Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- Mavzu: Korxonalarni moliyaviy ahvolini to’g’ri ifoda qilinganligini tekshirish. Reja ;
- Moliyaviy natijalar deganda
- Mavzu: Korxonalar yillik hisobotlarning to’g’ri
Tayanch iboralar.
Mahsulot tannarxi Tannarxni pasaytirish Nazorat qilish Asosiy fondlar Aylanma fondlar Ishlab chiqarish xarajatlari Bevosita Bilvosita Guruhlash Normativ usul Buyurtmali normativ usul Kalkulyatsiya ob’ekti Nazorat savollari. Mahsulot tannarxi deb nimaga aytiladi ? Mahsulot tannarxini pasaytirish uchun nimalar qilish kerak ? Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning vazifalari qaysilar ? Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish qaysi bosqichlarda hisobga olinadi ? Bu bosqichlarda qaysi ishlar amalga oshiriladi ? Kalkulyatsiya qilish usuli deb nimaga aytiladi ? Mahsulot tannarxini hisobga olish qaysi usullar orqali amalga oshiriladi ? Buyurtmali usul qanday xussusiyatga ega ? Mavzu: Korxonalarni moliyaviy ahvolini to’g’ri ifoda qilinganligini tekshirish. Reja ; Buxgalterya balansi ko’rsatkichlarining o’zaro mosligi va to’g’ri tuzilganligini tekshirish. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining o’zaro mosligi va to’g’riligini tekshirish. 1. Moliyaviy ahvolni o’rganishda quyidagi hisobotlar asosiy manba bo’lib hisoblanadi: Buxgalterya balansi – 1-shakl Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot – 2-shakl Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot – 3-shakl Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot – 4-shakl Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot – 5-shakl Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma – 2-a-shakl Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’lum sanaga mavjud bo’lgan mol-mulkni va ularning tashkil bo’lgan manbalarini pul shaklida aks ettiruvchi maxsus jadval buxgalteriya balansi deb ataladi. Hisobotlar va shu jumladan buxgalterya balansi amaldagi tartib qoidalar va me’yoriy xujjatlarga muvofiq bosh daftar, tegishli hisob-kitob registorlari hamda yillik inventarizatsya ma’lumotlari asosida tuziladi. Balans tuzishga qadar yil oxirida anlitik schotlarning aylanmalari va qoldiqlari bilan solishtirilib, o’zaro mos kelishi aniqlanadi. Analitik schotlar bilan bosh daftar schotlari ko’rsatkichlari o’zaro mos kelgandan keyin buxgalterya balansini tuzishga kirishiladi. Balans ikki qismdan iborat bo’lib, uning aktiv qismida xo’jalik mol-mulkining joylashish, passiv qismida mol-mulkning tashkil qilish manbalari ko’rsatiladi. Buxgalteriya balansining har bir qismi 2 bo’limga bo’linadi. Uzoq muddatli aktivlar. Joriy ( aylanma ) aktivlar. Buxgalteriya balansining passiv qismi : O’z mablag’larining manbalari. Majburiyatlar. Buxgalteriya balansini tuzishda va uni to’g’ri tuzilganligini tekshirishda quyidagi bog’lanish qoidalariga amal qilinadi: balans aktiv qismining I bo’limi ( 110 satr ) ning summasi 012, 022, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090, 100 satrlardagi summalar yig’indisiga teng bo’lishi kerak ; balans aktivining II bo’limi ( 310 satr ) ning summasi 120, 130, 140, 150, 160, 170, 180, 190, 200, 210, 220, 230, 240, 250, 260, 270, 280, 290 satrlardagi summalar yig’indisiga teng bo’lishi kerak. Balans aktiv qismining jami I va II bo’limlarning yig’indisiga ya’ni 110 va 310 satrlardagi summaning yig’indisiga teng bo’lishi kerak. Balans passivining I bo’limi ( 400 satr ) ning summasi 320, 330, 340, 350, 360, 370, 380 satrlardagi summalar yig’indisiga teng bo’lishi kerak. Balans passivining jami ( 560 satr ) I va II bo’limlaridagi summalar yig’indisiga ( 400 va 550 satrlar yig’indisi ) ga teng bo’lishi kerak. Balans aktivi ( 320 satr ) va passivi ( 560 satr ) summalari yil boshi va yil oxiriga teng bo’lishi kerak. Balans moddalari orasidagi ichki bog’liqliklardan tashqari tashqi bog’liqliklar ham mavjud. Bu bog’liklik balansni ayrim ko’rsatkichlarning boshqa moliyaviy hisobot ko’rsatkichlariga mos kelishi namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda balansning ayrim satrlaridagi aks ettirilgan ko’rsatkichlar moliyaviy hisobotning boshqa shakillarida qayd qilingan ma’lumotlarga teng kelishi kerak. Yuqorida aytib o’tilganidek hisobotlardagi ma’lumotlar to’g’riligi tekshiriladi. To’g’riligi aniqlanganidan keyin xo’jalikning moliyaviy ahvoli tahlil qilishga kirishiladi. 2. Moliyaviy natijalar deganda – xo’jalik faolyatidan olingan foyda yoki ko’rilgan zararni ifodalovchi ko’rsatkichlarni tushunmoq kerak. Mahsulot ( ish, xizmat ) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalari shakillantirish tartibi to’g’risidagi nizomga asosan moliyaviy natijalar besh turga bo’lib hisoblanadi va tahlil qilinadi. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda. Umumxo’jalik faoliyatining foydasi. Soliqlarni to’lashdan olingan foyda. Sof foyda. Xo’jalik faolyatida sodir bo’lgan foyda ( zarar ) moliyaviy natijalar tariqasida “ moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot “ da aks ettiriladi. Ushbu hisobot ( 2- shakl ) mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yuritivchi sub’ektlar tomonidan tuziladi. 2 –shakl 9000, 9100, 9300, 9410, 9420, 9430, 9630, 9710, 9720, 9810, 9910 schotlar ma’lumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy natijalarni tahlil qilishda 2-shakl asosiy axborot manbai bo’lib hisoblanadi. Tahlil qilishdan oldin ushbu korsatkichlarning to’g’ri tuzilganligini qayta tekshirish orqali nazoratdan o’tkaziladi. Shuning uchun ushbu hisobot ko’rsatkichlari-ning o’zaro bog’liqligi hamda undagi ma’lumotlarning to’g’riligi va va boshqa hisobotlarga mos kelishini tekshirib ko’rish zarur. Ular quydagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda. Ushbu hisobot ko’rsatkichlarining o’zaro bog’liqligi tekshiriladi. Hisobotning 050 satrida aks ettirilgan “ Sotishdan olingan sof tushum “ summasini to’g’riligini tekshirish kerak. Buning uchun 010 satr summasidan 020, 030, 040, satrlar summalarini ayirib tashlash kerak. Bu bog’liklikni quyidagicha ifodalash mumkin. 050 satr 3 ustun 010 satr 3 ustunning 020, 030, 040 satr 4 ustun 050 satr 5 ustun 010 satr 5 ustunning 020, 030, 040 satr 6 ustun. Hisobotni 070 satiridagi sotishdan olingan foyda ( zarar ) summasi 050 satr summasidan 060 satr summasini ayirish orqali mos kelishligi tekshiriladi, ya’ni 050 satrdagi summa bilan 060 summa orasidagi farqqa teng bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi farqqa ya’ni foyda summasi teng bo’lish tekshiriladi. Hisobotning 110 satrdagi “ Asosiy ishlab chiqarish foydasi ( zarar ) “ 070 satr summasi bilan 080, 090, 100 satrlar summalari orasidagi farqqa teng bo’ladi. Buni quydagicha ifodalash mumkin: 110 satr 3 ustunning 070 satr 3 ustun 080, 090, 100, 105 satr 4 ustundan 100 satr 3 ustun. 110 satr 5 ustunning 070 satr 5 ustun 080, 090, 100, 105 satr 6 ustunda 100 satr 5 ustun. Hisobotning 150 satrdagi “ umumxo’jalik faoliyatining foydasi ( zarari ) “ asosiy ishlab chiqarish faoliyatining foydasi moliyaviy faoliyat foydasini qo’shib va moliyaviy faolyat foydasini qo’shib va moliyaviy faoliyat xarajatlari ayirib tashlaganidan keyin qolgan farqiga teng bo’ladi. 150 satr 3 ustunning 110 satr 3 ustunda 120, 125, 130, 135, 140, 145 satr 3 ustun 130, 135, 140, 145 satr 4 ustun : 150 satr 5 ustunning 110 satr 5 ustunda 120, 125, 130, 135, 140, 145, satr 5 ustun 130, 135, 140, 145 satr 6 ustun. Soliqlarni to’lashdan oldingi foyda teng bo’lishi kerak : 170 satr 3 ustunning 150 satr 3 ustunda 160 satr 3,4 ustun. 170 satr 5 ustunning 150 satr 5 ustunda 160 satr 5,6 ustun. Sof foyda teng bo’ladi. 200 satr 3 ustunning 170 satr 3 ustun 180, 190, 195, satr 4 ustun. 200 satr 5 ustunning 170 satr 5 ustun 180, 190, 195 satr 6 ustun. Hisobot ichidagi o’zaro bog’lanish bilan bir qatorda ushbu hisobotning ayrim ma’lumotlari boshqa moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari bilan bog’liqlikka ega. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tekshirib bo’lingandan keyin moliyaviy natijalarni tahlil qilishga kirishiladi. Tayanch iboralar. Buxgalterya balansi Debetorlik qarzlari Kreditorlik qarzlari Invistitsya Balans aktivi Balans passivi Uzoq muddatli aktivlar Joriy aktivlar O’z mablag’larining manbalari Majburiyatlar Ma’lumotlar to’g’riligi Foyda turlari Mahsulot sotishdan yalpi foyda Sof foyda Nazorat savollari. Moliyaviy ahvolni tahlil qilishda qaysi hujjatlardan foydalaniladi ? Buxgalteriya balansi deb nimaga aytiladi ? Balans necha qisimdan iborat ? Balans necha bo’limdan iborat ? Ular qanday nomlar bilan nomlanadi ? Balansni tuzishda qaysi qoyidalardan foydalaniladi ? Hisobotlarni to’g’riligi qanday tekshiriladi ? O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nizomi qachon qabul qilingan ? Unga asosan foydani turlarini sanab bering ? Hisobot tekshirib bo’lingandan keyin qanday ish amalga oshiriladi. Mavzu: Korxonalar yillik hisobotlarning to’g’ri Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling