Mavzu: ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish yopiq va ochiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko‘rsatish reja


Download 21.96 Kb.
bet5/5
Sana04.05.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1423906
1   2   3   4   5
Bog'liq
Мавзу 5. 1 ISHLAB CHIQARISHDAGI SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH

O‘q tekkan jarohatlarda kirish teshigi, jarohat kanali yoki jarohat bo‘shlig‘i, o‘q teshib o‘tganda esa - chiqish teshigi farqlanadi.
Kelib chiqishiga ko‘ra jarohatlar - ataylab qilingan va tasodifiy jarohatlarga taqsimlanadi. Hamma tasodifiy jarohatlar bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Infisirlangan jarohatlarda mahalliy yallig‘lanish kuzatilib, ular infeksiyani to‘qimalar orasiga, limfatik to‘qimalar orasiga, limfatik va qon tomir yo‘llariga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Kovakli organlar jarohatlarda jarohat infeksiyasi tez vujudga kelib, tez tarqaladi.
Jarohatni mahalliy belgilari: og‘riq, shish, giperemiya, mahalliy gipertermiya. Og‘riq ayniqsa jarohatlanish vaqtida kuchliroq seziladi va shu joyni sezuvchanlgiga bog‘liq bo‘ladi. Barmoqlar, tish, til, jinsiy organlar, orqa chiqaruv teshigi sohalarida og‘riq kuchliroq seziladi. Jarohat bitaborgan sari og‘riq kamaya boradi. Og‘riqni kuchayishi jarohatni yiringlaganini bildiradi.
Jarohatning asoratlari.
Qon oqish – agar yirik qon tomirdagi qon oqayotgan bo‘lsa, xavfli.
Ba’zan kuchli og‘riq natijasida travmatik shok bo‘lishi mumkin. Qolgan hollarda asosiy xavf - jarohat infeksiyalanishi natijasida yiringlashi hisoblanadi. 1


Nazorat savollari:
1. Ishlab chiqarishdagi qanday kasb kasalliklarini bilasiz?
2. Shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari va ularda shoshilinch tibbiy yordamni ayting
3. Shikastlanish toksikozi va ularda shoshilinch tibbiy yordamni ayting.
4. Jarohatlar, sabablari, klinik belgilari va ularda qanday shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi?


1 R.Ramazonova, H.Sodiqova “Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash” 2006 y 429-431, 467-471-betlar

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling