Mavzu Interfaol taʻlim metodlari va ulardan foydalanish tartibi. Reja


Download 439.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana26.01.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1124790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu Interfaol metdolar

HTTni qo‘llash tartibi: 
- talabalar (4-5 kishi) kichik guruhlarda ishlaydi
- jamoa uchun yagona o‘quv materiali taqdim etiladi; 
- har bir guruh alohida savolga javob topadi; 
- Ekspert guruhi shakllantiriladi; 


- bu guruh har guruh ishi bilan batafsil tanishadi; 

ekspert guruhi har bir talabaning faoliyatini individual baholash 
imkoniyatiga ega; 

talabalar to‘plagan ballar umumlashtirilib, kichik guruhning faoliyati 
baholanadi; 
- eng yuqori ball to‘plagan jamoa g‘olib sanaladi. 
Innovatsion xarakterdagi nazorat vositalari. Zamonaviy sharoitda nafaqat 
taʻlim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga talabalarning o‘quv faoliyatlarini 
nazorat qilishda ham innovatsion xarakterga ega vositalardan foydalanilmoqda. 
Ayni o‘rinda ana shunday vositalardan ikkitasi – o‘quv portfoliosi va Assesment
texnologiyasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi. 
So‘nggi yillarda zamonaviy taʻlimda pedagogning kasbiy, talabaning esa o‘quv 
faoliyatini mazmunan takomillashtirish, shuningdek, har ikki faoliyat turining 
sifatini maʻlum ko‘rsatkichlar asosida yetarlicha, xolis baholashga nisbatan ehtiyoj 
kuchaymoqda. Portfolio pedagog hamda talabaning faoliyatiga bilvosita baho 
berish, qay darajada sifatli va samarali ekanligini tahlil qilish imkoniyatini 
taʻminlashga xizmat qiladi. Qolaversa, portfoliolar pedagog va talabalarga ularning 
shaxsi, faoliyati bilan turli ekspertiza (tekshiruv)lar jarayonida komissiya aʻzolarini 
bilvosita tanishish imkoniyatini beradi. 
«Portfolio»inglizcha so‘z bo‘lib, «portfel» yoki «portfellar to‘plami» 
maʻnosini anglatib, avtobiografik xarakterga ega hujjatlar to‘plami sanaladi. Bu kabi 
to‘plam ham pedagog yoki talabaning shaxsi, faoliyatining turlari, erishilgan 
yutuqlari to‘g‘risidagi batafsil maʻlumotlarni berishga xizmat qiladigan individual 
papka sanaladi. Umuman olganda, portfolio har bir pedagog yoki talabaning 
maksimal darajada erishgan yutuqlari, ularning ijodiy imkoniyatlari, qiziqish hamda 
qobiliyatlarini yoritadi. Boshqacha aytganda, portfolio pedagog yoki talaba uchun 
o‘ziga xos reklama. 

Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling