Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Investitsiya dasturni amalga oshirish monitoringi


Download 1.8 Mb.
bet17/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Investitsiya dasturni amalga oshirish monitoringi

Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag’ berish bitimiga tegishli barcha hujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me’yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib borishni o’z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini baholash bo’lib, uning balansini, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini hamda mijozning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o’zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o’zlariga xos bo’lgan monitoring o’tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosda faoliyat yuritadilar.
Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Dasturning davlat monitoringi:
- investitsiya loyihalarini, va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda ro’yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
- loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish;
- amalga oshirilayotgan loyihalar bo’yicha axborot bazasini shakllantirish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo’ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish;
- investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Dasturning monitoringi har oyda statistika hisoboti va so’rov yo’li bilan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Dasturning monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to’g’risidagi har choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga Dasturni shakllantirishda foydalaniladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling