Mavzu: inson huquqlari va o'zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligi


Download 26.78 Kb.
bet1/4
Sana25.11.2021
Hajmi26.78 Kb.
#177394
  1   2   3   4
Bog'liq
IHUN — копия

MAVZU: INSON HUQUQLARI VA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-IJROIYA QONUNCHILIGI



REJA:

  1. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va ularning O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi

  2. Mahkumlar bilan muomala qilishda inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning ahamiyati
  3. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va ularning O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida amalga oshirilishi

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining sud tomonidan himoyalanishini kengaytirish, adolatli sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni ta'minlash bo'yicha tizimli va bosqichma bosqich amalga oshiriladigan choralar ko'rildi. Jinoiy, jinoiy- prosessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligini liberalizasiya qilish jarayonining evolyusion tarzda amalga oshirilishi inson huquqlariga rioya etilishining muhim kafolati bo'ldi. Xususan, Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tash sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilash, huquqni muhofaza qilish organlarining, shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatini nazorat qilishning samarali mexanizm-larini ishga tushirish imkonini yaratdi.

1997 yil 25 aprelda qabul qilingan va 1997 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi jinoiy jazoni ijro etishning umume'tirof etilgan, shu jumladan, xalqaro hamjamiyat tomonidan ham tan olingan demokratik va insonparvarlik prinsiplarni amalga oshirishga qaratilgan.

O'zbekiston 70 dan ortiq inson huquqlari bo'yicha shartnomalarga, shu jumladan, YeXHTning insoniylik mezonlari bo'yicha hujjatlariga ham qo'shilgan bo'lib, ular asosida o'z qonunchiligini inson huquqlarini himoyalash bo'yicha xalqaro aktlarga, shu jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ham, muvofiqlashtirish majburiyatlarini qabul qilgan. Ushbu majburiyatlar-ga ko'ra ishtirokchi davlatlar hibsda yoki qamoqda saqlanuvchi barcha shaxslar bilan muomalada bo'lishda insoniylikni va inson sha'nining hurmat qilinishini ta'minlaydilar (32.2 band).



Inson huquqlarini himoyalash va mahkumlar bilan munosabatda bo'lish to'g'risidagi xalqaro shartnomalarda ifodalangan prinsiplar va umumiy holatlarning O'zbekiston jinoyat-ijroiya qonunchiligi uchun ahamiyati shundan iboratki, ular davlatlararo xarakterga ega, barqaror, muayyan mamlakatda turli siyosiy, g'oyaviy, iqtisodiy va kriminalogik omillar ta'siri ostida yuzaga keladigan ijtimoiy kon'yunktura ta'siriga uchramagan va shundan kelib chiqqan holda milliy qonunchilik va huquqni tadbiq etish faoliyatini rivojlantirish uchun aniq mo'ljal bo'lib xizmat qiladi. Ushbu prinsiplar BMTga a'zo davlatlarning ko'p yillik yuridik amaliyotiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.

O'zbekiston milliy qonunchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifalariga kiruvchi asosiy inson huquqlari va erkinliklarining himoyalanishini, qo'llab-quvvatlanishini va ularga rioya etilishini kafolatlovchi prinsiplar nafaqat mustahkamlangan, balki ularni amalga oshirish mexanizmi ham belgilab qo'yilgan. Yana shuni ham e'tiborga olish zarurki, xalqaro shartnomalar umumiy tabiatga ega bo'lgan normalar (prinsip-normalar) bilan bir qatorda ularni ratifikasiya qilgan davlatlar uchun majburiy bo'lmagan tavsiya-normalarni ham o'z ichiga oladi. Milliy qonunchilikda ham, davlat organlari faoliyatida ham normalar-prinsipdan chekinishga yo'l qo'yilmaydi. Bu holat bevosita Inson huquqlari deklarasiyasining 30-moddasi va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 5-moddasidan kelibchiqadi. “Hattoki favqulodda holatlar ham qiynoq yoki boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yohud inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala va jazo turlarini oqlash uchun asos bo'lib xizmat qila olmaydi” (Barcha shaxslarni qiynoq yoki boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yohud inson qadr-qimmatini toptovchi munosabat va jazo turlaridan himoyalash to'g'risidagi deklarasiya, 3-modda). Turli xalqaro shartnomalarda bayon etilgan bu kabi normalar-prinsipdan barcha asosiy inson huquqlari va erkinliklarini qamrabolgan.

Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalarda bayon etilgan boshqa qoidalar, milliy qonunchilik aktlarini ishlab chiqishda va huquqni tadbiq etish amaliyotida hisobga olinishi lozim bo'lsada, davlatlar uchun tavsiyaviy xarakterga egadirlar. Misol uchun “Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalari” ning ba'zi holatlarida, xususan, 2 bandida quyidagilar yozilgan: “Dunyodagi yuridik, ijtimoiy, iqtisodiy va geografik sharoitlarning har xilligini e'tiborga olgan holda ushbu qoidalarning barchasini ham hamma yerda bir paytda qo'llab bo'lmasligi oydin, ravshan”. Shu bilan bir qatorda ularni amalga oshirishga doimo intilish zarurligita'kidlanadi, chunki ular BMTning fikriga ko'ra amalga oshirilishi mumkin bo'lgan minimal shartlarni aks ettiradi. YeXHTning 1989 yil 15 yanvarda qabul qilgan Insoniylik mezonlari to'g'risidagi Vena shartnomasida qayd etilishicha, “a'zo davlatlar BMT tomonidan qabul qilingan Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalari hamda BMT tomonidan qabul qilingan Huquq-tartibotni saqlash bo'yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksiga amal qiladilar”.



Shu munosabat bilan mahkumlar va oldini olish chorasi sifatida hibsda saqlanayotgan shaxslar bilan munosabatda bo'lishda xalqaro shartnomalardagi normalar-prinsipdan va tavsiya-normalarni chegaralash masalasi ko'tariladi. Bunday chegaralash insonhuquqlari umumjahon deklarasiyasi (1948), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (1966) hamda Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyada (1984) e'lon qilingan asosiy inson huquqlari va erkinliklariga asoslangan bo'lishi kerak. Aynan, ularda inson huquqlari to'g'risidagi asosiy holatlar mustahkamlangan va ular orasidan eng muhimlari belgilab berilgan. Biroq Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalari kabi maxsus maqsadda ishlab chiqilgan xalqaro aktda ham mazkur shaxslar bilan muomalada bo'lishning nafaqat tavsiya-normalari, balki, normalar-prinsipdan ham bayon etilgan. Barcha shaxslarni qiynoqlardan himoyalash to'g'risidagi deklarasiyaning 1-moddasida Minimal standart qoidalarga murojaat etilishi bejiz emas. Bundan tashqari, BMTning “Minimal qoidalari” ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning birinchi darajali huquqlarini qamrab oluvchi hamda milliy qonunchilikda albatta mustahkamlanishi shart bo'lgan mahkumlar bilan munosabatda bo'lishning “Asosiy prinsipi” va “Yetakchi prinsiplari” ni belgilab beradi. Shu munosabat bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1988 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Har qanday shaklda ushlanishi va qamoqqa olinishi lozim bo'lgan barcha shaxslarni himoyalash prinsiplari majmuasi” ning ahamiyati beqiyosdir.

Mazkur yo'nalishda O'zbekistonda ishlab chiqilayotgan jazoni ijro etishni tartibga soluvchi qonunchilik aktlarida jinoiy jazoni ijro etishda inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar, mahbuslar bilan munosabatda bo'lish, ularni nazorat qilish, jazoni o'tagach qayta ijtimoiylashuvi va moslashuviga ko'maklashish qoidalarini belgilovchi alohida konvensiyalarda bayon etilgan umumiy prinsiplarni amalga oshirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda nihoyatda jiddiy norma ijodkorligi amalga oshirildi.

Xalqaro shartnomalar tahlili, ulardan o'rin olgan masalalarning O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va uning qo'llanishi uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan asosiy guruhlarini ajratib olish imkonini berdi:


Download 26.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling