Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O’rtacha yalpi daromad darajasi 1q x 100 : 2q 28983,6 132400 21,89
Jadval ma’lumotlariga asosan yalpi daromad miqdori hisobot yilida rejaga nisbatan 90,9 ming so’mga ko’paygan. Yalpi daromad summasining ko’payishiga o’rtacha yalpi daromad darajasining rejaga nisbatan 1,98 % ga ko’payishi ijobiy ta’sir ko’rsatgan. O’rtacha yalpi daromad darajasini 1,98 % ga ko’payishi, yalpi daromad summasini 2406 ming so’mga ( +1,98 x 121824 x 100 ) ko’payishiga olib keldi. Lekin savdo korxonasi Tovar aylanish hajmini 10576 ming so’mga bajarmagan, bu esa o’z navbatida yalpi daromad summasining 2315,1 ming so’mga ( - 10576 x 21,89 : 100 ) kamayishiga olib keldi. Shunday qilib ta’sir ko’rsatuvchi omillar yig’indisi yalpi daromad summasining mutloq farqini berdi, ya’ni ( +2406,0 – 2315,1 = +90,9 ) ming so’m. Yalpi daromad hajmining o’zgarishiga tashkilotlar tomonidan yetkazilib beriladigan tovarlarning uzliksiz harakati ham ta’sir qiladi. Uning o’zgarishiga tovar bahosining o’zgarishi ham ta’sirqiladi. 2. Foyda o’z iqtisodiy mazmuniga ko’ra savdo xodimlari tomonidan yaratilgan va ular manfaati uchun foydalaniladigan daromad bo’lib, har bir korxonaning xo’jalik faolyatini kengaytirish va xalq farovonligini yaxshilashga sarflanayotgan mamlakat sof daromadiga qo’shayotgan hissasini ifodalaydi. Foyda miqdorini aniqlash uchun yalpi daromad summasidan muomila xarajatlari chigiriladi. F =YD-MX Foyda miqdoriga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: Tovar aylanish hajmining o’zgarishi. O’rtacha yalpi daromad darajasini o’zgarishi. O’rtacha muomila xarajatlari darajasining o’zgarishi. Birinchi omilni ta’sirini hisoblash uchun tovar aylanish hajmiga bo’lgan farqni rejadagi rentabellik darajasiga ko’paytirib yuzga bo’linadi yoki tovar aylanishi bo’yicha rejani ortig’i bilan yoki kam bajarilgan foizini rejadagi foyda miqdoriga ko’paytirib yuzga bo’linadi. Ikkinchi omilni ta’sirini hisoblash uchun o’rtacha yalpi daromad darajasidagi farqni hisobot yilidagi Tovar aylanish hajmiga ko’paytirib yuzga bo’linadi. Uchinchi omilni ta’sirini hisoblash uchun o’rtacha muomila xarajatlari darajasidagi farqni hisobot yilidagi Tovar aylanish hajmiga ko’paytirib yuzga bo’linadi. Bu omillarning ta’sirini tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling