Mavzu; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish Reja


Download 142.3 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi142.3 Kb.
#1586890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
28 Mavzu Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish

Marketing sohalari. Marketing zamirida yotuvchi to‘rt tamovildan xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish bilan shug‘ullanuvchi
liar qanday tashkilot uchun muhim bo‘lgan harakat falsafasi kelib chiqadi. Bu marketing harakatlari sohasini uch asosiy bo‘lakka
ho'lish mumkin:
I) iste’mol marketingi, bunda ayirboshlash firmalar va pirovnrcl iste’molchilar, jismoniy shaxslar yoki oilalar o‘rtasida amalHii oshiriladi;
2) firmalararo marketing, bunda ayirboshlash jarayonida ikkala tomon sifatida tashkilotlar ishtirok etadi;
3) ijtimoiy marketing, u muzeylar, universitetlar va shu kabi
daromadsiz tashkilotlarning faoliyat sohalarini o‘z ichiga oladi.
Marketing konsepsiyasi tashkilotning butun faoliyati foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib olishi lozimligini ko‘zda tutadi, chunki bn o‘z taraqqiyot maqsadlariga erishish va rentabellikni oshirishning eng yaxshi yo'lidir.
Marketingning ikki qiyofasi. Mazknr harakat falsafasining
qo‘llanilishi firma faoliyatining ikki yo‘nalishini ko‘zda tutadi.

1-rasm. Marketingning ikki qiyofasi
Кулда чизинг

  1. Birinchi yo‘nalish iste’molchilarning hal qiluvchi guruhlari ehtiyojlari va talablarini muntazam va doimiy tahlil qilib borish, shuningdek, kompaniyaga tanlab olingan xaridorlar guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko‘rsatishga imkon beruvchi va shu yo‘l bilan ishlab chiqaruvchiga raqobatchilikdagi barqaror ustunlikni ta’minlovchi samarali tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.

  2. Ikkinchi yo‘nalish esa potensial xaridorlarni xabardor qilish va xaridorlarni izlash xarajatlari kamayganda tovarning o‘ziga xos sifatlarini namoyish qilish maqsadida savdoni va kommunikatsiyalar siyosatini tashkil qilishdan iborat bo‘lib, bu operatsion marketing vazifasini tashkil qiladi. Bu ikki yondashuv bir-birini to‘ldiradi va firmaning marketing siyosati doirasida o‘zining muayyan ifodasini topadi. Bu o‘rinda J.J. Lamben marketingga quyidagicha ta’rif beradi:
    «Marketing bu kishilar va tashkilotlarning ehtiyojlari va istak xohishlarini xaridor uchun qiymatli b oigan tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlash bilan qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir»'.

  3. Bu ta ’rifda uch asosiy tushuncha ko‘zda tutilgan ehtiyoj, tovar va ayirboshlash. Ehtiyoj tushunchasi xaridorning xulq-atvori va uni bir tovar yoki xizmatni sotib olishga undagan sababni ifodalaydi; tovar konsepsiyasi harakat usullari, ishlab chiqarish va ishlab chiqaruvchilarning tashkiloti bilan bog‘liq; ayirboshlash e’tiborni bozorga hamda talab va taklifning o‘zaro ta’sirlashuvini
    ta’minlovchi mexanizmlarga jalb qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing funksiyasi tovar va xizmatlarga boigan talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida erkin va raqobatli ayirboshlashni tashkil qilishdan iborat. Bu mutanosiblik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi va quyidagilarni talab qiladi:
moddiy ayirboshlashni yoki, boshqacha qilib aytganda, tovarlarning ishlab chiqarish va iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy
liarakatni tashkil qilish;
— kommunikatsiyalarni tashkil qilish, ya’ni talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida ayirboshlashdan avval yuz beruvchi, ayirboshlash bilan bir paytda yuz heruvchi va unga ergashuvchi axborot oqimini tashkil qilish. .
Shunday qilib, marketingning jamiyatdagi roli sotuvchilar bilan xaridorlar o'rtasida ayirboshlash va kommunikatsiyani tashkil qilishdan iborat. Mazkur ta’rifda ayirboshlash jarayonining maqsadidan qat’i nazar marketingning vazifa va funksiyalariga alohida e ’tibor beriladi. Bunday ifodalangan ta ’rif tijorat faoliyatiga ham, notijorat faoliyatiga ham to‘g‘ri kelishi mumkin.

Download 142.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling