madaniyatning, tilning keyingi, xususan, bugungi taraqqiyotida tabuli evfema bilan birga tabulashtirilmagan –ochiq aytilishi u qadar man etilmagan, biroq nutqning etik­estetik talabi bilan yo‘l­yo‘lakay evfemalashtirilishi kerak bo’lgan turlari ham mavjud. Tabu va evfemaning shakllanishidagi tarixiy­etnografik jarayonlarni –etnolingvistikaning ob’ektini o‘rganmasdan, evfemik ma’noga mezon va me’yor belgilamasdan, uni (evfemani) yondosh, o‘xshash, turdosh, jinsdosh hodisalardan farqlab yoki chegaralamasdan turib yangi bir soha bo‘lgan evfemiologik tadqiqotni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu borada ma’lum qiyinchilik mavjud bo‘lib, bu avvalo, biz tekshirayotgan ob’ektning yechimi bilan bog’liq bo‘lgan o‘zbek nutqining badiiy­tasviriy vositalarining talqinidagi ayrim nazariy nuqsonlar bilan xarakterlanadi .


1 Кацев А.М. Языковое табу и эвфемия. – Л.: ЛГПИ, 1989. – С. 15.

2Хожиев А. Лингвистик терминлар изоҳли луғати. – Т.: Ўқитувчи, 1974. – Б. 56.

3 Омонтурдиев Ж., Омонтурдиев А. Сўз қўллаш санъати. – Т.: Бойсун, 1994. – Б. 60.

4 Булаховский Л.А. Введение в языкознание. – М.: Букинист, 1954 – С. 174.

5РеформатскийА.А. Введение в языкознание. – М., 1967. – С. 204.

6 Spears A. Richard.Slang and euphemism: a dictionary of oaths, curses, insults, sexual slang, metaphor, etc. –N.Y.: New American Library, 1982. – Р . 11.

7 Mamıtov C., Kulumbayeva Z.,Turkiyat Araştırmaları Enstitusu Dergisi. Sayı 29. Erzurum, 2006 71 Prof. Dr. Zeki Başar Ozel Sayısı 5 Azırkı Kırgıztili. – F., 1971. – S. 25.

8 Mamıtov C., Kulumbayeva Z.,Turkiyat Araştırmaları Enstitusu Dergisi. Sayı 29. Erzurum, 2006 71 Prof. Dr. Zeki Başar Ozel Sayısı 5 Azırkı Kırgıztili. – F., 1971. – S. 25.

9 Каpу С.Е. American-Spanish euphemisms. – L.A.: University of California, 1960. – P. 5.

10 Гальперин И.Р. Проблемы лингвостилистики // Новое в лингвистике. – M., 1980. – С.5- 68.

11 Кацев А.М. Языковое табу и эвфемия. – Л.: ЛГПИ, 1989. – C.79.

12 Крысин Л.П. Эвфемизмы в современной русской речи // Русский язык конца XX столетия (1985-1995). –Москва, 1996. – С. 391.

13 Тюрина Е.Е. Семантический статус эвфемизмов и их место в системе номинативных средств языка (на материале современного английского языка): Автореф. дис. канд. филол. наук. – Н. Н., 1998. – C. 18.



14 Омонтурдиев А.Ж. Эвфемик воситаларнинг функционал-услубий хусусиятлари: Филол. фанлари номзоди...дисc. – Тошкент, 1977. – Б. 83.



15 Омонтурдиев А.Ж. Эвфемик воситаларнинг функционал-услубий хусусиятлари: Филол. фанлари номзоди...дисc. – Тошкент, 1977. – Б. 14.

16 Омонтурдиев Ж., Омонтурдиев А. Сўз қўллаш санъати. – Термиз: Бойсун, 1994. – Б. 60.



17Воркачев С. Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление
антропоцентрической парадигмы в языкознании / С. Г. Воркачев // Филологические науки. - 2001. -№1. - С. 64-72



18 Омонтурдиев А. Эвфемик воситаларнинг функционал услубий хусусиятлари.филол.фан.номзоди...дис. –
Т., 1997. – Б. 65

19 Aytmatov Ch. Asrga ta’tigulik kun. –Toshkent: O‘zbekiston ,2017.-B. 19.



20 Омонтурдиев А. Эвфемик воситаларнинг функционал услубий хусусиятлари.филол.фан.номзоди...дис. –
Т., 1997. – Б. 39

21 Qodirov P. Avlodlar davoni. –Toshkent, 2007.- B. 532.

22 Qodirov P. Avlodlar davoni. –Toshkent. 2007.- B. 364.

23 Hoshimov O’. Ikki eshik orasi. –Toshkent. 2007.- B. 216.



24 Турбачев О.Н. Из истории табуистических названий // Вопросы славянского языкознания. – М., 1958. – С. 12



25Mirmuhsin. Me'mor.-Toshkent: O'zbekiston, 2017.-B.26.

26 Артюшкина Л.В. Семантический аспект эвфемистической лексики в современном английском языке:
Дисс...канд.филол.наук. –М., 2002.



Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling