Mavzu: ingliz tilida sinonimiya va omonimiya hodisasi


I BOB. SINONIMIYA VA OMONIMIYANING LINGVISTIK UNIVERSALLIK SIFATIDAGI LINGVISTIK MAQOMI


Download 217.2 Kb.
bet5/27
Sana20.06.2023
Hajmi217.2 Kb.
#1637371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Abdulfayzova Orzigul Magamadaminovna

I BOB. SINONIMIYA VA OMONIMIYANING LINGVISTIK UNIVERSALLIK SIFATIDAGI LINGVISTIK MAQOMI
1.1Sinonimiya va omonimiyani lingvistik hodisa sifatida o‘rganishning asosiy vazifalari
Sinonimiya muammosi tilshunoslar tomonidan filologiya fani mavjud bo‘lgan davrda o‘rganib kelingan va uzoq vaqt o‘tganiga qaramay, haligacha o‘z yechimini topmagan.An’anaviy nuqtai nazardan,lingvistik va nutq sinonimiyasini farqlash odat tusiga kiradi. Lingvistik sinonimiya deganda izohli va sinonimik lug‘atlarda qayd etilgan so‘zlarning sinonimik munosabatlari tushuniladi. Tadqiqotchilarning fikricha, nutq sinonimiyasini “noan’anaviy yangilikka qodir yozuvchi va shoirlarning badiiy nutqida” kuzatish mumkin.13
Hozirgi umumiy tilshunoslikda “sinonim” va “sinonimiya” tushunchalarini tushunishga bir qancha yondashuvlar mavjud. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da sinonim, sinonimik, sinonimika,sinonimiya terminlariga quyidagicha ta’rif berilgan:
Sinonim(yun- bir xil nomli) tlsh. – bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so‘zlardir.
think - o‘ylamoq
consider -o‘ylab ko ‘rmoq
believe -ishonchi komil bo‘lmoq
deem - o‘ylab ko ‘rmoq
regard - deb hisoblamoq
reckon - deb o‘ylamoq
suppose - deb o‘ylamoq
imagine - bekorchi narsalarni o‘ylamoq
assume - deb o‘ylamoq


Sinonimik tlsh.Bir-biriga sinonim bo‘lgan ma’nodosh.Sinonimik so‘zlar.
Sinonimika tlsh.
1. Biror tilning sinonimlari majmui.O‘zbek tili sinonimikasi.
2. Leksikologiyaning sinonimlarni o‘rganuvchi bo‘limi.
Sinonimiya yun ( bir xil nomga egalik) tlsh. Til birliklarining ma’no
jihatidan yaqinlik, ma’nodoshlik hodisasi.14
H.Jamolxonov muallifligidagi “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobning leksik sinonimiya qismida“Sinonimlar nutqda muhim uslubiy vosita sanaladi.Ular nutqning ravon va ta’sirli bo‘lishni,fikrning aniq va obrazli chiqishini ta’minlaydi”,degan fikrni bayon etgan.“Tayanch tushunchalar” sifatida quydagilarni keltiradi.

Download 217.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling