Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


Iqtisodiy tahlilning usuli deb


Download 0.5 Mb.
bet3/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

Iqtisodiy tahlilning usuli deb – xo’jalik jarayonlarining sodir bo’lish va ularning rivojlanishini o’rganishga aytiladi. Iqtisodiy tahlilning usullarini xarakterli xussusiyatlariga quyidagilar kiradi:

  1. Xo’jalik faolyatini har tomonlama ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish.

  2. Shu ko’rsatkichlarning o’zgarish sabablarini aniqlash.

  3. Ijtimoiy, iqtisodiy ma’lumotlarni ishlab chiqishda ularni samaradorligini oshirish maqsadida ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni o’rganish.

Xo’jalik faolyatini tahlil qilishda juda ko’p usullar qo’llaniladi. Bu usullarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin.

  1. An’anaviy usular.

  2. Matematik usullar.

An’anaviy usullar eng qadimgi usullar bo’lib, ular tahlil vujudga kelgan kundan boshlab qo’llanilib kelinayotgan usullardir. Bularga quydagilar kiradi:

  1. Solishtirish usuli

  2. Muvozanat usuli ( balans usuli )

  3. Farqli usul .

  4. Qayta hisoblash usuli.

  5. Zanjirli almashtirish usuli.

  6. Indeks usuli.

  7. Integral usul.

  8. Nisbiy ko’rsatkichli usul

Bulardan tashqari bir qancha statistik usullar ham qo’llaniladi. Matematik usullar tahlil fanining takomillashuvi bilan unga E.H.M larni qo’llash va matematik usullardan foydalanish jarayonida kirib kelgan. Buning quyidagi turlari mavjud:

  1. Mul’tiplikativ model.

  2. Additiv model.

  3. Kasrli model.

  1. Solishtirish usuli – xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda qo’llaniladigan usullarning eng ko’p uchraydigani ushbu usuldir. Shu usul orqali tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlarning farqi aniqlanadi. Solishtirishda asos qilib miqdorlar olinadi.

  2. Muvozanat usuli – bu usul buxgalterya usuli, statistika, rejalshtirish kabi iqtisodiy ishlarda keng qo’llaniladi. Bu usul olimlar bilan natija o’rtasida funksional bog’lanish bo’lganda omillar ta’sirini xisoblashda, xo’jalik faoliyatidagi muvozanatni saqlashda qo’llaniladi.

  3. Qayta hisoblash usuli – bu usul natijaga bitta yoki ikkita omil ta’sir qilgan paytlarda qo’llanilishi qulay. Uning mohiyati rejadagi natijani birinchi omilning haqiqiy miqdori bilan qayta hisoblab olinishidan iborat.

  4. Zanjirli almashtirish usuli – natija o’zgarishiga uchta va undan ko’p omillar ta’sir qilsa, ular o’rtasidagi bog’liqlik funksional bo’lsa, ushbu usuldan foydalaniladi.

  5. Nisbiy miqdorlardan foydalanish usuli - bu usul ham omilli tahlilda keng qo’llaniladi, chunki amalda mutloq raqamlar bilan birgalikda nisbiy miqdorlarning qo’llanilishi ham tez-tez uchrab turadi. Bu usulning mohiyati natijaga omillar ta’sirini aniqlashda ularning nisbiy o’zgarishi natijaning nisbiy o’zgarishidagi ulushida ifodalanishidir.

  6. Indeks usuli- bu usul statistika nazaryasi fanida batafsil yoritilgan.

  7. Farqlash usuli – bu usul natijaga omillar ta’sirini hisoblashda keng qo’llaniladi. Xo’jalik faolyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bunda bir ko’rsatkich natija deb qaralsa, unga bog’liq bo’lib qolgan ko’rsatkichlar ta’sir qiluvchi omillar sifatida nomoyon bo’ladi. Bu usulning mohiyati shundaki, natija ko’rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlash uchun xisoblanayotgan omillarning farqi qolgan omillarning joylashish tartibiga qarab asos yoki hisobot davridagi miqdori olinadi.

  8. Integral usul – bu usul bir tomondan an’anaviy usullarga, ikkinchidan esa matematek usulga mansub takomillashgan usuldir. Natija ko’rsatkichiga alohida omillar ta’sirini integral usul bilan aniqlash, farqlash, zanjirli almashtirish kabi usullarning takomillashgan shaklidir. Bu usulda u yoki bu omilning ta’sirini hisoblashda ketma-ketlikka rioya qilish talab etilmaydi. Omillarning ketma-ketligi o’zgarishdan qat’iy nazar, ular ta’siri hamisha bir xil, eng muhimi to’g’ri topiladi.

  9. Kichik sonlardan foydalanish usuli – bu usulning mohiyati shundan iboratki, agar firma birdaniga ancha faoliyat bilan shug’ullanayotgan yoki bir necha turda mahsulot ishlab chiqarayotgan bo’lsa, hammasidan foyda olishi, manfaatdor bo’lishi lozim.

Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan matematik usullardan:

  1. Additiv model – natija bilan omillar o’rtasidagi bog’liqlik qo’shuv bilan ifodalanganda qo’llaniladi.

  2. Multiplikativ model – ham tahlilda keng qo’llaniladi. Bu model natija bilan omil o’rtasidagi bog’liqlik ko’paytirish bilan ifodalanganda qo’llaniladi.

  3. Kasrli model - ham tahlilda keng qo’llaniladigan modellardan.U asosan natija hamda omillar o’rtasidagi bog’liqlik bo’lishi bilan ifodalanilganda qo’llaniladi.

Ushbu usullarning barchasi xo’jalik faolyatini tahlil qilishda qo’llaniladi.
3. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy fanlar tarkibiga kiruvchi mustaqil fandir. Iqtisodiy tahlil fani barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir, ya’ni “ Iqtisodiy nazarya “ , Mikroiqtisodiyot “ , “ Statistika “ , “ Moliya “ , “ Audit “ ,
“ Buxgalterya hisobi “ va boshqalar.
Iqtisodiy nazarya iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni qiymat, tovar, ish haqi, mehnat unumdorligi, foyda kabi kategoriyalar haqidagi tushunchalarni hamda iqtisodiy qonunlarning mohiyatini bayon qiladi. Uning qonuniyatlari metodoligiyasi barcha fanlar uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil fani bevosita statistika fani bilan ham bog’liqdir. Statistika fani jamiatning barcha tomonlarini va shu jumladan korxonalar faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonni ifodalovchi ko’rsatkichlarni hisoblash usullarini o’rgatadi. Iqtisodiy tahlil esa ulardan tahlil jarayonida keng foydalanadi. Statistik hisobot ma’lumotlari iqtisodiy tahlilda axborot manbai bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil ma’lumotlari statistika ko’rsatkichlarini takomillashtirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tahlil fani buxgalterya hisobi fani bilan uzviy bog’liqdir. Buxgalterya hisobi va xisobotlaridagi ma’lumotlar asosida iqtisodiy tahlil sodir bo’lgan jarayonlarni hamda natijalarni o’zaro bog’lagan holda o’rganadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling