Mavzu: ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish yopiq va ochiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko‘rsatish reja


Uzoq vaqt ezilish sindromida ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam


Download 21.96 Kb.
bet4/5
Sana04.05.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1423906
1   2   3   4   5
Bog'liq
Мавзу 5. 1 ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH

Uzoq vaqt ezilish sindromida ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam.

  • Shikastlangan kishi ezilishdan ozod qilinadi;

  • Ezilgan joyni markazdan perifyeriyaga qarab siqib bog‘lash yoki ezilgan joydan yuqoriga jgut qo‘yish;

  • Jarohatli joyga aseptik bog‘lam qo‘yiladi;

  • Standart shinalar yordamida immobilizatsiya qilinadi;

  • Tez tibbiy muassasaga evakuatsiya qilinadi.

Ochiq shikastlanish - jarohatlar va ularda shoshilinch tibbiy yordam.
Mexanik ta’sir natijasida organ va to‘qimalarning teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan bo‘ladigan shikastlanishga ochiq jarohat deyiladi. Jarohat beruvchi jism ta’sirida to‘qimalar orasida qon ivimalari, o‘lgan to‘qimalar bo‘laklari, suyak parchalari va yot narsalar bilan to‘lgan yoriq hosil bo‘ladi. Bu yoriqni jarohat kanali deb ataladi.
Jarohat beruvchi jismning kuchi, shakli, harakat yo‘nalishiga qarab, jarohatlar quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
Jarohat beruvchi jismning turiga va jarohat kanalining xarakteriga ko‘ra:
Sanchilgan jarohat - o‘tkir uchli qurollarni sanchilishi natijasida vujudga keladi. (nina, mix, o‘tkir suyak, bigiz va b). Bunday jarohatni kirish teshigi to‘qimalarning qisqarishi natijasida kichik bo‘lib, undan chiqadigan ajralma (qon) deyarli bo‘lmaydi.
Sanchilgan jarohatlarning xavfli tomoni shundaki, hayot uchun zarur bo‘lgan organlar zararlanishi mumkin (yurak, tomirlar, kovak organlar, miya) to‘qima va organlar mikroblar bilan ifloslanishi mumkin.
Kesilgan jarohatlar o‘tkir tig‘li jismlar ta’sirida vujudga keladi. (pichoq, lezviya, shisha, skalpel). Jarohatning chetlari tekis, atrofdagi to‘qimalar kam zararlanadi. Jarohat chetlari bir-biriga tegmaydi, shuning uchun jarohatdan qon oqib turadi va u bilan ma’lum miqdordagi mikroblar chiqib kyetadi. Bunday jarohatlar kamroq yiringlaydi, tezroq bitadi.
Lat egan jarohatlar – birorta tumtoq jism ta’sirida kelib chiqadi (tosh, yog‘och). Bu turga yirtilgan va ezilib ketgan jarohatlar ham kiradi. Bunday jarohatlarda qon ketish unchalik ko‘p bo‘lmaydi, atrofdagi to‘qimalar zararlanishi kengroq bo‘ladi. Shu sabab jarohat chetlari notekis, to‘qimalari o‘lgan bo‘lib infeksiya rivojlanishi uchun sharoit etarli darajada.
Tishlangan jarohatlar - hayvon yoki odam tishlashidan vujudga keladi. Bunday jarohatlarga odam yoki hayvonning mikroflorasining tushishi oqibatida ko‘proq yiringlaydi. Hatto tishlangan jarohat qutu-rish virusi bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.
Zaharlangan jarohatlarilon yoki chayon chaqishi, o‘q tekkan jarohatlar - o‘q otuvchi qurollar qo‘llanilishi natijasida sodir bo‘ladi.

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling