Mavzu; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish Reja
Ayirboshlash jarayonini tashkil qilish
Download 142.3 Kb.
|
28 Mavzu Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- — Holat foydaliligi.
- — Davriy foydalilik.
Ayirboshlash jarayonini tashkil qilish. Tovar va xizmatlar ayirboshlashini tashkil qilish sotish jarayonining funksiyasi bo‘lib, uning vazifasi tovarlarning ishlab chiqarish holatidan iste’mol uchun tayyor holatgacha harakatlantirishdan iborat. Tovarlarning shu tarzda iste’mol holatiga o‘tishi quyidagi uch xil foydalilik turini vujudga keltiradi va shu tariqa tovarga sotish bosqichida katta qo‘shilgan qiymat beradi:
— Holat foydaliligi. Tovarlarni iste’mol holatiga o‘tkazuvchi barcha moddiy o‘zgarishlar majmuasi: bu o‘rash, saralash va boshqa jarayonlardir. — Makon foydaliligi. Tashish, geografik taqsimlash va boshqa shunga o‘xshash tovarlarni foydalanish, o'zgartirish yoki iste’mol joylarida iste’molchilar tasarrufiga taqdim qilishni ta’minlovchi makondagi o‘zgarishlar. — Davriy foydalilik. Iste’molchi tanlangan vaqtda tovarlarning mavjud boiishini ta’minlovchi jamlanish kabi davriy o‘zgarishlar. Aynan mana shu funksiyalar talab va taklif o‘rtasidagi real mutanosiblikni ta’minlashga imkon beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan sotish jarayoni vazifalari tarixda, asosan, xaridlar bo‘yicha agentlar, ulgurji savdogarlar, chakana sotuvchilar va sanoat savdosi xodimlari kabi mustaqil vositachilar tomonidan, ya’ni sotish sektori deb nomlanuvchi toifa tomonidan amalga oshirib kelingan. Sotish jarayonining ba’zi funksiyalari ishlab chiqarish tomonidan (bevosita marketing), iste’mol tom onidan (iste’molchilarning birlashuvi) va sotish jarayoni tomonidan (supermarketlar, do‘konlar tarmog‘i va boshqalar) birlashtirilishi mumkin So‘ngra ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining turli bosqichlarida ishtirok etuvchi mustaqil firmalarni birlashtiruvchi vertikal marketing tizimlari ishlab chiqildi. Bu ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtirish, operatsion xarajatlarda iqtisodga erishish va shu yo‘l bilan ularning bozorga ko‘rsatadigan ta’sirini oshirish maqsadida amalga oshirildi. Bunga chakana sotuvchilarning ko‘ngilli birlashmalari va franshiza tashkilotlari misol b o ia oladi. Ko‘plab sektorlarda marketing tizimlari g‘oyatda tarqoq bo‘lgan an ’anaviy sotuv kanallarining o'rnini egallamoqda. Ular sotuv sektoridagi eng katta siljish bo‘lib, sotuvning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi raqobatning keskinlashuviga sabab bo‘ladi ham da uning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Sotish tufayli qo'shilgan qiymat sotuv ustama narxi yordamida o‘lchanadi, bu narx ishlab chiqaruvchiga birinchi xaridor o‘lagan narx bilan pirovard iste’molchi yoki tovardan foydalanuvchi to'lagan narx o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Shuning uchun sotishdagi ustama narx yoki bir necha vositachi qo‘ygan, masalan, ulgurji va chakana savdodagi sotuvchilar qo‘ygan narxlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shunday qilib, sotishdagi ustama narx vositachilar amalga oshiradigan funksiyalar bajarilishining o‘rnini qoplaydi. Sotish xarajatlari bozorning barcha sektorlarida xarid hisobidan to‘planadigan narxning katta qismini tashkil qiladi. Masalan, iste’mol tovarlari sektorlarida sotish jarayoni tomonidan hal qilinadigan jami vazifalar koiam ini o‘z ichiga olgan ayirboshlash narxi chakana narxning 40% ini tashkil qiladi, deb hisoblanadi. Download 142.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling