21
4.Klassik siyosiy iqtisod maktabidan keyngi – iqtisodiy yo’nalish va
oqimlar.
Neoklassik iqtisodiy nazariya
— iqtisodiy nazariyada marjinalizm gʻoyalari
anʼanalarini davom ettirgan yetakchi yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashxur
vakillari A. Marshall L. Valras, J. Klark, K. Viksel, A. Pareto, P. Samuelson, K.
Errou va boshqalar. Hozir, jahondagi iqtisodchilarning aksariyat qismi
“Neoklassik”
ikqisodiy nazariyani tarafdorlaridir. Mazkur nazariya marjinalistik
tamoyillar asosida shakllanib, XX asr dan
“Neoklassik iqtisodiy nazariya”
deb nomlandi.
Neoklassik iqtisodiy nazariyada,
raqobatli bozorda tovarlar,
xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini oʻrganish uchun
eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar - meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik,
meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllaniladi.
Neoklassik iqtisodiy nazariya omillari va tovarlarning bozor
narxi ularning
kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iqtisodiy nazariyaning nuqtai nazariga ko’ra,
meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining iqtisodiy faoliyatida qabul qiladigan
qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Neoklassik iqtisodiy nazariyaning asosiy
g’oyasi mukammal raqobat muvozanatidagi iqtisodiyotni yaratadi degan
qarashdan iborat. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyot tavsifiga mikroiqtisodiy
yondashuvlar ustunlik qiladi. D. Rikardo va K. Marks
davrida katta munozara-
ixtiloflarga sabab boʻlgan daromadlarni taqsimlash nazariyasi masalasida
neoklassiklar uni juda tinch va joʻn yoʻl bilan hal etadilar: har qanday ishlab
chiqarish omili egasi bu omilning meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha
yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki kapitalning qoʻshimcha birligi
yaratgan
mahsulotga teng daromad oladi. Neoklassik iqtisodiy nazariya har
qanday bozorni
talab va taklif egri chiziqlari yordamida tahlil qiladi. Talab va taklif egri
chiziqlari
kesishadigan nuqta neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli miqdorini
koʻrsatib beradi. Alfred Marshall 1890 yilda yozilgan
Do'stlaringiz bilan baham: