Mavzu: Ingliz badiiy adabiyotida evfemizmlarning berilishi va uning tarjimalari


Ingliz tilshunosligida evfemizmlarning o`rganilishi


Download 75.81 Kb.
bet2/8
Sana25.03.2023
Hajmi75.81 Kb.
#1295438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAYRATOVA DILNORA MD (2)

1.2 Ingliz tilshunosligida evfemizmlarning o`rganilishi
Evfemizmga asos bo’lib xizmat qiluvchi nutqiy ta’qiq – tabu insoniyatning
yozilmagan eng qadimiy qonuni sifatida ta’qiqlar vositasida paydo bo‘lgan. Bu termini ilk bor ingliz kapitani J.Kuk 1777 yilda qo‘llagan. Polineziya tilidagi ma’nosi asli “tapu”,ta: (ishoratlamoq, belgilamoq) va pu: (diqqatni tortuvchi, insonni chalg‘ituvchi) deganidir.Tabu ta’qiqni, jamiyat rivojlanishining turli xil bosqichida yuzaga keladigan muhitni bildiradi. Turli xil shart-sharoitdan kelib chiqqan holda, bunday ta’qiqlar til asosida ham vujudga kelishi mumkin. Din yoki axloq ta’qiqlaridan farqli hisoblangan tabuning paydo bo‘lish ildizlari ham uzoq tarix sahifalarida yashiringandir. J.J. Varbotning ko‘rsatishicha, tabu so‘zi bizning zamonimizda ikki ma’noda qo‘llaniladi:
1) ibtidoiy odamlarning diniy ta’qiqlari, ya’ni yuqori kuchlardan vujudga keladigan zararli oqibatlardan qochishni belgilash;
2) sotsial-siyosiy, tarixiy, madaniy, etnik yoki ta’sirchan dalillar o‘zaro bog‘liq
belgilangan so‘z qo‘llashni ta’qiqlash.
Tabu va evfemizmlar nafaqat adabiy-badiiy asarlarda ishlatiladi, balki ularni to’g’ri qo‘llash so‘zlovchidan katta mahoratni talab qiladi. Tilning taraqqiyoti bilan uning evfemik qatlami ham rivojlanib boradi. Yangi axloqodob, yangicha dunyoqarash normalari asosida tabulashtirishning, shu tufayli qo‘llaniladigan evfemalarning ham yangi-yangi formalari maydonga keladi. Fikrimizni o’zbek tilidagi kundalik turmush tarzimizda faol qo’llaniladigan murojaat bilan bog’liq evfemik vositalar bilan davom ettiramiz. Kishilar o’rtasida ularga nom berish, inson va uning nomi o’rtasidagi munosabatlar insoniyat paydo bo’lishidan boshlab
hozirgacha barcha xalqlar e’tiborini tortib kelgan. Nom qo’yish jarayoni insonlarning ezgu niyatlari va maqsadlari asosida amalga oshadi. Biroq turli sabablarga ko’ra ba’zi nomlar qayta tabulashtirilib, yangi evfemik nomlar masalan, laqablar, taxalluslar bilan atalgan. Bu jarayon, qaysidir jihatdan, nutqiy murojaat vositalariga ham tegishlidir. Murojaat vositalari insonlar o’zaro munosabatlarining ibtidosini tashkil etib, kishilarning dunyoqarashi va har bir davrning nutqiy talablari, shu davr ruhiyatiga moslashib boradi. Ushbu vositalar til egalarining odob-axloqi, bilim darajasi, nutqiy madaniyatida aks etadi. Mana shu jarayon undalma, murojaat vositalari ya’ni vokativ murojaatlarning evfemiklashishiga sabab bo’ladi deb aytish mumkin.O’zbek tilida evfemik atama yoki murojaatlar quyidagi:
a) er va xotinning o’zaro va yaqin qarindoshlariga qiladigan murojaatlari;
b) qarindosh urug’chilikni bildiradigan nomlar;
c) xudo, payg’ambar, avliyo va pirlarga qilinadigan iltijolar bilan bog’liq tarzda
qo’llanilishini ko’p uchratishimiz mumkin. Evfemizmga asos bo’lib xizmat qiluvchi nutqiy ta’qiq – tabu insoniyatning yozilmagan eng qadimiy qonuni sifatida ta’qiqlar vositasida paydo bo‘lgan.
Biz ko`p millatli davlatda istiqomat qilamiz. Unda turli diniy konfessiyalar va oqimlar erkin tarzda faoliyat yuritadi. Bu esa kishilarning muloqot madaniyatiga muayyan talablarni qo`yadi, o`zaro muloqotda o`ta nozik nomadaniy va etnopsixologik tamoyillarga nisbatan juda xushyor munosabatda bo`lishni taqozo etadi. Muloqot madaniyati darajasini, nutqiy madaniyat saviyasini ko`rsatuvchi muhim vositalardan biri evfemistik ifodalardir. Aytish joizki, siyosiy to`g`ri so`zlarning lingvistik taxlili iksfemiya(evfemizmlar, disfemizmlar va ortofemizmlar) doirasida olib boriladi. Funksional-pragmatik yondashuv doirasida iks-femiya evfemiya, disfemiya va ortofemiya hodisalarini umumlashtiruvchi giperonim atama sifatida qaraladi. Evfemizatsiya yorqin ifodalangan lingvokulturologik hodisa hisoblanadi. S.G.Borkachov shunday deb yozadi: “Lingvokulturologiya etnolingvistikaning eng yaxshi tarmog`idir. Ushbu fanning vazifalari til va madaniyatni, til va madaniyatni, til va xalq mentalitetini o`rganishni o`z ichiga oladi”17. Benvenistning faraziga ko`ra, “Triada –til, madaniyat va inson shaxsiyatiga asoslangan” va u lingvomadaniyatni linzaga qiyoslaydi, u orqali tadqiqotchi etnosning moddiy va ma’naviy o`ziga xosligini ko`ra oladi. Evfemiya- bu o`z tarkibiga ko`ra bir jinsli bo`lmagan va tilning leksik tizimida juda muhim bo`lgan til hodisasi. Evfemizm bu nafaqat salbiy tushunchani yashirin ifodalashdan iborat bo`lgan trop, balki uning tarixiy rivojlanishida muhim rol o`ynaydigan tilning tarkibiy qismidir, chunki evfemizatsiya inson tomonidan ifoda shakllarini doimiy baholash va qayta baholash asosida ba’zi ismlarni boshqasiga almashtirishning uzluksiz jarayoni sifatida tushuniladi.
Nutqda evfemizmlardan foydalanish esa muvaffaqiyatli muloqot qilish istagidan kelib chiqadi. Evfemizmni tadqiq qilgan olimlar ushbu til hodisasiga o`z kuzatuvlari va ilmiy tadqiqotlari natijasidan kelib chiqqan holda turlicha ta’rif berganlar.


1.

Kasev A.M.
Языковое табу и
эвфемия. Л.ЛГПИ,
1989.– С.15.

Evfemizm so`zi yunoncha eu—“yaxshi”, pheme-“gapiraman”so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, og`zaki yoki yozma nutqda qo`llaniladigan, ma’nosi neytral, vazifasiga ko`ra “emotsional” so`z bo`lib, qo`pol yoki beodob so`zlar o`rniga qo`llaniladi.

2.

A.A.Reformatskiy

“Evfemizmlar – taqiqlangan (tabulashtirilgan) so’zlarning o`rniga qo`llanishi mumkin bo`lgan so`zlardir.”

3.

Лингвистический
энциклопедический
словарь

“Evfemizm- so`zlovchi uchun noo`rin, noxush, qo`pol tuyulgan so`z va ifodalar o`rniga ularga sinonim hisoblangan emotsional-neytral so`zlardir”

4.

J.Vandries

“Evfemizm – bu man etilgan lug`atning muloyimroq va madaniyatliroq shakligina xolos”

5.

L.A. Bulaxovskiy

“Evfemizmlar yomon fikr uyg`otadigan narsa yoki hodisaning asl nominialmashtirish va ular haqida so`z orqali yozuv kuchlarni chaqirish xavfini tug`dirmay gapirish,.. hammadan oldin xavfning oldini olish formulasidir”

Evfemizmlarni tadqiq qilish va izlanishlar solib boorish natijasida ularning 4 jihati aniqlandi.

  • Lisoniy

  • Psixologik

  • Ijtimoiy

  • Pragmatik

Ushbu tildagi hodisa tadqiqida sotsiolingvistik yo`naltirilgan ustuvorlik qiladi. Shunday qilib, evfemizmni ko`p aspektli lingvistik hodisa sifatida 3 o`zaro bog`liq omillar nuqtai nazaridan o`rganish lozim:
1) ijtimoiy omil, uning asosini moral etnik va diniy qadriyatlarni o`zida mujassam qilgan ijtimoiy evfemizmlar tashkil qiladi;
2) psixologik omil, uning asosini ehtiyotkor munosabatda bo`lish, ya’ni ba’zi predmet va hodisalarni to`g`ridan-to`g`ri nomlash, salbiy tuyg`ularni, uyat, noxushlikni keltirib chiqarishi mumkin. Ularni almashtiruvchi so`zlar esa salbiy munosabatni yumshatadi;
3)lingvistik omil, disfemistik birliklarning ko`payishi, noxush so`z va iboralarni tilning stilistik potensialini kengaytiruvchi emosional bo`yoqdor so`zlar, ya’ni evfemizmlar bilan almashtiruvchi zaruratidan kelib chiqqan.
Barchaga ma’lum, nutqda evfemizm qo`llash vositalari til va jamiyat rivoji bilan bir yo`sinda taraqqiy etadi, tilde istifoda etiladi, vaqt o`tib eskiradi, iste’moldan chiqadi, tabiiyki ular o`rnida evfemik ma’no yuklangan yangi yil birliklari-eshitilishi yanada muloyimroq bo`lgan evfemalar vujudga keladi misol qilib “nogiron” so`zini olaylik. Ingliz tilida ushbu nomaqbul so`z o`rniga “disabled,handicapped, cripple” so`zlari qo`llanilgan.

Download 75.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling