Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


Download 75.81 Kb.
bet4/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)

I bob bo‘yicha xulosalar
Evfemizmlar insoniyat tildan foydalanish jarayonidagi keng tarqalgan fenomenlardan biri, u odamlar orasida muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi, muloqotni bir tekisda ketishini ta’minlaydi, suhbatning yanada ta’sirli olib borilishini ta’minlaydi. Evfemizm o‘zbek tilshunosligida disfemizmga nisbatan kengroq o‘rganilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar yuqorida sanab o‘tilgan olimlar tomonidan evfemizmning ko‘proq nutqiy qatlam sifatidagi xususiyatlari sistemali tadqiq etilgan.
Ushbu tildagi hodisa tadqiqida sotsiolingvistik yo‘naltirilganlik ustuvorlik qiladi. Evfemizmni ko‘p aspektli lingvistik hodisa sifatida uch o‘zaro bog‘liq omillar nuqtayi nazaridan o‘rganish lozim:
1) ijtimoiy omil, uning asosini moral etnik va diniy qadriyatlarni o‘zida mujassam qilgan ijtimoiy evfemizmlar tashkil qiladi;
2) psixik omil, uning asosini ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, ya’ni ba’zi predmet va hodisalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri nomlash salbiy his-tuyg‘ularni, uyat, noxushlikni keltirib chiqarishi mumkin. Ularni almashtiruvchi so‘zlar esa salbiy munosabatni yumshatadi;
3) lingvistik omil, disefemistik birliklarning ko‘payishi, noxush ibora va so‘zlarni tilning stilistik potensialini kengaytiruvchi emotsional bo‘yoqdor so‘zlar, ya’ni evfemizmlar bilan almashtirish zaruratidan kelib chiqqan.
Umumtilshunoslikdagi tabu va evfemizm haqidagi fikrlarni uch asosiy
guruhga ajratish mumkun. Bular: tabu ibtidoiy dunyoqarash ta’sirida paydo bo‘lib,
jamiyatning madaniy bosqichida yo‘q bo‘lib boradi; evfemizmlar fakti, passiv
leksik qatlam sifatida mavjud; evfemizmlar ayni zamonda, nutqiy vosita, uslub uchun ham xizmat qiladi.
Inglizlarda o‘lim bilan bog‘liq evfemik vositalar ham mavjud bo‘lib, ular ham diniy aqidalar ta’sirida boyib borgan. Ingliz tilida tabu evfemalar orasida hayvon nomlari bilan bog‘liq evfemik vositalar ham uchraydi. Hayvon nomlari bilan bog‘liq evfemalar xalq orasida, og‘zaki nutqda ko‘proq ishlatilinadi, evfemistik lug‘atlarning boyishiga katta yordam beradi. Barcha xalqlarda mashhur bo‘lgan evfemik vositalarga aylangan hayvon obrazlari mavjud. Ular barcha xalqlarda birdek tasavvur uyg‘ota olmaydi. Chunki, hayvon harakteriga, tashqi ko‘rinishiga mos obrazlar barcha xalqlarda turlicha farqlanadi.


Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling