Hamkorlik taʻlimiyo‘nalishlari:
- taʻlimiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;
- talabalarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish;
-
taʻlim jarayonida kasbiy va maʻnaviy birlikning qaror topishiga erishish.
7.2 . Hamkorlik taʻlimi texnologiyalari
Hamkorlik taʻlimi texnologiyalari – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada,
kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro
rivojlanishlari, shuningdek, «pedagog-talaba(lar)» munosabatining hamkorlikda
tashkil etilishini taʻminlovchi taʻlimiy xarakterdagi texnologiyalar.
HTTning g‘oyalari o‘tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy,
V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa novator-pedagoglarning qarashlari
asosida shakllangan. HTT talabalarda intellektual, maʻnaviy- axloqiy va jismoniy
qobiliyat,qiziqish, motivlarni rivojlantirish
asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. HTT
Cooperative learningdan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali
talabalarning jamoada faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini taʻminlaydi.
HTTning tarkibiy elementlari:
15.
Tayanch konspekt (fizik, matematik va kimyoviy formulalar, tezislar,
izohlovchi suratlar, qisqacha xulosalar, ramziy belgilar, sxemalar, grafiklar,
jadvallar, diagrammalar)dan foydalanish.
16.
Bilimlarni test asosida sinovdan o‘tkazish.
17.
Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash.
HTT tamoyillari:
- juftlik va kichik guruh aʻzolarining o‘zaro birligi;
-
juftlik va kichik guruhda har bir aʻzoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati
uchun javobgarligi;
-
kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil
etish;
- guruh va jamoa ishining umumiy baholanishi.
HTTning belgilari:
- talaba shaxsi, individualligiga eʻtibor qaratish;
-
tayyor bilimlarni o‘zlashtirish va ularni qayta ishlab chiqishni inkor qilish;
- talabalarda mustaqil va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish;
-
pedagogga va tengdoshlarga nisbatan ijobiy munosabatning yuzaga
kelishini taʻminlash;
- talabalarda madaniy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |