Mavzu Interfaol taʻlim metodlari va ulardan foydalanish tartibi. Reja


Interfaol taʻlim metodlari va ularni qo‘llash tartibi


Download 439.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana26.01.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1124790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu Interfaol metdolar

Interfaol taʻlim metodlari va ularni qo‘llash tartibi. Ayni o‘rinda bir guruh 
interfaol taʻlim metodlari va ularni taʻlim amaliyotida qo‘llash tartibi to‘g‘risida so‘z 
yuritiladi. 
“Aqliy hujum” strategiyasi 
Strategiya talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o‘z 
tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil 
qilishga rag‘batlantiradi. U yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ixtiyoriy 
muammolar yuzasidan bir necha orginal (o‘ziga xos) yechimlarni topish imkoniyati 
tug‘iladi. Strategiya mavzu doirasida maʻlum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil 
g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. 
Uni samarali qo‘llashda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 


O‘quvchi (talaba)larning o‘zlarini erkin his 
etishlariga sharoit yaratib berish, g‘oyalarni 
yozish borish uchun 
yozuv taxtasi yoki qog‘ozlarni tayyorlab qo‘yish 
Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash 
Mashg‘ulot jarayonida amal qilinadigan shartlarni belgilash 
Bildirilayotgan g‘oyalarni ularning mualliflari 
tomonidan asoslanishiga erishish va ularni 
yozib olish, qog‘ozlar g‘oya 
(yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng yozuv taxtasiga osib qo‘yish 
Bildirilgan fikr, yangi 
g‘oyalarning turlicha va ko‘p 
miqdorda bo‘lishiga eʻtibor 
qaratish 
Talabaning boshqalar bildirgan fikrlarni yodda 
saqlashi, ularga tayanib yangi 
fikrlarni bildirishi va ular asosida 
muayyan xulosalarga kelishiga 
erishish (bildirilayotgan har qanday g‘oya baholanmaydi) 
Talabalar tomonidan mustaqil fikr yuritilishi, shaxsiy 
fikrlarning ilgari surilishi uchun qulay muhit yaratish 
Ilgari surilgan g‘oyalarni 
yanada boyitish 
asosida talabalarni 
quvvatlash 
Mashg‘ulotda strategiyani qo‘llashda quyidagilarga eʻtibor 
qaratish lozim: 
Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g‘oya)lar ustidan kulish, 
kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik 
Yangi g‘oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning 
yagona to‘g‘ri yechimini eʻlon qilishga shoshilmaslik 



Baliq skeleti” grafik organayzeri (GO) 
GO talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish 
qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu 
mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, maʻlumotlarni muayyan tizimga keltirish, 
ularni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. 
Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: 
1) 
o‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni GOni qo‘llash sharti bilan tanishtiradi; 
2) 
o‘quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi; 
3) 
guruhlar topshiriqlarni bajaradi
4) 
guruhlar o‘z yechimlarini jamoaga taqdim etadi; 
5) 
jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi 
Talabalar topshiriqlarni quyidagi tasvir asosida bajaradi: 
1-yechim(omil) 2-yechim(omil) 
3-yechim(omil) 4-yechim(omil) 

Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling