Birinchi tibbiy yordam shikastlangan joylarni tinchlantirgan holatda siqib bog‘lash, shina yoki qo‘l ostidagi matyeriallar bilan harakatni chegaralab, qimirlatmaslik (immobilizasiya qilish), kuchli og‘riq bo‘lganda shpris yordamida og‘riq qoldiruvchi vositalarni in’eksiya qilish, shikastlangan joyga sovuq jism yokimuz qo‘yish va o‘z vaqtida tibbiy muassasalarga evakuasiya qilish.
Tibbiy muassasada shikastlangan joyga tinch holat yaratib beriladi. 1-darajali uzilishda 7-10 kun, 2-darajada 21 kun, 3-darajada 4-6 haftacha immobilizasiya qilish tavsiya etiladi. Shikastlangan joyni immobilizasiya qilish shinalar, mahkamlovchi bog‘lamlar va gipsli longetlar yordamida amalga oshiriladi. Muskul, pay va bo‘g‘imlarning to‘liq uzilishi ro‘y berganda jarrohlik yo‘li bilan tikib qo‘yiladi. Keyinchalik davolash gimnastikasi, uqalash (massaj), fiziotyerapiya (quruq issiq, parafin va balchiqli applikasiyalar) tavsiya etiladi.
Uzoq vaqt ezilish sindromi yoki shikastlanish toksikozi,uning simptomlari.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xususiyatlari va davolash.
Uzoq vaqt ezilish sindromi – shikastlanish toksikozi - o‘ziga xos bo‘lgan klinik holat bo‘lib, yumshoq to‘qimalarni tuproq, imoratlarning buzilgan qismlari bilan uzoq ezilishi (4-6 soatdan yuqori) natijasida vujudga keladi. Shikastlanish og‘irligi ko‘p sabablarga bog‘liq: ezilgan joyga, ezilishning kengligiga, davomiyligiga va boshqa sabablarga.
Klinik kechishiga ko‘ra shikastlanish toksikozi M.I.Kuzin bo‘yicha 3 ta davrga bo‘linadi: dastlabki, oraliq, kechikkan.
1. Dastlabki davri yumshoq to‘qimalarni ezilishi bilan boshlanadi. Bunda og‘riq impulslari reflektor ravishda buyrakdagi qon aylanishini buzadi. Bu davr 2-3 kun davom etadi va ezilishdan ozod qilingan to‘qimalarda shish va qon aylanishini buzilishi bilan xarakterlanadi. Odatda ezilishdan keyin 4-6 soat o‘tgach, umumiy ahvolning keskin yomonlashuvi kuzatiladi: tashnalik, qayt qilish, bo‘shashish va qo‘zg‘aluvchanlik, apatiya, tana harorati 39 gacha ko‘tariladi, puls tezlashadi, qon bosimi tushadi. Teri qavatlari ko‘kimtir, muzday, sarg‘imtir yoki qon aralashgan suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar bilan qoplangan. To‘qimalarning kuchli shishi tufayli tomirlar pulsasiyasi judu sust yoki umuman aniqlanmaydi. Kuchli og‘riq vujudga keladi. Og‘ir hollarda intoksikasiya va o‘tkir buyrak etishmovchiligidan o‘lish mumkin. Engil hollarda esa vaqtinchalik umumiy ahvolni yaxshilanishi kuzatiladi(yolg‘on yaxshilanish davri).
2. Oraliq davri – o‘tkir buyrak etishmovchigi bilan xarakterlanadi. Og‘riq qaytalanadi, bel og‘riydi, siydik ajralishi kamayib, siydikda oqsil, mochevina, azot chiqindilari ko‘payadi (azotemiya). Takror qayt qidish kuzatiladi. Es-hush buzila boshlaydi, tana shishadi.
3. Kechikkan davr – (10-12 kun) ezilishdan keyin buyrak etishmovchiligi belgilari yo‘qola boshlaydi, shishlar butunlay yo‘qoladi, lekin ezilgan joydagi og‘riq zo‘rayadi. Teri osti qavati va boshqa to‘qimalarda yiringli o‘choqlar va trofik yaralar, chandiqlar, kontraktura va boshqalar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |