Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Tahlilning asosiy maqsadi
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar aylanishi deganda
Tahlilning asosiy maqsadi – savdo faoliyatini o’rganish asosida ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish imkonyatlarini topish va jalb etish yo’llarini ko’rsatish hisoblanadi.
Tahlil qilishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Tovarlarning aylanish dinamikasi va rejasining bajarilishini o’rganish. Tovar aylanish hajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash. Tovar aylanish hajmini ko’paytirish imkonyatlarini topish. Aniqlangan imkonyatlardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Tahlil qilishda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi: Biznes reja ma’lumotlari. Buxgalreiya hisobining ma’lumotlari. Sotilgan va sotilmagan tovar to’g’risida hisobot ( 3-shakl ) Tovar oboroti va tovar zahiralari statistik hisobot ( 1-shakl ) 2. Savdo korxonalarining va tashkilotlarining ish samaradorligi, reja intizomiga rioya qilish darajasiga, har bir korxona va uning bo’linmalarida tovarlarni sotish rejasining bajarilish darajasiga, shuningdek tovarlarning turlari bo’yicha belgilangan tovar jamg’armalari bo’yicha to’g’ri taqsimlash va ularning o’z vaqtida sotilish darajasiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Savdo korxonalari xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichi bo’lib tovar aylanishi bo’lib hisoblanadi. Tovar aylanishi deganda – hisobot davri davomida sotilgan jami tovarlarning hajmi tushuniladi. Tovarlarning aylanish rejasining bajarilishini tahlil qilishning muhim ahamyatga ega bo’lishi shundan iboratki, birinchidan savdo korxonalari tovarlarning aylanish rejasini bajarish bilan aholining tovarlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlab, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini chakana savdo korxonalari aholiga sotish bilan bog’liq bo’lgan muhim vazifalar bajariladi. Ikkinchidan savdo korxonalari tovarlarning aylanish rejasini bajarish bilan bir vaqtning o’zida boshqa bir qancha muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar rejasining bajarilishini ham ta’minlaydi: Masalan: muomla xarajatlarining kamayishiga, yalpi daromadning ko’payishi va rentabellik darajasini oshishiga olib keladi. Tovarlar aylanishining bir yillik o’sish ko’rsatkichi har doim uning rivojlanishini aks ettiravermaydi, chunki tovarlar aylanishining rivojlanishiga faqat tahlil qilinadigan davrga xos bo’lgan, vaqtincha amal qiladigan omillar ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun tovarlar aylanishining hisobot yilidagi umumiy hajmi bilan taqqoslanadi. Tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Jadval ma’lumotlariga asosan chakana tovar aylanish rejasining bajarilishi 92 % ga teng bo’lgan. Rejadagi 132400 ming so’m o’rniga, hisobot davrida 121824 ming so’mlik tovar sotdi, bu esa rejadagidan 10576 ming so’m kam bo’lib 8 % ni tashkil etdi. Tovar aylanish rejasining umumiy bajarilmaganligi natijasida aholiga tovarlarni naqd pulga sotish, kreditga sotish va mayda ulgurji jo’natilgan tovarlar bo’yicha reja bajarilmagan. Tovar aylanishi umumiy hajmining ikkinchi tahlillari choraklar, oylar va kunlar bo’yicha o’tkaziladi. Choraklar, oylar va o’n kunliklar bo’yicha tahlil o’tkazish butun yil davomida tovarlar aylanishi rejasining bir maromda bajarilishini o’rganish va yil mavsumlari bo’yicha aholi talabini qondirib borilishini kuzatish imkonini beradi. Chakana savdo tovarlar aylanish rejasining choraklar bo’yicha bajarilishini tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz:
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling