Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


II bob Evfemizmlarning tarjima jarayonidagi tahlili (Jek Londonning “Martin Iden” asari asosida)


Download 75.81 Kb.
bet5/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)

II bob Evfemizmlarning tarjima jarayonidagi tahlili (Jek Londonning “Martin Iden” asari asosida)
“Martin Iden” romani buyuk yozuvchining Jek Londonning qalamiga mansur bo’lib, birinchi marta 1908-1909-yillarda The Pacific Monthly jurnalida chop etilgan, 1909-yilda esa Macmillan Company nashriyotida alohida kitob sifatida nashr etilgan. Roman asosan avtobiografik asarlar safiga kiradi chunki Martin Iden va Jek London o`xshash jihatlari juda ko`p. Ikkalasi ham jamiyatning quyi tabaqasidan chiqqan, yoshligidan juda ko`p qiyinchiliklarga uchragan va shu qiyinchiliklarga qaramay adabiyot sohasida o`z kuchi bilan ulkan yutuqlarga erishgan. Jek London ham xuddi Martindek o`zin juda ko`p ishlarga sinab ko`rgan.
U dengizchi, zavod ishchisi, kir yuvish shirkati ishchisi sifatida tajribasiga tayangan holda chuqur ma’noga ega, mohirona asarlar yozdi. Ruf obrazida esa u o’zining ilk muhabbati Meybl Epplgartni tasvirlagan.
Biz asarda juda ko`plab evfemik vositalarni uchratishimiz mumkin va Jek London bundan mohirona foydalangan. Biz quyida evfemik vositalarni ko`rib tahlil qilib chiqamiz.
All these were blotted out by a grotesque and terrible nightmare brood —frowsy, shuffling creatures from the pavements of Whitechapel, gin-bloated
hags of the stews, and all the vast hell's following of harpies, vile-mouthed and filthy, that under the guise of monstrous female form prey upon sailors, the scrapings of the ports, the scum and slime of the human pit.[5]

Va nihoyat, qabih va mudhish olomon - Uaytchepel yo`lkalarida uchrovchi sochlari hurpaygan fohishalar, ovloq islovatxonalarda yashovchi, hamma yog`idan qo`lansa aroq hidi anqib turadigan shallaqi xotinlar, jirkanch va badaxloq alvastilar, dengizchilarning yolini poylab turuvchi xotinnamo ayanchli maxluqlar, xullas, limanlarning chiqindilari, odamzot qozonidan chiqqan ko`pik va quyqalar ayollar qiyofasini siqishtirib, chetga surib qo`ydi[10]
Yuqorida berilgan parchada biz “creatures” so`zini evfemik vosita sifatida olishimiz mumkin. Bilamizki, creatures so`zi yaratilgan, yaratiq ma’nolarida keladi. Bu yerda esa, parchada berilgan ayollarni tasvirlash uchun ishlatiladigan evfema hisoblanadi. Matnning o`zidan ham bilsak bo`ladiki, atrofdagi barcha hodisalar xuddi ayollarni tasvirlashda ishlatilinayapti yoinki, Martinning hayotida avvaldan bor bo`lgan ayollarni tasvirlash uchun ishlatilgan “go`zal” iboradir. Martin qanchalik harakat qilsada, o`zining bu botqog`idan chiqolmasdi. Qayoqqa qaramasin o`sha jirkanch tabiatni ko`raverardi. Martin umri davomida ko`rgan yaratiqlar hammasi bir xil edi. Biz kitobni o`qir ekanmiz, Martinning hayolini tushinib olishimiz qiyin emasdi. Xuddi Martin o`ylagan va xayolidan o`tkazgan kabi
Baldly as he had stated it, in his eyes was a rich vision of that hot, starry night at Salina Cruz, the white strip of beach, the lights of the sugar steamers in the harbor, the voices of the drunken sailors in the distance, the jostling stevedores, the flaming passion in the Mexican's face, the glint of the beast-eyes in the starlight, the sting of the steel in his neck, and the rush of blood, the crowd and the cries, the two bodies, his and the Mexican's, locked together, rolling over and over and tearing up the sand, and from away off somewhere the mellow tinkling of a guitar.
Martin bu so`zlarni soddagina qilib aytdi, ammo uning ko`z oldida Salina Krutsdagi yulduzlar charaqlagan dim kecha manzarasi: oppoq sohil chizig`i, qand ortilgan paroxodlarning chiroqlari, sal nariroqdan eshitilayotgan sarxush matroslaring ovozlari, meksikalik yigitning g`azabdan burushgan basharasi, yulduzlar yorug'ida ko‘zining vahshiyona chaqnashi, bo`ynidagi sanchilgan po`latning sovuqligi, tizillab oqayotgan qon, olomon va shovqin-suron, bir-biriga chirmashib, qum ustida u yoqdan-bu yoqqa dumalayotgan ikki gavda va qayerdandir uzoqdan eshitilayotgan gitaraning ohanrabo sadosi jonlandi.
Biz yuqorida keltirilgan parchada “drunken” so`zini evfema sifatida olishimiz mumkin. Bu evfema o`zbek tiliga “sarxush” deb tarjima qilingan lekin, biz sarxush yoki ichgan so`zlarining o`rniga mast, aroqxo`r, piyanista so`zlarini ham qo`llasak bo`lar edi. Bunday noxush so`zlar albatta qo`pol eshitiladi va uning o`rniga tarjimon sarxush so`zini ishlatib Jek London o`zining yozuvchilik mahoratini yana bir bor isbotlagan. Parchaga yaxshilab e’tibor beradigan bo`lsak, unda atrof-muhit tasvirlanyapti, yulduzlar charaqlagan kecha, oppoq sohil chizig`i, paroxod chiroqlari so`zlari qatorida sarxush matros so`zini ishlatish har tomonlama go`zal va parchaga alohida nafislik qo`shgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Yozuvchi shu o`rinda parallellikni ham ifodalagan, parchaning boshida u go`zal manzara tasvirlash bilan bir qatorda mushtlashayotgan ikki inson va ularning mushtdan qizargan tanasi, undan oqayotgan qonlarni ham aytib o`tib shu manzaraga yana qo`shimcha zavq berish maqsadida unga musiqa ohangini qo`shdi.
Bunday qizni u hech qachon ko'rmagan edi. U bilgan ayollar... “u” ayollar darhol qizning yonida saf tortib turdilar. U bamisoli abadiyatdek tuyulgan bir lahza ichida, o'zini portretlar galereyasiga kirib qolgandek his qildiki, bu yerda qiz markaziy o'rinni egallagan, atrofida esa son-sanoqsiz ayollar uymalanardi, darhol ularning har birini baholab, qiz bilan taqqoslash lozim edi. Uning ko‘z oldida fabrikada ishlovchi ozg’in va rangi bo'zargan ayollar va shahar ko'chalarida uchratgan sho`x qizlar, ulkan chorvachilik rancholarida ishlovchi batrak ayollar va og'zidan sigaretasi tushmaydigan meksikalik bug'doyrang ayollar namoyon boldi.”[9bet]
Evfemik vosita sifatida biz bu yerda “u bilgan ayollar” iborasini olishimiz mumkin chunki Martin umri davomida Rufdek aslzoda va har tomonlama mukammal qizni ko`rmagan edi. U bilgan ayollar esa parcha oxirida ta’riflanganidek umr bo`yi fabrikada ishlagan ozg’in va rangi bo`zargan, bir umr farovonlik nimaligini ko`rmay, ulkan chorvachilik rancholarida ishlovchi batrak ko`rimsiz va og`zidan sigaretasi tushmaydigan meksikalik bug’doyrang ayollardir.
Martinning hayolida esa ayol deganda faqat shu kabi ayollar tasvirlanardi va albatta bunday ayollarni Ruf bilan taqqoslay olmasdi chunki Ruf Martin uchun mukammal farishtadek tuyulardi. Hatto uning oldida bunday saviyasi past ayollar haqida o`ylash unga xijolatdek tuyulardi.
Qo`llarini qayga qo`ymasin, baribir xalaqit qilardi unga. Buning ustiga, Artur ham xonadan chiqib ketdi va Martin Iden uning orqasidan g`ayriixtiyoriy hasrat bilan tikilib qoldi. Endi u ayol qiyofasidagi bu rangpar pari bilan xonada yolgiz qolgach, tamomila dovdirab qoldi. Do'stona suhbatni erkin davom ettirish uchun kishiga dalda beruvchi biron ichkilik zarur ediyu, ammo afsuski, bu yerda jin so`rash uchun na peshtaxta yoki pivoga yuborish uchun na yugurdak bola bor edi.”[11bet]
Yuqorida keltirilgan parchada esa biz nechta evfemizmlarni ko`rishimiz mumkin pari, jin, yugurdak shular jumlasidandir. Bu yerda Ruf rangpar pari deb tasvirlangan bilamizki, parilar yer yuzida mavjud emas va ular tamomila mukammal jonzotlardir. Jek London ham Rufni Martinning ro`parasida ayol deya ta’riflashga tili bormay uni xuddi ertak va afsonalardagi parilardek Martinni esa uning yonida jonsiz haykal yoki bo`lmasa insoniyat darajasining eng tubidagi odamdek tasvirlagan. Keyingi evfemizm jin so`zidir. Jin bu yerda aroq yoki biror bir spirtli ichimlik ma’nosida kelgan va asardan bizga ma’lumki, Martin doimiy ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan va hozir ham uni qumsayotgan edi chunki ayni o`sha damda yonida turgan pari bilan gaplashish uchun unga kuch beradigan yagona narsa aynan shu jin edi. Martin bu so`zni kiborlar xonadonida xuddi ulardek mulozamatli bo’lish uchun shunnaqa chiroyli shaklda ishlatgan edi. Yugurdak so`ziga to`xtaladigan bo`lsak, u yerda xizmatkor so`zining o`rnida Martinga juda kerakli bo`lgan odam haqida gap ketayotgan edi. Rufning yonidan bir soniya ham ketishni istamagan Martin uchun shu turdagi odam unga juda zarur edi. Ko`rib turganimizdek evfemik vositalar har qanday asarga o`zgacha ko`rk beradi va asarning yanada tushunarli, go`zal bo`lishga yordam beradi. Bir parchada uchta evfemik vositalarning qo`llanishi orqali biz xuddi shu parchadan ko`plab ma’nolarni anglab olishimiz qiyin emas. Albatta Martinning bunday so`zlarni ishlatishga o`rganmagani va bu unga qiyinchilik tug`dirayotganini ham anglash juda oson lekin unga Ruf va uning oilasidagi muhit o`zgacha ta’sir qilayotgan edi, aynan shuning uchun ham bisotidagi eng go`zal so`zlarini Morzlar davrasiga mos bo`lish uchun ishlatayotgandi. Qanchalik urinmasin maktabdagi ta’limi tugallanmay qolgani uchunmi yoki kiborlar davrasida bo`lmagani uchunmi u gapirishda ancha xatolarga yo`l qoyar va so`z tanlashda adashar edi. Albatta bu kamchiliklarni o`zi sezmas va keyinchalik bu xatolar Ruf tomonidan tuzatiladigan bo`ldi.
Martin Idenning hikoyasi davomida Ruf unga zavq bilan tikilib otirdi. Qiz uning taftida isinardi. Ruf umrida ilk dafa, shuncha yildan beri qalb otashi nimaligini bilmay yashaganini payqadi. U kuch va sihat bamisoli lavadek qaynab tosha yotgan bu yuragida o‘ti bor, baquwat yigitning bag'riga o'zini otgisi kelardi. Bu istak shu qadar kuchli ediki, qiz o‘zini zo‘rg‘a bosib turardi. Lekin ayni vaqtda, allaqanday his uni Martindan chetlatardi. Qizni hamma yog‘i yara-chaqa bolib, terisiga hayot kiri singib ketgandek tuyulgan qadoq qollar, bo‘rtib turgan mushaklar, yoqasi qizartirib yuborgan bo`yin o'zidan chetlatardi.
Yigitning dag'alligi qizni cho'chitardi. Har bir qo'pol so‘z qizning qulog'iga haqoratdek eshitilar, uning hayotining har bir qo‘pol tafsiloti qizning
hissiyotini tahqirlar edi. Lekin shunday bo`lsa ham qandaydir, nihoyatda dahshatli bir kuch
qizni unga jazb etardi. Qizning ongiga mustahkam o‘rnashib olgan narsalar, birdaniga tebrana boshladi. Yigitning romantika va sarguzashtlarga boy hayoti uning uchun odat tusini olgan barcha shartli tasawurlarni ostin-ustun qilib yubordi.”[32]

Yuqorida berilgan parchani bir hech ikkilanmasdan evfemizmning mohirlik bilan chizilgan tasviri deya olamiz chunki bu parcha aynan Ruf tomonidan aytib o`tilgan va unda Martin qiz tomonidan o`ta ehtiyotkorlik va mohirona har qanday qo`pol so`zlardan holigina tasvirlangan. “Qiz uning taftida isinardi” iborasi orqali shunday qo`pol inson qanday qilib paridek qizni o`ziga rom qilgani anglashimiz mumkin lekin ayni vaqtda Ruf bu yigitdan qo`rqishni ham uni sevishini bilmasdi. Keyingi jumla- “Baquwat yigitning bag'riga o'zini otgisi kelardi. Bu istak shu qadar kuchli ediki, qiz o‘zini zo‘rg‘a bosib turardi. Lekin ayni vaqtda, allaqanday his uni Martindan chetlatardi” buning isbotidir. “Yoqasi qizartirib yuborgan bo`yin” iborasi orqali Martinning bo’ynidagi yara-chaqalar, umr davomida ko`rgan qiyinchiliklari va kamtargina hayotini bilish qiyin emasdi. Uning shu yoshgacha yashagan muhitini Jek London uning yara-chaqalarida ifodalagandi. Yigitning qo`pol, madaniyatsizlarcha harakati, ayni damda kerakli so`zlarni to`g`ri tanlay olmasligini Rufni qattiq haqorat qilgandek tuyulardi. Martinning hayotidan mutlaqo bexabar, butun hayotini faqat to`qchilik va hashamat ichida o`tkazgan qiz uchun bunday uchrashuv bir tomondan uni o`ng`aysizlantirardi, boshqa tomondan esa Martinga nisbatan muhabbati ortardi. “Yigitning romantika va sarguzashtlarga boy hayoti” bu evfemik jumla esa sho`rlik Martin umri davomida romantika nimaligini bilmay o`tganligini ifodalaydi sarguzasht so`zi esa Martin uchun faqat pul topish, ziqna pochchsiga ijara pulini berish, do`stlari bilan ko`ngilxushlik qilish, qornini to`ydirish ma’nosini ifodalar edi. Bir sarguzashtdan yig`gan pulini ma’lum muddatga yetkazardi va puli kamayib borgan sari boshqa sarguzasht izlab topish payida bo`lardi. Bu sarguzashtlari mobaynida bu turli qiyinchiliklarga, kasalliklarga och-nahorliklarga yo`liqqan edi va bunday sarguzashtlardan estalik sifatida faqat yara-chaqalargina qolgan edi. Martinning ongidagi romantika va sarguzashtlar Ruf bilgan sarguzashtlarga mutlaqo o`xshamasdi. Shuning uchun ham bu ikki toifadagi insonlar bir-birini hech tushunmasdi. Bir ko`rishdayoq Martin Rufga nisbatan juda iliq munosabatni his qilgan bo`lsa, Ruf esa uning harakatlarini, qovushmaydigan so`zlarini o`ziga nisbatan haqorat deb qabul qilardi va shuning uchun ham bu uchrashuv ikki toifadagi insonlar uchun turli taassurotlar qoldirdi.
Martin u bilan bir stolda yonma-yon o'tirdi, uning qo`llarini siqdi, ko'zlariga tikilarkan, go'zallikda shu ko'zlaming o'ziga teng, shu ko'zlarda aks etib turuvchi qalbining latofatini, ruhining maskani bo`lmish nafis vujudni ko'rdi. Lekin Martin qizning jismi haqida o`yiamasdi – bu uning uchun yangilik edi - chunki shu paytgacha ayollar haqida faqat shunday oyiardi. Ammo Rufning jismi tamomila g'ayritabiiy bir jism edi; go`уо bu badan hatto oddiy jismoniy xastaliklarga mubtalo bolmaydigandek tuyulardi. Bu jism qiz ruhining maskanigina emas, ayni vaqtda, qiz ruhining zuhuri, ilohiy mohiyatning eng musaffo, eng latif ifodasi edi. Bu uzviy taassurot Martinni hayratga keltirdi va uning xayollarini yeldek sovurib, diqqatini bir qadar jiddiy fikrlarga jalb qildi. Shu choqqacha ilohiyot masalasiga doir na bir og'iz so‘z, na biron mulohaza, na bironta ishora uning ko'ngliga ta’sir qilgan edi”.[39] Yuqorida keltirilgan keyingi parchada ham evfemizmlar juda san’atkorona tasvirlangan. Bu yerdagi asosiy evfemizm jism so`zidir. Xuddi shu jism so`zi ham ikki toifadagi insonlar uchun alohida ma’no kasb etardi. Martin doim jism haqida o`ylaganda faqat ko`chadagi ayollar ya’ni qaysi birini eslab qolgan qaysinidir unutgan ayollar bilan o`tkazgan vaqticho`g`ligi haqida o`ylardi, lekin bu safar Martin hech boshqacha xayolga bormadi , shunchaki Rufning yonida o`tirganidan xursand edi. O`sha nafis vujudini hattoki ruhining maskani deb chiroyli ta’rifladi va parchadan ham aniqlasak bo`ladiki, bu u uchun yangilik edi. Martin uchun Rufning jismi tamomila g`ayritabiiy bir jism edi, go`yo u har qanday xastalikdan, nuqsonlardan holi edi. Go`yoki, qizning ruhi va jismi mukammal va uning oldida hech qanday yomon xayollarga o`rin yo`q chunki bu jism ilohiy mukammallikka erishgan, ilohiy mohiyatning eng go`zal ifodasi edi. Ilohiy bu so`zni Martin birinchi marta ishlatayotganligi sababli uning asl mohiyati haqida aniq taassurotga ega emasdi. Bu so`zni na u oldin o`qigan na ishlatgan va na bu so`zning asl ma’nosiga qiziqib ko`rgan edi. Ha mana endi u o`sha ilohiy so’ziga mos bo`lgan jism bilan haqiqatda uchrashib turgandi, endi esa unga bu so`zni tushuntirishning hech hojati yo`q edi. Asar qahramoni esa bunday ilohiyatga tegish jinoyat edi lekin bu haqida u hech o`ylamasdi faqatgina uning yonida o`tirish kata baxt edi. Afsuski, bu faqat Martinning tasavvuri edi, Ruf esa o`zini-o`zi anglolmasdi unga yaqinlashishni ham undan uzoqlashishni ham bilmasdi. Martinga nisbatan uning tuyg`ulari esa noma’lum edi. Martinning jismida u ko’proq qo`rqinchni ko`rar edi. Bu qo`rqinch unga huzur baxsh etganligi sababli u Martindan qochishni ham unga yaqinlashishni ham bilmasdi.
Martinning hayotida tom ma’nosi bilan o'zgarish sodir bo`layotgan edi. Rufning beg`ubor va ma’sumaligi Martinga shunday qattiq ta’sir qilgan ediki, endi u tamomila ozodalik shaydosi bo`lib qoldi. Agar u Ruf bilan hamnafas bo`lishni istasa, o‘zini ozoda tutishi lozim. U tishlarini tozalar va idish-tovoq cho`tkasi bilan tinmay qo`llarini qashlardi; u magazin oynasida tirnoq
cho`tkachasini k
о‘rib, uning nimaga ishlatilishini tushunib oldi. Gumashta uning tirnoqlarini kо‘rib, yana tirnoq tozalovchi cho'tka ham tavsiya qildi; shunday qilib, Martinning pardoz ashyolari soni yana bittaga ko'paydi”. [71]

Mana endi Martin bu ilohiy pariga mos bo`lish uchun jon jahdi bilan harakat qilardi. Buning isboti yuqorida keltirilgan parchada aniq qilib ko`rsatib berilgan va bu parchada ozoda so`zini evfemik vosita sifatida olishimiz munkin. Rufga mos bo`lish uchun Martin ozoda nafaqat jismoniy ozodalik, balki ruhiy va aqliy jihatdan ham ozoda bo`lishi kerak. U ozodalikni birinchi gigiyenadan boshladi, o`zi uchun gigiyenik vositalar sotib oldi. Tishlari va qo`llariga alohida e’tibor bera boshladi xuddi bu qilgan ishi bilan Rufga yanayam yaqinroq borayotganday tuyulardi. Keyin esa Ruf boshchiligida aqliy tozalikka ahamiyat beradi boshladi. Buni qarangki, u oldin kutubxonada qayerda joylashgan undan qanaqa kitoblar borligini ham bilmadi lekin ozodalik yo`lini tanlaganidan keyin kitoblar olamiga o`zi sayohat qiladigan bo`lib qoldi. U kutubxonaga kirganda qaysi kitobni olishni bilmay kutubxonaga boshi aylanib qoldi. Ozodalik yo`lida har qanday qiytinchilikka dosh berishga tayyor edi va qo`lidan kelgancha harakat qilardi. Kutubxona uni butunlay o`z domiga tortgandi, unga ilk qadam qo`yganda qaysi kitobni tanlashni, kimni kitobini o`qishni, va bu sohada kimdan tavsiya olishni ham bilmasdi. Kutubxonachidan so`ray desa uyalardi, Rufdan so`rashga esa nomus qilardi, chunki bu juda ham oddiy narsa bo`lganidan, shuni ham bilmasligini Ruf bilib qolishidan qo`rqardi. Shunga qaramay ko`ziga yaxshi ko`ringan kitobni olib o`qishga kirishdi. Maqsad faqatgina bitta har tomonlama ozoda bo`lish.

Martin qizlar bilan bo`lar-bo`lmas siyqa hazil-huzul gap qilib turarkan, birdan xayolan ko‘z oldida asrlar hikmatini jamlagan kutubxonaning ko`p qavatli kitob javonlari namoyon boldi. Yigit bemavrid ko`ziga ko`ringan bu manzaradan achchiq kulib qo`ydi va yana shubhalar girdobiga g`arq bo`ldi. Lekin o`zi safsatabozlik va xayol surish bilan band ekan, ko`chadan o`tayotgan odamlar oqimini kuzatishni qo`ymadi”[78].


Yuqorida keltirilgan parchada biz evfemik vosita sifatida achchiq so`zini olishimiz mumkin. Endi shuni bir izohlab ko`rib chiqamiz. Martin Rufni hech xayolidan chiqarmasada, darrov o`z muhitidan chiqolmagandi. U doim o`zining muhitidagi saviyasi past qizlar bilan o`ralashib yurgandi. U hech ulardan ajrala olmayotgandi. Mana hozir ham u vaqtini qizlar bilan o`tkazarkan, birdan yana ilm va kutubxona ko`z oldiga keldi va bu ko`rgan manzara ustidan achchiq kulardi. Doim shunaqa hayotga o`rgangani uchun bu botqoqdan chiqolmay yana qizlar qo`yniga sho`ng`igan edi. Martin bu muhitdan harakat qilsada, yana o`zi xayollar qo`yniga sho`ng`igandi. U doim insonlarni kuzatish orqali o`ziga ko`plab xulosalarga kelardi. Shu kuzatishlar qo`ynida u kelajak taqdiri haqida o`ylardi. U goh qayta-qayta kitoblar olamiga sayohat qilardi, goh yana yonidagi qizlarga xayoli ketardi. Balki u achchiq kulardi degan ma’noda o’zining achchiq va qiyin hayoti nazarda tutgandi, chunki u har qadamda qiyinchilikka uchrar bunga oddiy misol sifatida pochchasi Xigginbotamning ziqnaligi olsak bo’ladi. U hatto ishlatgan ortiqcha suvi uchun ham pul to`lashga majbur qilardi.
Ruf yuz berayotgan hodisalaming mohiyatiga tushunmasdi. Ishq-muhabbat bobida hali hech qanday tajribasi yo`q edi. U faqat kitobdan o`qigan narsalarnigina bilardi, kitoblarda bolsa muallifning ijodiy xayoli har doim oddiy hayot hodisalarini qanday bo`lsa shunday emas, balki go`zal qilib tasvirlardi; bu beo`xshov matros qizning qalbiga uchqun tashlaganini, bu uchun bir kun kelib, uni kuydirib yuboradigan yorqin alangaga aylanishini xayoliga ham keltirmasdi. Shu paytgacha bu alanga biron marta ham uni kuydirgani yo`q edi…. Uning tasavvurida muhabbat - mehribonlikdan, gullarning muattar hidi bilan to`lgan, osoyishta va sokin xilvago`shada sevikli yoriga xizmat qilishdan iborat edi. Muhabbat po`rtanalaridan, uning yor qalbini kuydirib kul sahrosiga aylantiruvchi dahshatli haroratidan qizning xabari yo‘q edi. U dunyoda va o‘z vujudiga yashiringan qudrat kuchlar haqida hech nima bilmas, hayotning teran sirlari xom xayol pardasi ortida yashirinib otardi. Otasi bilan onasi o‘rtasidagi er-xotinlik munosabatini u ishqiy qovushishning eng mukammal namunasi deb bilardi, shuning uchun ham, bir kun kelib, hech qanday hayajonsiz va iztirobsiz, o‘z sevgan kishim bilan xuddi shunday osoyishta hayot kechira boshlayman, deb o`sha kunni xotirjamlik bilan kutib o`tirardi”[100].
Martin bilan uchrashuvdan keyin Ruf o`zida bo `layotgan yangiliklarga tushunolmasdi, shunchaki ko`chadan kelgan bir kelgindi qanday qilib uning ko`nglga bu qadar iliqlikni solganiga ishongisi kelmasdi, lekin bu iliq hissiyotlar sevgi ekanligini xayoliga ham keltirmadi. Yuqorida aytilganidek “beo`xshov matros”qanday qilib uning kitoblardan boshqa narsani ko`rmagan ko`ziga, qanday qilib yaxshi ko`rinardi, oldin muhabbat nimakigini bilmagan qalbiga qanday qilib o`t qo`ya olardi. Bu kabi mujmal narsalarni, hissiyotlarni tushunish uchun Ruf juda ojizlik qilardi. Bu yerda ta’riflangan o`sha beo`xshov matros esa Rufga qaraganda ancha tajribaliroq va ilmliroq edi, chunki uni qandaydir bir muallim yoki kitoblar emas, hayot deb atalmish betakror ustoz tarbiyalagandi. Eng qizig`i shundaki u bergan bilimlar uchun bir chaqa ham olmagan va qilgan himmatini hech qachon Martinga minnat qilmagan edi. Keyingi evfemik vositamiz ham Martin va Ruf tushunchalariga ko`ra alohida ma’no kasb etardi. “Sokin, xilvat go`sha” Martin bu so`zni eshitganida hech qachon xayoliga Rufni keltirolmagan bo`lardi u odatda bunday xilvat go`shalarda butun umrini o`sha o`zi bilgan kirxona, va qandaydir fabrikalarda ishlab, qo`llari qadoq bo`lib ketgan bir kechalik, balki bir necha soatlik farishtalarni nazarda tutgan bo`lardi. Ruf esa bunday go`shani muhabbat haqida gap ketgandagina eslardi. Uning fikri Martinning fikridan tamomila farq qilardi, u Martinning o`ylagan fikrlar haqida hatto tasavvurga ega emasdi. Ruf muhabbat haqida juda sayoz fikrda bo`lganidan, uning kuchki kuydiruvchi alangasi haqida umuman hech nimani bilmasdi va sevish shunchaki butun umr turmush o`rtog`ining xizmatida bo`lish, u bilan shirin-shirin suhbatlar qilish deb o`ylardi xolos. Keyingi jumlada berilgan “ishqiy qovushish” evfemasini Ruf umri davomida ko`rgan muhabbat deb aytsak xato qilmagan bo`lamiz. Rufning hayoti bilganimizdek, faqat kiborlar davrasida o`tganligi sababli bunday ishqiy qovushishni u faqat otasi va onasi o`rtasidagi er-xotinlik munosabatlarigina deb o`ylardi. Bu haqida o`zicha hayol surarkan u ham bir kun kelib xuddi ulardek o`zining ilk muhabbati bilan tich, osoyishta, to`kin-sochinlikda hayot kechiraman deb o`ylagan bir vaqtda Martin boshqa qizlar bilan bir qancha ishqiy qovushishlarni boshidan o`tkazgan edi. Bu kabi voqealar esa Rufning hech hayoliga ham kelmasdan baxtli kelajagi haqida tinimsiz o`y-xayollar surardi.


Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling