Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mohiyati va ahamiyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tahlilni boshqa fanlar o’rtasida tutgan o’rni, fanning predmeti, ob’ekti, sub’ekti va vazifalari. 1.
Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mohiyati va ahamiyati.
Reja: Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning kelib chiqish tarixi, fanning mohiyati va ahamyati. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar. Iqtisodiy tahlilni boshqa fanlar o’rtasida tutgan o’rni, fanning predmeti, ob’ekti, sub’ekti va vazifalari. 1. Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug’ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakillanishi biror kishi yoki vazirlikning ijod mahsuli bo’lb qolmasdan, balki ob’ektiv jarayonga tayanadi. Xo’jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko’p asrlik tarixga ega bo’lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa ob’ektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri, to’liq hisobga olishni talab qiladi.Ammo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o’rtasida erkin raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o’rganishni va uni to’g’ri tushintirish zaruryatini tug’diradi. Bu esa o’z navbatida tahlil elementlarining vujudga keltirishni taqozo qiladi, chunki “ tijorat sirini “ takomillashtirish borasidagi juda ko’p savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi. Tahlilning elementlari 1880-yilda chiqa boshlagan “ Schetovodstbo “ jurnalida paydo bo’la boshlagan. Shunday qilib tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo’lgan fan “ Balansshunoslik “ fani paydo bo’lgan. Tahlil fanining vujudga kelishiga va uning shakillanishida olimlardan V.S. Nelchinov, A.V Prokofev, R.Y Beysman, I.S Arnushkin, P.N Xudyakov kabilarning juda katta xizmatlarini takidlash lozim. Bu mualliflar asarlari asosan o’tgan asrdagi korxonalarning murakkab faoliyatini tahlil qilishga bog’ishlangan. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish fani mustaqil fan sifatida shakillangunga qadar o’ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo’ladi. Balansshunoslik Balans talqini Balansni tahlil qilish Xisobot tahlili Iqtisodiy tahlil Sotsial iqtisodiy tahlil Xo’jalik faoliyati tahlili ( Iqtisodiy tahlil ) O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarni jadallashtirishda bu fanning ro’li juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo’lmoqda Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoyitida tahlil ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejani bajarishni tahlil qilishda jahon andozalari talablariga javob beradigan ko’rsatkichlarni o’rganishga qaratilmoqda. Tahlil so’zi yunoncha “ analisis “ so’zidan olingan bo’lib bir butunni bo’laklarga bo’lish yoki taqsimlash degan ma’noni bildiradi. Iqtisodiy tahlil o’z vaqtida uyushtirish va uning natijalaridan hayotda samarali foydalanish iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi. Tahlil korxonalar faoliyatining barcha tomonlarida sodir bo’lgan va bo’layotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarning o’zgarishi, o’zgarish sabablarini o’rganadi. Natijada mavjud bo’lgan imkonyatlarni aniqlash, ularni xo’jalik faoliyatiga jalb etish bo’yicha yo`l-yo’riqlar ko`rsatadi. Bu esa tahlilning asosiy maqsadidir. Korxonaning boshqaruv va moliya faoliyatlarini maqsadli o’rganish, tezkor, joriy va istiqbolli tahlilni amalga oshirish asosida, ularning holatiga, har taraflama baho berish iqtisodiy tahlilning asosiy mazmunini tashkil qiladi. 2. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan raqobat xar bir korxonani o’z tijorat sirlarini saqlashga majbur qiladi. Bunday sharoitda xo’jalik faolyatini tahlil qilishning umumiy usuli bo’lishi lozim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling