Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet58/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

6. Tashkiliy reja


  1. Mulkchilik shakli.

  2. Hamkorlar yoki asosiy paychilar to’g`risida ma'lumot.

V) Hamkor (paychi)larning mas'uliyat darajasi.
G) Korxona boshqaruvi a'zolari to’g`risida ma'lumot.
D) Tashkiliy tuzilma, ishlarning taqsimlanishi. Mazkur bo’limning namunaviy savollari:

  1. Tashkil etilayotgan korxonaning mulkchilik shakli va unga asosan asosiy ta'sischilar va ularning ulushlari to’g`risida axborot bering.

  2. Boshqaruv a'zolarini sanab o’ting (ismi-sharifi, manzili, qisqa biografiyasi)

  3. Moliyaviy hujjatlarga kim imzo chekish huquqiga ega?

  4. Boshqaruv a'zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlangan?

  5. Boshqaruv a'zolarining oylik ish xaqi qanday? Mukofotlar va qo’shimchalar to’lash nazarda tutilganmi?
  1. Tavakkalchilikni baholash


  1. Korxonaning ojiz tomonlari nimalardan iborat.

  2. Yangi texnologiyalarni paydo bo’lish ehtimoli.

V) Muqobil (alternativ) strategiyalar.
Raqobatdoshlar, marketing va ishlab chiqarish siyosatidagi noto’g`ri hisob-kitoblar, boshqaruv kadrlarini tanlashdagi xatolar bularning barchasi havf tug`dirishi mumkin. Shuningdek, texnologik taraqqiyot har qanday yangilikni bir zumda tarixga aylantirishi mumkin. Bunday xavflar bo’lmagan taqdirda ham, «ular to’g`risida o’ylamaslik mumkin» degan fikrni asoslab berish lozim.
Ushbu omillarning bittasi xavf tug`dirgan holatdagi korxona strategiyasini oldindan ishlab chiqish foydali. Muqobil dastur va strategiyalarning mavjudligi, investorga, tadbirkor mumkin bo’lgan qiyinchiliklar to’g`risida habardorligi va ularga oldindan tayyorligi to’g`risida dalolat beradi.
  1. Moliyaviy reja


  1. Kamida uch yillik daromad va xarajatlar rejasi (birinchi yil oylar bo’yicha taqsimlangan holda). Ushbu rejaga kutilayotgan savdo hajmi, sotilgan tovarlar tannarxi va turli xil xarajatlar kiritiladi. Daromad solig`i stavkalarini bilgan holda, korxonaning soliqlardan keyingi sof foydasini hisoblash mumkin.

  2. Uch yillik pul tushumlari va to’lovlar rejasi (birinchi yil oylar bo’yicha taqsimlangan holda).

V) Balans rejasi. Bu yerda korxona aktiv va passivlarini, tadbirkor tomonidan rivojlanish uchun kiritilgan mablag`larni va taqsimlanmagan daromadni aks ettirish lozim.
G) O’zini-o’zi qoplash nuqtasi (xarajat va daromadlar bir-biriga teng holat).
D) Mablag` manbalari va ularning sarflanishi.
Potensial investor nuqtai nazaridan moliyaviy reja ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u yangi korxonaning investitsiyaviy ehtiyojlarini asoslaydi va iqtisodiy nuqtai nazardan loyihani amalga oshirish qanchalik foydaliligi to’g`risida fikr yuritish imkonini beradi.

  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling