Mavzu: Iqtisodiy tahlilda dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalaring qo’llanilishi. Reja: Kirish Asosiy qism
Download 57.59 Kb.
|
Jalilov Otabek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
Mavzu: Iqtisodiy tahlilda dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalaring qo’llanilishi. Reja: Kirish Asosiy qism: Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilning ro’li va o’rni; Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni tashkil etish tamoyillari va mazmuni; Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida analitik masalalar tasnifi; "INEK-Analyst" dasturi va imkonyatlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Milliy iqtisоdiyotni bоshqаrishdаgi o’zgаrishlаr, bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish buхgаltеriya hisоbini tаshkil qilish vа оlib bоrishgа kаttа tа’sir ko’rsаtmоqdа. Hisоbning хаlqаrо tizimlаrigа o’tishi аmаlgа оshirmоqdа, bu uning uslubiyotining yangi shаkllаrini ishlаb chiqishni tаlаb qilаdi. Buхgаltеriya hisоbi vа iqtisodiy tаhlilning ахbоrоt tizimi vа uni kоmpyutеrdа ishlаb chiqishni tаshkil qilishning аn’аnаviy shаkllаri kаttа o’zgаrishlаrgа uchrаgаn. Iqtisodchi-tahlilchidan kоrхоnа iqtisodiy va mоliyaviy hоlаtining obyektiv bаhоlаrini bilish, iqtisodiy tаhlil usullаrini egаllаsh vа bоshqаlаr tаlаb qilinаdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish iqtisodiy tahlil ishlarini amalga oshirishning zamonaviy shaklidir. Mazkur tizim tegishli obyektning maqbul boshqarish uchun zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalardan foydalaniladigan, boshqaruv jarayonlari modellarini tuzadigan, ularni o’lchash va baholash usullarini ishlab chiqadigan, mutaxassislar yordamida faoliyat ko’rsatadigan inson-mashina tavsifidagi yaxlit mexanizmdir.Informatsion texnologiyalarga asoslangan tizimda boshqaruv mutaxassislari, zamonaviy texnik vositalar va usullar, uning faoliyat ko’rsatishida, o’z oldiga qo’ygan vazifalarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.Inson informatsion texnologiyalarga asoslangan tizimda ishini tashkil etadi, maqsad qo’yadi, vazifalarni belgilaydi, faoliyat dasturlarini tuzadi, natijalirni baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda boshqaruv funksiyasini ijro etish metodikasini takomillashtiradi. Zamonaviy texnik vositalar (turli kompyuterlar, dasturlar, aloqa vositalari va boshqa vositalar), boshqaruv usullari bilan birgalikda kuchli va zaruriy qurol hisoblanib, boshqaruv faoliyatini tezlashtirish, kengaytirish, chuqurlashtirishga imkon berib, uni sifat jihatdan yuqori bosqichga ko’taradi. Download 57.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling