Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


“Martin Iden” asarida berilgan ba’zi bir evfemik vositalarning ma’nolari


Download 75.81 Kb.
bet6/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)

2.2“Martin Iden” asarida berilgan ba’zi bir evfemik vositalarning ma’nolari
Martin Iden asarini o`qir ekanmiz u bizga ingliz tilining naqadar evfemik vositalarga boyligini ko`rsatadi. Biz ikkinchi bobimizning birinchi qismida ko`plab evfemizmlarga boy bo`lgan parchalarni tahlil qildik. Bu bobomizda esa parchalarni emas, aynan asar ichida keltirilgan evfemik so`zlarning o`zini tahlil qilamiz.
“His snug pay-day in his pocket” bu ibora o`zbek tilida cho`ntagini qappaytirib ma’nosini beradi nega biz ayanan shu so`zni evfemik vosita sifatida olyapmiz? Chunki Martinning”hurmatli” pochchsi mister Xigginbotamning uyiga aynan shu tarzdagina kirsa bo`lardi. Bechora Martin esa yana kitoblar olamiga sho`ng`ish uchun va tinchgina joyga muhtojligi uchungina pochchasining uyiga aynan shu tarzda “cho`ntagini qappaytirgancha kelgan edi”.
“The violent heat of creative fever” bu iboramiz esa o`zining chuqur ma’nosiga ega edi. O`zbek tiliga bu ibora “ijod vasvasasi visol damining kechikishiga bardosh berdi” kabi tarjima qilingan. Endi Martin shu qadar ijod qilardiku faqatgina bir yoking ikki yoinki kun davomida Ruf bilan vaqt o`tkazishni emas, u bilan butun umrini o`tkazishga harakat qilardi. Bu uchun esa u yozuvchilik kasbi bilan shug`ullanishga qaror qilgandi. Shu o`y uni hech qachon tinch qo`ymasdi. Mana Rufni ko`rmaganiga qancha vaqt bo`lgan bo`lsada u faqatgina mana shu ijod vasvasasi, ijod zavqi uchungina uni yoniga borolmayotgandi. U o`zining “Xazina qidiruvchilar” deb nomlangan asari ustida ishlar, go`yoki bu asari ham xuddi o`zining umr yo`lini yozayotgandek tuyulardi. Ha Ruf go`yoki bir xazina edi, Martin esa o`sha xazinaga borish uchun tinimsiz yo`l qidirardi. U bilardi, bu xazinaga yetishish oson bo`lmaydi, chunki unda bu borada hech ham tajriba yo`q edi. Shunga qaramasdan u harakat qilardi, xuddi o`zining yozgan asari shuxrat cho`qqisiga chiqadigandek, u o`zining xazinasiga yetadigandek.
Bilamizki, evfemizmlar taqiqlangan so`zlarni ishlatmaslik, yoki bo`lmasa ularning o`rniga chiroyli yoqimli so`zlardan foydalanish degan ma’nolarda keladi. Ular ko`plab turlarga bo`linadi va biz birinchi bobda hayvonlar va o`lim bilan bog`liq bo`lgan evfemizmlarni ko`rib chiqdik. Din bilan bog`liq evfemizmlarni biz Martin Iden asarida ham uchratamiz. Martin Idenning kasbi yozuvchi bo`lganligi sababli ham u evfemizmlardan juda mohirona foydalangan. U endi o`zining hayotini “Marvarid ovlovchilar” asariga o`xshatdi va o`zining muhabbatini baralla kuylash uchun Xudo sharafiga qasam ichish uchun “By God” iborasini qo`llagan. Bu evfema o`zbek tilida “Arvoh ursin” deya tarjima qilingan. Ya’ni Allohni qo`yib qasam ichamanki, oshiqlar o`z ishqini kuylashda hech narsadan qaytmasligi lozim kerak bo`lsa kuylasin, kerak bo`lsa yonsin, lekin qalbidagi ishqni ochiq-oydin aytsin. Martinda aynan shu narsa yetishmayotgandi, u Rufga o`zining sevgisini o`z asarlarida yonib-kuyib tasvirlasada, Ruf bularni tushunish uchun yetarli darajada tajribali emasdi. U hatto Martinni bu yo`lda o`zini sinashga harakat qilganini ko`rib achchiqlanardi.
“Exalted personage” evfemasi bir qaraganda insonga g`alati ma’no kasb etmaydi. Din jihatidan olib qaraganimizda hamma jonzotlar maxluqlar deya tilga olinadi. Bu so`zning o`zagida x,l,q undoshlari mavjud bo`lib biz bu undoshlar orqali xalq so`zini yasaymiz. Maxluq so`zi ham arab tilidan kelib chiqqan bo`lib xalq, xaloyiq ma’nosida ishlatilinadi. Aynan yuqorida keltirilgan exalted personage so`zi o`zbek tiliga maxluq deya tarjima qilinib, evfemizmning eng yorqin namunasini bizga ko`rsatgan. Bu so`zni Martin juda g`azablanganidan “San-Fransisko” tahririyatiga o`zi borib muharrir bilan uchrashmoqchi bo`lganida , eshik oldidagi soqchi uni ichkariga kirishga ruxsat bermagan va shu so`zni qo`llagan edi. Shu jumla davomida biz “oliy zotning muborak chehralari” kabi evfemik vositalarning uchratishimiz mumkin. Bu evfemik jumla esa aynan oliy zot bosh muharrir ekanligiga bizga ishora qiladi. Chunki aynan o`sha “oliy zotning” chehrasini Martin jo`shib turgan qoni va baquvvat bilaklari ila mushohada etardi. Bunga tahririyat rahbari juda munosib edi, chunki ular Martin yozgan noyon durdonalarga na izoh berishardi, na bosib chiqarishardi va na xatosini tushuntirib berishardi.
“His subjective mind rioting through his five hours of surcease” bu evfemizm o`zbek tiliga uning ongi majburiy faoliyatsizlikka qarshi norozilik bildirib ishlardi kabi tarjima qilingan. Martin o`z orzusiga yetishish uchun o`ziga rejim qilib atigi 5 soatgina uxlashni belgilagandi. U tinmay o`qir, qolgan vaqtini esa yozish bilan o`tkazardi. Bu iborani evfemizm qilib olganimizga sabab esa uxlash so`zini o`rniga majburiy faoliyatga qarshi norozilik bildirardi degan ibora bilan berardi. U bo`sh qolishdan qo`rqardi, go`yoki bir minutini bo`sh o`tkazsa, Rufdan uzoqlashar, o`zining oldingi hayotiga qaytganday bo`lardi. Shuning uchun o`z rejimida sobit qolardi. Hatto bu uchun Ruf bilan ko`rishishga ham bormasdi. Agar u jismoniy jihatdan ojiz va aqliy jihatdan nosog`lom bo`lganida edi, u allaqachon bu fikridan qaytgan va o`zining go`zal hayotiga qaytgan bo`lardi.
“For the moment her divinity was shattered” bu ibora o`zbek tiliga bir on qiz ma’budaga o`xshamay qoldi deya tarjima qilingan. Ma’buda so`zi evfemik so`z hisobiga kiradi chunki dinimiz islom dini bo`lganligi uchun but, ma’bud kabi so`zlarni ishlatish taqiqlangandi. Ruf Martinning tasavvurida go`yoki, bir ma’buda edi, shuning uchun ham undan doim o`zini olib qochar, unga qo`l tekizish haqida o`ylab ko`rmagan edi. Mana ayni o`sha o`z ma’budalik sehrni yo`qotgan vaqtda, Ruf bilan Martin o`zlarini ajratib turgan bir jarlik ustida ko`prik yasayotgandila. Martin hozir Rufga boshqa ayollar singari qarayotgandi, Ruf ham ayol edi. Boshqa ayollarga o`xshab u ham o`z ayolligini ayni shu damda sezdi. Lekin Rufning onasi Ruf ham o`z ayolligini sezishini xoxlasada, bu tuyg`uni Martin tomonidan amalga oshishini sira xoxlamasdi.
“Her lips were flesh like his”. Ingliz tilida bu jumlada hech qanday evfemik vosita yo`q. uni o`zbek tiliga tarjima qilsak qizning dudoqlari ham xuddi Martinnikidek tan va jondan iborat edi kabi tarjima qilinadi. Bu yerda aynan dudoq so`zini evfemik vosita sifatida olishimiz mumkin. Tan va jon so`ziga kelsak bu so`z orqali esa Ruf va Martinning butun vujudini tushunish mumkin. Yuqorida keltirilgan jumlaning uzviy davomi sifatida biz ayni shu gapni olishimiz mumkin. Aynan shu o`y Martinni gangitib qo`ydi, xuddi chaqmoq singari miyasiga allambalo fikrlar kela boshladi. Uning xayolida evrika degan so`z aylanardi. Ha u topdi, Ruf ham boshqa ayollardek bir ayol. Balki u ham nimalarnidir xoxlar, balki Ruf o`ylagan ayni “ishqiy qovushish” poydevori shudir. Yo`q Martin qo`rqdi va barcha o`ylagan o`y-fikrlarini hattoki o`zining oliy ma’budasiga qarshi keltirilgan shakdek qabul qildi. Lekin uning yuragi bunaqa fikrda emas edi. Uning aqli esa yuragiga qarshi chiqar, uning ayolligini, osmondan tushgan farishta emasligini, uning olcha shiralik dudoqlaridan hech tortinmay, ikkilanmay bo`sa olishga undardi. Mana shu shirin hayollarni Rufning so’zlari buzgan edi. Ruf ham o`zicha nimalarnidir sezar, bunga hech qarshilik qilolmasdi. Balki u Martinning fikrlridan zavqlanardi ham ehtimol.
“a seedy tramp with a dirty coat buttoned tightly at the throat to conceal the absence of a shirt” bu jumlani biz o`zbek tiliga “ich ko`ylagi yo`qligini yashirish uchun yirtiq kamzulining tugmalarini qadab olgan faqir bir kishi edi” deb tarjima qilamiz. Lekin ingliz tilida biz tramp so`zini sayoq, daydi deb tarjima qilamiz va aynan shu evfemik vosita bo`la oladi. Uning sayoq odam ekanligini kiyimini ta’rifidan ham tushunib olsak bo’ladi. Birinchidan u ichidan ko`ylak kiymagandi, ikkinchidan uning kamzuli juda juldur va achinarli ahvolda edi. Qanday qilib bunday inson Martinning sevimli va gaplariga to`liq ishonadigan Spenser haqida to`g`ri fikrlar ayta olardi. Bu sayoq odamni hamma haqorat qilar, lekin u hamma zarbaga chidardi hech ikkilanmay, istehzo bilan “Nimaligini bilib bo`lmaydigan narsadan boshqa Xudo yo`q, Gerbert Spenser esa uning yerdagi pamg`ambari!” deb tinmay baqirar. U yana Spenser ta’limiga qiziqdi. Gadoyning so`ziga ko`ra uning “Asosiy manshalar”, “Psixologiya asoslari” asarini o`qib ko`rmoqchi bo`ldi. Bu gadoyni uchratishi Martin uchun bir baxt desa ham bo`ladi. Mana endi u o`sha gadoy bilan uchrashuvini bir baxtli tasodif sifatida eslar edi.


Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling