Mavzu: innovatsion strategiyani shakllantirish va turizm sohasida innovatsion g’oyalarni amalga oshirish


I-BOB. INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI AMALA OSHIRISHNING USTUVOR SEKTORLARI


Download 70.03 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi70.03 Kb.
#1564481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
diplom ishi

I-BOB. INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI AMALA OSHIRISHNING USTUVOR SEKTORLARI
1.1 Innovatsion strategiyani rivojlanish shakllari
Strategiyaning asosiy maqsadi — mamlakatda kreativ iqtisodiyotni shakllantirishda yangi ish o‘rni yaratishdan boshlab iqtisodiy qiymat (kapital) yaratishgacha bo‘lgan “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” uzluksiz ekotizimni rivojlantirishdir.
Bosh maqsadga erishishda Strategiya quyidagi 6 ta asosiy yo‘nalishlardan iborat:
1. Innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator) tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;
2. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;
3. Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash;
4. Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish;
5. Yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini shakllantirish;
6. Ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.
Hozirgi kunda yaqin kelajakda innovatsion rivojlanish sohasida hal etilishi zarur bo‘lgan quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda: birinchidan, mamlakatimizda har yili 600-700 ming aholi mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim bilan qamrov 2016-yilga nisbatan 9 foizdan 38 foizgacha oshdi va bu ko‘rsatkich yaqin kelajakda 50 foizgacha yetkaziladi. Bu esa oliygohlar bitiruvchilarini yuqori texnologik ish o‘rinlari bilan ta’minlashning samarador mexanizmlarini ishlab chiqishni talab etmoqda; ikkinchidan, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlashda innovatsiyalar yordamida ishlab chiqarish tashkilotlari va xizmat ko‘rsatishning turlarini oshirish orqali ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish hamda tarmoq tashkilotlari va klasterlar, venchur tashkilotlari va tegishli moliya bozorlarining turli vositalari ko‘magida kapital yaratishni, ya’ni arzonlashtirilgan va hammabop ishlab chiqarishni (“birni-mingga” aylantiradigan) ta’minlash tizimiga o‘tishga katta ehtiyoj mavjud; uchinchidan, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni davlat-xususiy sheriklikda moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va hajmini oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalari mablag‘larini jalb qilish hamda tadbirkorlikka zarur ko‘nikmalarni texnoparklar, innovatsion markazlar va yoshlar texnoparklari orqali kichik va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni talab etmoqda; to‘rtinchidan, hududlarning iqtisodiy ixtisoslashuvi, ilmiy-texnik salohiyati va mavjud resurslarini hisobga olgan holda innovatsion rivojlanishning hududiy dasturlari ishlab chiqilmagan hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik bazasi uzluksiz yangilanishini ta’minlashga qaratilgan yechimlarni joriy qilishda innovatsion texnologiyalarga urg‘u va ustuvorlik berish talab qilinmoqda; beshinchidan, muvaffaqiyatli startap loyihalarni seriyali ishlab chiqarish bosqichlarida innovatsion texnoparklar va erkin iqtisodiy zonalar a’zoligiga qabul qilish orqali maqbul qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilmagan, xususiy sektorning yangi ilmiy ishlanmalarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va innovatsiyalarni “hamkorlikda moliyalashtirish”ga (co-finance) bo‘lgan manfaatdorligini rag‘batlantirish uchun maxsus qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilmagan; oltinchidan, respublikada “tubdan yangilovchi” — “barqaror”-”samarador” innovatsiyalarning siklik munosabatlarini (ya’ni, innovatsiyalarni) yaratish uchun innovatsiyaning o‘zi kapital ishlashi — “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” davriyligini o‘zida mujassam etgan yaxlit tizim mavjud emas va uning asosiy jarayonlari o‘ta tarqoq shaklda qolib ketmoqda.
Rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda quyidagi sektorlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi:qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai — “yashil” vodorod ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llash bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni yaratish; yangi kompozit materiallarni ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish; robototexnika sohasini rivojlantirishga talaba-yoshlarni keng jalb qilish; biotexnologik mahsulotlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda biotexnologik ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etishni tashkil etish; global iqlim o‘zgarishlari sharoitida suv-tejovchi, tuproq unumdorligini oshiruvchi va yuqori hosildor ekin turlari va hayvon zotlarini yaratish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni yaratish; sanoat va klasterlash (mis va vinochilik) hamda shaharsozlik konsepsiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish; sun’iy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini joriy qilish.
2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni ta’minlash va rag‘batlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan: respublikamiz 81 ta indikator bo‘yicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 36 ta pog‘onaga ko‘tarildi; innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat budjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi 2018-yilga nisbatan 3 baravarga oshirildi va 1,5 trillion so‘mga yetkazildi; yosh olimlar 2018-yilda 6,5 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda ularning soni 10,8 ming nafarni tashkil etdi, ya’ni bir yarim baravarga o‘sdi; oxirgi 4 yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar (innovatsion jamg‘armalar, venchur tashkilotlar va boshqalar) soni 28 taga yetkazildi; 2018-yildan boshlab har yili o‘tkazilayotgan Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarni bir maqsad yo‘lida jamlovchi innovatsion texnologiyalar platformasiga aylanmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past bo‘lib qolmoqda.
Respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Strategiya erishilgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishli asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, 2024-yildan boshlab alohida-alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi
So‘nggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada ta’lim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O‘zbekiston Respublikasini 2019 — 2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi.
Strategiyani amalga oshirish davomida quyidagi natijalarga erishiladi:
yoshlarda yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini shakllantirish;
innovatsion faoliyatni mikro va makro darajada amalga oshirish va rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha innovatsiyalar sohasidagi mutaxassislarni ko‘paytirish;
xalqaro maydonda mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan, innovatsiyalarning keng joriy etilishida bozor talablariga moslashuvchan milliy innovatsion infratuzilmasini shakllantirish va modernizatsiya qilish;
resurs safarbarligining uzluksiz zanjirini yaratish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik muhitini yaratish va ixtisoslashtirilgan “spin-off” kompaniyalarini tashkil etish;
milliy iqtisodiyotga innovatsion mahsulotlar va yechimlarni ishlab chiqib, joriy qilishning zamonaviy “zanjiri” va yagona tizimini yaratish orqali mamlakatda innovatsiyalar va texnologiyalar sohasining investitsion jozibadorligini oshirish, manfaatdorlik va raqobat muhitini yaratgan holda xorijiy investitsiyalar va texnik-ko‘mak grantlari, shuningdek, venchur tashkilotlari hamda tegishli moliya bozorlarining turli vositalari orqali moliyalashtirish hajmini oshirish;
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan kichik va o‘rta biznes kompaniyalari va startaplar sonini ko‘paytirish;
“samarador” innovatsiya salohiyatiga ega ilmiy ishlanmalar va startap tashabbuslarni tijoratlashtirish darajasini oshirish;
jahon andozalari asosida startap va kichik innovatsion tashkilotlarni birlashtirish orqali innovatsion klasterlarni va yirik tashkilotlarni tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, ilmiy-texnik va metodologik qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha diversifikatsiyalash;
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga xususiy sektorni keng jalb etish va ularning innovatsion faolligini oshirish;
hududlarning innovatsion faolligi va ilmiy salohiyatini oshirish;
ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulot va xizmatlarning jahon bozoridagi eksport hajmini oshirish;
xalqaro sifat sertifikatiga ega, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan milliy brend mahsulotlarini ko‘paytirish;
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish orqali yoshlar va xotin-qizlar hamda xorijiy davlatlarda tashqi migratsiya faoliyati orqali mehnat qilayotgan mehnatga layoqatli aholi qatlamini yuqori daromadli munosib yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash;
Turizm sohasini rivojlantirish, ushbu sohada iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish omillari va xususiyatlariga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lib,ularda turistik tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonlari bo’yicha turlicha yondashuvlar ishlab chiqilgan. Shunga ko’ra, turizm xizmatlari bozorida talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishish muhim ahamiyatga ega. Biz, ushbu xulosalarga asoslangan holda, bu borada ayrim mualliflarning fikr va mulohazalarini tadqiq etib, ularning natijalarini umumlashtirib, turizm va rekreatsiya sohasida innovatsion faollikni oshirish bo’yicha qarashlarimizni qisqacha bayon qilamiz.
M.T.Alimova “Hududiy turizm bozorining rivojlanish xuxusiyatlari va tendentsiyalari” nomli doktorlik dissertatsiyasida turizm bozori rivojlanishining xususiyatlari, turizm industriyasini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish,turistik klasterni shakllantirish borasida mulohzalar yuritiladi.
Shuningdek, MDH olimlari B.F.Arihipova,A.Devizovlar asarida turizm bozori va uning samarali rivojlanishi, innovatsion faoliyat mohiyati va mazmuni, funksiyalari, turizm industriyasi subyektlari, turizm bozorini tartibga solish mexanizmlari, turizm sohasida amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq masalalar bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. Mualliflar o’z asarlarida turizm sohasida iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy omillari,turistik harajatlarning amalga ohirish davri va xususiyatlariga ko’ra tasnifiga yetarlicha e’tibor bermaganlar.
Respublikamizda tadqiqot olib borayotgan N.N.Safarova fikricha, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga turizmning ta’sirini istiqbollashtirishda uning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida aholi daromadlarini va davlatlar o’rtasida masofa va viza masalalarini yengillashtirishga e’tibor qaratilgan. Bu bir tomonlama yondashuvga asoslangan bo’lib, turistik xizmatlar sifati va infratuzilmaning rivojlanish holatiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
M.T.Haydarov va R.Otajonov o’z tadqiqotlarini O’zbekiston Respublikasi turizm industriyasini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlariga bag’ishlangan bo’lib, bunda qabul qilingan, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan meyoriy-huquqiy turizm ko’rib chiqilgan. Turizm sohasida kononavirus tufayli yuzaga kelgan muammolar yoritilgan.
Ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlarning ko’lami keng bo’lib, turizm sohsida amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq muammolarni hal etishga qaratilgan va unda sohada innovatsion faollikni oshirish yo’nalishlarining ayrim jihatlari tadqiq qilingan. Shuningdek, turizm sohasida hali qator yechilmagan mavzular bor va bular qatorida turizm sohasida innovatsion faollikni oshirish omillari borasida tadqiq qilishning qator ilmiy va metodologik masalalari o’z yechimini kutmoqda.
Shunga qaramay, keyingi yillarda mamlakatimiz tomonidan innovatsion rivojlanishga katta e’tibor qaratilayotgani,innovatsion faoliyatni rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadirlar faol ishlab chiqilib,hayotga tatbiq etilayotganligini alohida ta’kidlash lozim.


Download 70.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling