Mavzu: innovatsion strategiyani shakllantirish va turizm sohasida innovatsion g’oyalarni amalga oshirish
Download 70.03 Kb.
|
diplom ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- . “Barqaror”
- Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish
1.2 Innovatsion ekotizim tasnifi
Jahon tajribasiga muvofiq innovatsion ekotizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan “tubdan yangilovchi” (disruptive), “barqaror” (sustainable) va “samarador” (efficiency) innovatsiyalardan tarkib topgan. “Tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmat turlarini tashkil qilishdan iborat bo‘lib, aksariyat holatlarda kapital talab qiladi, biroq ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratishga sabab bo‘lishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. “Barqaror” (sustainable) innovatsiyalar — tez o‘zgaruvchan iste’mol bozorida “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarning barqarorligini ta’minlash va muntazam tarzda takomillashtirib borishdan iborat bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratmaydi va katta mablag‘ talab qilmaydi (“tubdan yangilovchi” innovatsiyalar innovatsiya bozorini va xaridorini muqimlashtirib, jozibadorligini ta’minlab turadi). Innovatsion ekotizimdagi keyingi zanjir “samarador” (efficiency) innovatsiyalar bo‘lib, “barqaror” innovatsiyalarni arzonlashtirish va ko‘lamini kengaytirish hisobiga katta miqdordagi kapitalni yaratadi, biroq ish o‘rinlari kamayishiga olib keladi. Yangi ish o‘rinlariga ehtiyojni yana qoplash uchun yaratilgan kapitalning bir qismi, tabiiyki, “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga yo‘naltirilib, siklik jarayonni davriy ravishda davom ettirish lozim. Shu sababli, yangi ish o‘rinlariga ehtiyojni qoplash uchun yaratilgan kapitalning bir qismi “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltiriladi. Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish Biz ikkinchi bobda xorijiy mamlakatlarning ekoturizm sohasidagi tajribalari bilan tanishib o’tdik.Tatqiqot obyekti sifatida Singapur va Kosta Rika davlatlari ekoturizmini ko’rib chiqdik. Kosta Rika tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizm davlatning rivojlanish strategiyasi bo’lishi mumkin ,agar yaxshi idoraviy qobilyat bo’lsa ,asosan mahalliy darajada. Va quyidagi shart-sharoit mavjud bo’lishi kerak: Omma orasida ekologik bilim yuqori bo’lishi kerak Xususiy sektorlar tabiiy resurslarni asrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda ishlashlari darkor,va bu dasturda ijtimoiy ,ekologik va iqtisodiy aspektlar teng ravishda muhokama qilinishi kerak Qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim Turizm industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo’lishi va mahalliy madaniyat turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak. Bu kabi holatni kickina ko’lamdagi va jamoaga asoslangan turizmda uchratish mumkin. Singapur tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizmni rivojlantirish uchun: Ekologik bilimni oshirish; Ekologik talimni bir umrlik jarayonga aylantirish ; Tabiatni asrashga katta etibor berish; Davlar tomanidan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar va sohaning rivojlanishi uchun qonun hujjatlarining qabul qilinishi; Shuningdek,insonlar shaxsiy qiziqishlari asosida nafaqat o’zlarini o’rab turgan atrof-muhitni, balki global atrof muhitni ham asrash haqida qayg’urishadi. Aholining tabiat haqidagi bilimlari oshgani sari uning xaridga bo’lgan munosabati ham shunga mos ravishda o’zgarib boradi, keyinchalik mahsulot ekologik jihatdan qanday ishlab chiqarilishiga bog’liq bo’ladi. Hukumat 1992-yil yashil sxemali yorliqlarni ekologiyaga zarar yetkazmaydigan mahsulotlar yorlig’i sifatida chiqardi.1998-yilga kelib 611 ta mahsulot shunday yorliqlar bilan taqdirlandi. 1991-yil atrof muhitni asrashga o’z hissasini qo’shgan tashkilotlar va shaxslarni taqdirlash maqsadida ”yashil barg” mukofoti tashkil etildi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kishilarda ekologik bilimni shakllantirmay turib mamlakatda ekoturizmni rivojlantirib bo’lmaydi.Hozirgi kunda O’zbekistonda ekolagik bilimni oshirish maqsadida bir muncha ishlar qilinmoqda. Televidiniya orqali mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiat maskanlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bu kishilarda ekologik bilimlarning o’shiga turtki bo’ladi. Shuningdek bolalarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun ekologik toza mahsulotlar aniqrog’i o’yinchoqlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yaxshi natijalarni beradi deb o’ylayman. Qolaversa maktablarda jonli burchaklar yaratish orqali ya’ni maktabning ma’lum bir hududida turli xildagi hayvonlarni boqish va o’simliklarni o’stirishni yo’lga qo’yish kerak. Tabiat, botanika, zoologiya kabi tabiatga bog’liq fanlarda ulardan foydalanish mumkin. Yoki bolalarni bog’larga olib borib yovvoyi hayvonlar va qushlarni qanday parvarishlanishi ko’rishlarini va bu jarayonda bevosita ishtirok etishlarini taminlash kerak. Bu albatta ularda tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatni uyg’otadi. Sohani rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-quvatlanyapti. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki «Turizmni rivojlantirish Davlat Qo’mitasi», Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konferensiya tavsiyalariga koʻra «Ekosan-tur» Markazi tuzilgan. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etilgan. Mamlakatimizda ekoturizm salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish, sohaning o'zimizga xos va mos yo'llarini izlab topib, amalga oshirish lozim. mamlakatimiz o`zining turistik potentsialiga boy, ammo mavjud imkoniyatdan to`liq foydalanmaslik holatlari, xususan ekologik turizmda ko`zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir. Ko`pchilikni mamlakatimizning ekoturizm imkoniyatlari borasida to`laqonli axborotlarning etishmasligi masalasi tashvishga soladi. Ushbu mavzuda maxsus ixtisoslashgan nashrlar va saytlar kam uchraydi.. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo`lgan ish-harakatlar izchil tartibda olib borilmoqda. SHunday ekan, mazkur soha rivojini yanada yuksaltirish, uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ommalashtirish, tarqib qilish, shubhasiz, turizmga qiziquvchi sayyohlarni mamlakatimizga tashrifini bir necha barobarga oshiradi. Mamlakatimiz ekoturistik salohiyati juda yuqori bo’lib,uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.Bu salohiyat va imkoniyatlardan ekoturizm rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan oqilona foydalangan holda tabiatga zara yetkazmagan holda rivojlantirish hamda kelajak avlodga yetkazish lozim.Shuningdek turistik tashkilotlar ,turli xil qo’mitalar ,fondlar va mahalliy aholi bir butun bo’lib ,hamkorlikda ishlashlari lozim.Hozirgi kundaO`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibidagi 9 ta davlat qo`riqxonasi, 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud bo`lib, ular dunyo bo`ylab ko`pgina ekoturistlarni ohanrabo misol o`ziga tortadi. Qolaversa, Farg’ona vodiysi, Bo`stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, SHahrisabz kabi hududlarda tog’, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral er osti suvlarining 120 dan ortig’i aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra shu yilning 2023-yil 12-may kuni, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Isroil Tashqi ishlar vazirligining MASHAV Xalqaro hamkorlik dasturi doirasida ushbu mamlakatga safar qildi, amaliy safar davomida mamlakatimiz delegatsiyasi Isroilning ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muvaffaqiyatlarini hamda mamlakatning innovatsion ekotizim yaratish bo‘yicha tajribasini o‘rganish, shuningdek, innovatsiya faoliyatiga mas’ul bo‘lgan davlat tashkilotlari va xususiy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Tashrifning dastlabki kunida «Venture Israel» jamg‘armasining mutasaddisi Roman Gold bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston tomoniga Isroil innovatsion ekotizimi, uning rivojlanish bosqichlari, erishgan muvaffaqiyatqlari hamda hozirgi kunda yuzaga kelayotgan muammolar haqida so‘zlab berildi. Ushbu sohadagi startap va innovatsiya kompaniyalarini boshlang‘ich bosqichda qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratildi. Roman Gold Isroil innovatsion ekotizimini shakllantirish va rivojlantirishda Isroil hukumati tomonidan innovatsiya faoliyatiga sarmoya olib kiruvchi investorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha berilgan kafolatlarni alohida qayd etdi. Shuningdek, u hozirgi kunda startaplar va katta korporatsiyalarning o‘zaro aloqalari va moliyaviy hamkorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etdi. Shuningdek, O‘zbekistondagi startap kompaniyalar uchun o‘quv dasturlarini tashkil etish va isroillik tajribali mentorlarni mamlakamizga jalb qilish yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi. Download 70.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling