Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Mavzu : Sanoat korxonasida mahsulotning tannarxi ko’rsatkichlarining tahlili
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlarni tahlil qilish. Xarajatlarga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblash va tahlil qilish.
- Mahsulot tannarxi deb
Mavzu : Sanoat korxonasida mahsulotning tannarxi ko’rsatkichlarining tahlili.
Reja : Mahsulo tannarxini tahlil qilishningmaqsadi, vazifalari va manbalari Mahsulo tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va tahlili. Bir so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlarni tahlil qilish. Xarajatlarga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblash va tahlil qilish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga baho berishda ko’p sonli sifat ko’rsatkichlari qo’llaniladi, shular jumlasiga mahsulot tannarxi kiradi. Mahsulot tannarxi deb – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun qilingan xarajatlarni puldagi ifodasiga aytiladi. Mahsulot tannarxi korxona faoliyatiga baho berishdagi sifat ko’rsatkichlaridan biridir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri hisobga olish va tahlil qilish iqtisodiy tahlil fanining muhim vazifalaridan biridir. Mahsulot tannarxini tahlil qilishdan asosiy maqsad xarajatlar tarkibidagi o’rinsiz sarflarni topib, ulrni bartaraf etish va xarajatlarni kamaytirish imkonyatlarini aniqlashdan iboratdir. Tannarxni tahlil qilishda quyidagi vazifalarni bajarish kerak. Mahsulot tannarxi reja bajarilishi va dinamikasini tahlil qilish. Mahsulot tannarxi darajasining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash. Bir so’mlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajatlarni aniqlash. Tannarx tarkibidagi har bir modda bo’yicha xarajatlarni tahlil qilish. Tannarxni kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash. Mahsulot tannarxini tahlil qilishda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar to’g’risidagi statistik hisobot. ( 5-s- shakl ) Tovar mahsulotining tannarxi to’g’risidagi hisobot. Muhim mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha tuzilgan haqiqiy va rejali kalkulatsiya ma’lumotlari. Sanoat mahsulotlarining sotish to’g’risidagi hisobot. ( 25-shakl ) Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubi va texnalogiyasi bilan belgilangan mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar kiritiladi. Bularga: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar hamda boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi. Tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda hisoblanadigan hom-ashyo va materialllar. Mahsulotni o’rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari. Texnalogik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olinadigan yoqilg’ining hamma turlari. Korxonaning texnalogik, transport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo’jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya. Tabiiy kamayishning me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo’qotishlar. Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi : Korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash va tuzilmalariga muvofiq ishbay haqlari, ta’rif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqqi. Natura shaklida haq to’lash tarkibi bo’yichaberiladigan mahsulot qiymati. Amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan : ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar, ta’rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq yillik xizmatlar uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan : tungi ish vaqti, ish vaqtidan so’nggi ish va boshqalar. Amaldagi nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagi guruhlarga ajratialdi. 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi : Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar. Bevosita va bilvosita mehnat xarajatlar. v) Asosiy vositalarning amartizatsiyasi. g) Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar. 2. Davr xarajatlari. a) Sotish bo’yicha xarajatlar. b) Boshqarish xarajatlari. v) Boshqa muomila xarajatlari va zararlar. 3.Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar. a) Foizlar bo’yicha sarflar. b) Chet el valyutasi kursi o’zgarishidan ko’rilgan zarar. v) Qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zarar. g) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarf xarajatlar. 4. Favqulotda zararlar. Bundan tashqari xarajatlar 2 ga bo’linadi. Ishlab chiqarish xarajatlari. Noishlab chiqarish xarajatlari Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi. Noishlab chiqarish xarajatlariga mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. 3. Mahsulot tannarxini umumlashtiruvchi ko’rstkichlarga quyidagilar kiradi. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat. Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi Mahsulot birligini tannarxi. Bu ko’rsatkichlardan eng muhimi bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdir. Bu ko’rsatkich tiyin hisobida quyidagicha aniqlanadi. Bir so’mlik tovar mahsuloti = Ishlab chiqarish tannarxi uchun qilingan Tovar mahsuloti ulgurji bahosi xarajat ( tiyin ) Bu ko’rsatkich orqali qilingan xarajatlarni samaradorligini aniqlash mumkin. Tahlil qilishda bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar dinamikasi, rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi. Tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling