Mavzu: innovatsion strategiyani shakllantirish va turizm sohasida innovatsion g’oyalarni amalga oshirish
III-BOB. QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASIDAGI TARIXIY
Download 70.03 Kb.
|
diplom ishi
III-BOB. QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASIDAGI TARIXIY
JOYLARDA INNOVATSION G’OYALARNI AMALGA OSHIRISH 3.1 Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va ekoturizm zonasiga aylantirilishi Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo‘shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. O‘zbekistonning geografik o‘rni nihoyatda qulay, ajoyib tabiiy - iqlim sharoitiga egaligi insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o‘rin tutadi. O‘zbekiston nodir tarixiy arxitektura yodgorliklariga, shirin-shakar mevalar, xilma-xil taomlar, ajoyib milliy an’ana, urfodatga ega, halqi esa mehmondo‘st. Bularning barchasi chet ellik turistlar e’tiborini tortadi va turistik sayohatlarga chiqishga undaydi. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish har jihatdan muvofiqlashtirilgan kompleks yondashuvni talab qiladi. Bu ishga aloqador barcha manfaatli tamonlarni jalb qilish lozim. Shundangina ekoturizmni rivojlantirish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldi olinadi va salbiy oqibatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayniqsa, asosiy faoliyati turizm bo‘lgan, mahalliy uyushmaga alohida e’tibor berish lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, mahalliy uyushmaga asoslangan ekoturizmni yo‘lga qo‘yish hali O‘zbekiston sharoitida to‘liq sinalmagan, mahalliy jamoa va tashkilotlar jalb qilingan yangi tuzim hisoblanadi. Hozirga mahalliy uyushmani qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus kredit sxemalari ham mavjud emas. Turarjoylarni mablag‘ bilan ta’minlash mahalliy hokimiyat organlari orqali amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Jozibali tog‘lar va daryolar, go‘zal manzarali landshaftlar, an’anaviy turmush tarzi, tarixiy-diniy markazlar ekologik turizm uchun eng zarur omillardir. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish respublikadagi barqaror turizm taraqqiyoti strategiyasining uzviy qismiga aylanishi lozim. Shuni ta’kidlash joizki, sarguzashtli joylar hozircha ekoturistlar uchun unchalik jozibali emas. Shuning uchun asosiy e’tiborni turizmning tabiiy go‘zallikdan baxra olish imkonini beruvchi shakliga qaratish lozim. Ma'lumki, dunyo mаmlаkаtlаrining ko'pchiligi turizm sоhаsini rivоjlаntirish bilan o'z milliy iqtisоdiyotini taraqqiy ettirmоqda. Hоzirgi kunda, turizm dunyo bo'yicha eng ko'p darоmad kеltiradigan sоhalardan biriga aylangan. Bundan tashqari, turizm mamlakatlar va millatlar o'rtasidagi o'zaro ijtimоiy-iqtisоdiy va madaniy munоsabatlarni yanada barqarorlashtirishning eng muhim hal qiluvchi оmillaridan biri hisоblanadi. Mamlakatimiz turizm sоhasida yеtarlicha darajada va har qanday xоrijiy mamlakatlardan qоlishmaydigan imkоniyatlarga egaligi bu bоrada ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta'minlоvchi asоsiy manba hisоblanadi. Ana shularni hisоbga оlgan hоlda, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan tо hоzirga qadar zamоn talablariga javоb bеradigan turizm infratuzilmasini tarkib tоptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Mustaqil o'lkamizning jahon hamjamiyatida keng miqyosda e'tirof etilishi, dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari bilan o'zaro do' stona munosabatlarning yanada barqarorlashib borishi, tashrif buyurayotgan turistlar oqimining yil sayin ortib borishi, yurtimizda mavjud yangidan-yangi turizm imkoniyatlarining kashf etilayotganligi va boshqa shu kabi o'zgarishlar fikrimizning yaqqol dalili bo'la oladi. Turizm yordamida muayyan foyda, eng avvalo, iqtisodiy foyda ko'rishga qaratilgan strategiya ekologik va ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun bozor mexanizmlaridan foydalanishni ko'zda tutadi. Ana shu jihatdan ekoturizmning asosiy mohiyati, ya'ni birinchi navbatda xususiy firmalardan foydalanish ko'zda tutiladi. Uning asosiy maqsadi va ayni paytda faoliyat yuritish shartlari raqobatbardoshlikni va iqtisodiy manfaatdorlikni ta'minlashdan iborat. Demak, turistik biznes bilan shug'ullanishni istaydigan davlat organlari, qo'riqxona hududlari ma'muriyati, ilmiy jamiyatlar va agrar hududlardagi loyiha ishtirokchilari bundan xabardor bo'lishlari shart. Buning misol tariqasida shu yilning 22-noyabr kuni Toshkent shahrida “Orolbo’yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Tadbirda BMT kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha mahsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda prevent diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi rabari Natalya German, BMTning Taraqqiyot dasturi administrator yordamchisi Yevropa va MDH mintaqaviy byurosi direktori Mirjana Spolrich Egger, Senatning Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish qoʻmitasi raisi Boriy Alixonov, Megapolislarni rivojlantirish Buyuk Parij alyansi prezidenti Nicolas Bouchou, YUNESKO bosh direktorining ilm-fan boʻyicha yordamchisi Shamila Nair-Beduel xonim, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov qatnashdi. “Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Maxsu rezolyutsiyani amalga oshirish chora-tadbirlari ko’rilmoqda. 2021 yil 29 iyulda BMTning Maxsus rezolyutsiyani amalga oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirishning yetti yo’nalishi belgilandi. Bundan tashqari, Qoraqalpoqiston Respublikasi viloyatlarda “yashil qoplamalar” barpo etishga doir ishlar ketmoqda. 2021 yilda ushbu tadbirlar natijasida 560 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” tashkil etilib, 375 ming gektarida o‘rmonzor barpo etiladi. Qoraqalpog’istondagi o'rmon fondi yerlari va Orol dengizining suvi qurigan hududlarida, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Orolbo’yi hududlarida 172 ming gektar hamda boshqa hududlardagi o'rmon fondining tog , vodiy va to'qay yerlarida 13 ming gektar maydonga daraxtlar ekish ishlari olib borilmoqda”,- dedi Aziz Abduhakimov. Orol dengizi inqirozi oqibatlari Orolbo’yi mintaqasida yashayotgan millionlab odamlarning hayot faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatib kelmoqda. Malumki, keyingi 55 yilda Orol dengizining qurigan tubida 5,2 million gektar maydonda Orolqum deb nomlangan yangi cho’l paydo bo'ldi. Dunyoning boshqa har qanday cho’llarida bo’lgani kabi Orolqumda ham insonlar hayot kechirishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, bioxilmahillik va ekotizimni qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’lgan infratuzilma va ijtimoiy shart-sharoitlar yetarli emas. Shu bois ham 2021 yil 18-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assembilyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb elon qilish to’g’risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Mazkur resolyutsiyaga asosan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar, shuningdek, yashil iqtisodiyot va ko’p marta foydalanadigan iqtisodiyot tamoyillari asosida Orolbo’yi hududini ekologik va inson inqirozi bilan bog’liq hududdan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlangan hududga aylantirish bo’yicha strategik yo’nalishlar hamda ustuvor loyihalar yo’nalishlari belgilandi. "Orolbo’yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz" mauzusida tashkil etilgan mazkur xalqaro konferensiya davomida asosiy muhokamalar dunyo tajribasidan kelib chiqib Orolbo’yi mintaqasida innovatsiyalar va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, cho’llanishning oldini olish va ekologik turizmni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Hozirda BMT Bosh assembilyasining maxsus resolyutsiyasi va Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslaridan kelib chiqib O’zbekistonda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Orolbo’yi xalqaro innovatsiya markazi hamkorligida BMT dasturi, Yevropa UNICEF, Islom taraqqiyot banki, ICBA xalqaro markazi bilan yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Tunis, Shvitsarya va Kanadalik olimlar bilan birgalikda Orolbo’yining sho’rlangan va qurg’oqchil yerlarida ilmiy hamkorlik ishlari yo'lga qo'yildi. Orolbo’yida ICBA xalqaro markazidan keltirilgan 18 ta o'simlikni va mahalliy yovvoyi o'simliklar florasi vakillarini madaniylashtirish bo'yicha sinovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda. Orol dengizining kurigan tubidan 10 xildan ortiq tuproq tiplari asosida ilmiy lizimetrik tadqiqot maydonchasi barpo etildi. “Oroldagi mening bog’im” (My Garden in the Aral Sea) agro-ekoturizm loyihasi ishlab chiqildi va hozirgi kunda ko'rgazma uchastkalarida 5126 dan ortiq dekorativ hamda cho’lga chidamli daraxtlar ekilgan. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ko’magida Orolbo’yi xalqaro innovatsiya markazida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekistondagi UNICEF tashkiloti bilan hamkorlikda ImkonLab dasturi doirasida Qoraqalpog’istonda Mo’ynoq,Bo’zatov,Qo’ng’iroq,Nukus tumanlari yoshlarining startap loyihalariga yordam ko’rsatiladi.Tunisning Chanbani Texnologiya kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi innovatsiya tuproq ostidan sug’orish irrigatsiya tizimi joriy etilmoqda. Xitoy fanlar akademiyasiga qarashli Sinstzyan Ekologiya va geografiya istituti bilan hamkorlikda suvni tejash texnologiyasi asosida makkajo’xori va paxta hosildorligini ko’paytirish tajribalari o’tkazilmoqda (ushbu loyihalar doirasida jami 211 ming dollar jalb qilingan). Konferensiya yakunlari bo’yicha Orolbo’yi mintaqasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga hamda innovatsion rivojlanishining zaruriy infratuzilmasini shakllantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlariga katta ahamiyat qaratilib,BMT Bosh assamblyasining Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish tashabbusi dunyo hamjamiyatiga taqdim etildi. 1 2 Download 70.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling