Mavzu; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish Reja


Download 142.3 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi142.3 Kb.
#1586890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
28 Mavzu Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish


Mavzu; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish
Reja:
1.Korxonada marketingning g‘oyaviy asoslari

2 Korxonada strategiya ishlab chiqish vazifalari va strategiya turlari


shuningdek, strategiyani shakllantirishga yondashuvlar
3. Korporativ stratеgiyani ishlab chiqish, baholash va boshqarish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samarali tashkil qilish va ulardagi iqtisodiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida tartibga solishning bugungi bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonaning faoliyati bozorni o'rganish, tadqiq qilish, ishlab chiqargan mahsulotlarining reklamasini uyushtirish, tovarni to iste’molchi qo'liga yetib borgunga qadar boigan barcha bosqichlarda qatnashishdan iborat bo‘ladi.
Hozirga kelib respublikamizdagi marketing faoliyati ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan cheklanmagan holda iste’molchilarning
ehtiyoj va talablarini jiddiy o‘rganish va tezkor moslashishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Iste’molchilarning tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish marketing va bozor iqtisodiyotining o'zagidir. Marketing, bir tomondan, bozorni, talab, didlar va ehtiyojlarni mukammal va har taraflama o‘rganishni; ishlab chiqarishni talabga yo‘naltirishni; boshqa tomondan, bozorga mavjud talabni, ehtiyojlarni va iste’molchilar ustunliklarining shakllanishiga faol ta’sir etishni ko‘zda tutadi.
Yurtimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish imkonini bermoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar ham
amaliy samarasini bermoqda. 0 ‘tgan yilda ana shunday tovarlar ishlab
chiqarishning o‘sish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi va yalpi sanoat hajmida
ularning ulushi 35,5 foizga yetdi. Bunday tovarlar raqobatbardoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib bormoqda»'.



Download 142.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling