Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet56/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Titul varaqa namunasi


  1. «Ozoda-servis» kichik korxonasi Manzil: Toshkent sh.

Tel.: 485-85-85
Ta'sischilar: Gulchehra Jalilova, Sanobar Salimova
Taklif etilayotgan loyiha mohiyati: «Ozoda-servis» kichik korxonasi tashkilot va muassasalar binolarida tozalik ishlarini olib boradi. Taklif etilayotgan xizmatlarga pol yuvish, gilam va pardalarni tozalash, kir yuvish, oyna yuvish va boshqa xo’jalik ishlari kiradi. Xizmatlar shartnomaga asosan bir yil muddatda amalga oshiriladi. Shartnomada ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxati va davriyligi aniq ko’rsatilishi lozim. Korxona asosan kichik korxonalar va ofislardagi tozalik ishlarini bajarishga mo’ljallangan.
Loyiha qiymati: 6 yil muddatga 15 mln. so’mlik ssuda talab qilinadi. Ushbu mablag` xona ijarasi, ish qurollarini sotib olish, reklama, mikroavtobus ijarasi va boshqa joriy xarajatlarni qoplashga sarflanadi.
Maxsus hujjat maxfiy va korxona ta'sischilarining mulki hisoblanadi. Hujjat faqatgina ta'sischilar va ularning roziligi bilan olgan shaxslar uchun mo’ljallangan. Korxonaning yozma roziligini olmasdan turib hujjatdan nusxa ko’chirish va uni e'lon qilish man etiladi.

  1. Kirish qismi: taklif etilayotgan loyihaning asosiy qismlari (3-4 bet).

Bu yerda tashkil etilayotgan korxona nima bilan shug`ullanishi, qancha mablag` va nima uchun so’ralayotgani, mahsulot va xizmatga kutilayotgan talab darajasi, va tadbirkor nuqtai nazaridan nimaga aynan uning loyihasi muvoffaqiyatli bo’lishi to’g`risida aniq va ishonarli tarzda bayon qilish lozim.
  1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat tahlili


    1. joriy vaziyat va uni rivojlanish tendensiyalari

So’nggi yangiliklar to’g`risida ma'lumot berish tavsiya qilinadi.

    1. Potensial raqobatdoshlar

(ularning kuchli va ojiz tomonlarini, hamda mazkur loyihaga ta'sir etish darajasini aytib o’tish)

  1. Potensial iste'molchilar

Mazkur bo’limning namunaviy savollari:

    1. Tarmoq bo’yicha so’nggi 5 yildagi savdo dinamikasi qanday?

    2. Tarmoq bo’yicha qanday o’sish sur'atlari kutilmoqda?

    3. Oxirgi 3 yil davomida tarmoqda paydo bo’lgan yangi korxonalar soni?

    4. So’nggi vaqtda tarmoqda paydo bo’lgan yangi mahsulot turlari?

    5. Potensial raqobatdoshlar: ular kimlar?

    6. Nima hisobiga oldinga chiqish mumkin?

    7. Raqobatdoshlarning ahvoli qanday: ular savdosining dinamikasi

qanday?

    1. Raqobatdoshlarning kuchli va ojiz tomonlari nimada?

    2. Potensial iste'molchilar: ular kimlar?

    3. Sizning mahsulotingiz iste'molchilari doirasi, raqobatdosh korxona iste'molchilari doirasidan farq qiladimi?

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling