Mavzu: Ishlab chiqarish nazariyasi va ishlab chiqaruvchining muvozanat shartlari. Mundarija
Download 248.62 Kb.
|
Qurbonov Sardor kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar guruhi Imtiyoz qo‘llaniladigan tovarlar nomi
- II. Tayyor aralashma matolar
- IV.Tayyor tikuvchilik buyumlari, tayyor kiyimlar (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlari)
- V. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari)
- VII. To‘qimachilik attorlik buyumlari
- VIII. Tikuv-trikotaj sanoati uchun furnitura va aksessuarlar
2.2.1-jadval
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan tovar guruhlarining ro‘yxati29
Shuningdek, respublikamizda juda katta ichki salohiyatga ega bo‘lgan charm poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirishga ham keng ko‘lamdagi imtiyoz va prefensiyalar berilgan. Xususan, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi a’zolari - tashkilotlarga 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatda quyidagi ko‘rinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari hamda prefensiyalar berilishi ko‘zda tutilgan30: foyda solig‘i va mol - mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etish; belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan, Uyushma a’zolari - tashkilotlar tomonidan o‘z ishlab chiqarishida foydalaniladigan asbob - uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar va furnitura uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etish; yuqoridagi tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga kiritilmagan, o‘z ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan asbob - uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashni 60 kunga qadar muddatga kechiktirish. Mazkur qarorning 9 - bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar faqat quyidagilarga nisbatan qo‘llanilishi belgilangan: zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan chorva mollarini so‘yish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga; charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosi va junni yig‘ish va tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga, keyinchalik ushbu xom ashyo qayta ishlash (ishlatish) uchun faqat Uyushmaga a’zolari - tashkilotlarga sotilganida hamda yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari bo‘yicha kamida 80 foizni tashkil qilganda; charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosi va junni qayta ishlash, shuningdek, butlovchi buyumlar, furnitura, sun’iy charm, charm - poyabzal, charm - attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiradigan tashkilotlarga, agar yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari bo‘yicha kamida 60 foizni tashkil qilsa. Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora - tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qildi. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi31: sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash; valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha zarur chora - tadbirlar ko‘rish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonning qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi32. Valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart - sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi. Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi. Mazkur Farmon bilan yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlandi. Xususan, yuridik shaxslar o‘z mablag‘larini banklarda joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini, shu jumladan, tovar, ish va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirish uchun chet el valyutasiga cheklovlarsiz erkin konvertatsiya qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida ularga chet el valyutasidagi daromadlarini o‘z xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish, bunda bank hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasini yechib olishgacha bo‘lgan huquq berildi. Keyingi yillarda eksportchilarni rag‘batlantirish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirildi, ularga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berildi, eksport faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qator tartibotlar bekor qilindi. Eksport borasida mavjud imtiyozlarga qaramasdan valyuta tushumini majburiy sotish talabi eksportni yanada rag‘batlantirish yo‘lida asosiy to‘siq bo‘lib, eksportchilar o‘z valyuta tushumini to‘liq tasarruf etish imkoniyatiga ega emas edi. Shu sababli mazkur Farmon bilan tovarlar eksportidan tushgan valyuta tushumini majburiy sotish tartibi mulkchilik shakli yoki eksport qilinayotgan mahsulot turidan qat’iy nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor qilindi. Bozor tamoyillari asosida valyuta resurslari oqimining samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, shuningdek, tashqi savdoda valyuta siyosatining rag‘batlantiruvchi rolini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo elektron savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanishi Farmonda qayd etib qo‘yildi. Ta’kidlash joizki, xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va milliy valyuta ayirboshlash kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi va rentabelligini oshirish bilan bir qatorda mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ayirboshlash kursining liberallashtirilishi eksport imkoniyatlarini oshirishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib, bu noan’anaviy soha va tarmoqlarda eksport hajmining ortishiga ko‘maklashadi va ayirboshlash kursiga ta’sirchan tovar eksportchilarining moliyaviy holatini nafaqat eksport hajmining oshishi, balki olingan daromadlarni milliy valyutaga qayta hisoblaganda vujudga keladigan foyda hisobidan ham tubdan yaxshilaydi. Shuningdek, mazkur Farmonda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘larini qayta baholash natijasida vujudga keladigan moliyaviy natija soliqqa tortish bazasiga kiritilmasligini ko‘zda tutuvchi vaqtinchalik tartib joriy etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab - quvvatlash, ularni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda banklarning kreditlarini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan. Valyuta ayirboshlash kursini liberallashtirishning tovar va xizmatlar, ayniqsa, xalq iste’moli tovarlariga ichki narx - navoning shakllanishiga ta’sirini kamaytirish maqsadida amaldagi bojxona me’yorlari va to‘lovlari stavkalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilandi. Bundan tashqari, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq - ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx - navoni monitoring va nazorat qilish Respublika va doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalarga narxlarning barqarorligini va bozorlarning iste’mol tovarlari bilan tezkor to‘ldirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi. Shuningdek, respublika hududida barcha tovarlar va xizmatlar uchun hisob - kitoblar va to‘lovlar, davlat bojlarining undirilishi, tovar va xizmatlar narxlarining belgilanishi faqat milliy valyutada amalga oshiriladigan bo‘ldi. So‘nggi yillarda respublikamizdagi eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab - quvvatlashga, ularning sonini ko‘paytirishga, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon standartlariga javob berishini ta’minlash uchun qulay shart - sharoitlar yaratishga va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda va buning natijasida eksport qiluvchi korxonalar soni o‘sib bormoqda (2.2.1-rasm). Mazkur yo‘nalishda faoliyat yurituvchi korxonalarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida ular uchun O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarida soliqlar bo‘yicha muayyan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklar belgilab qo‘yilgan. Download 248.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling