Mavzu: Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar


«U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi»,32


Download 178.22 Kb.
bet10/11
Sana31.01.2023
Hajmi178.22 Kb.
#1142327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar

«U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi»,32
(13-oyat).
Alloh taolo tomonidan Sulaymon alayhis-salomga bo‘sundirilgan jinlar u kishiga mehroblar, ya’ni, ulkan ibodatxonalar qurib berar edilar.
«...haykallar..»
Turli narsalarning haykallarini ham yasab berardilar.
«...hovuzlar kabi laganlar...»
Taom eydigan laganlari hovuz kabi katta bo‘lar edi. O‘sha vaqtda shunga ehtiyoj bo‘lsa kerak. Shuningdek, odamlar bajara olmaydigan ishlarni qiladigan jinlar haqiqatda ham Sulaymon alayhissalomga mo‘jiza sifatida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
«...va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berar edilar».
Tog‘ kabi sobit qozonlarni Sulaymon alayhissalomga yasab berish ham jinlarning vazifasiga kirar edi. Ular Sulaymon alayhissalom xohlagan ishni bajarar edilar.
9. Muhammad alayhissalom payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin jinlar osmondagi farishtalarning gapini o‘g‘irlikcha eshitib olib, insdan bo‘lgan o‘z yaqinlariga etkazib turar edilar.
Alloh taolo «Jin» surasida aytadi:
وَأَنَّا لَمَسْنَا السَّمَاء فَوَجَدْنَاهَا مُلِئَتْ حَرَسًا شَدِيدًا وَشُهُبًا وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَاعِدَ لِلسَّمْعِ فَمَن يَسْتَمِعِ الْآنَ يَجِدْ لَهُ شِهَابًا رَّصَدًا
«Va, albatta, biz osmon(etish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qo‘riqchilarga va uchqunlarga to‘lgan holda ko‘rdik. Va, albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. endi esa kim quloq solsa, o‘zini poylab turgan uchqunga duchor bo‘ladir»33
(8–9-oyatlar).
Ya’ni, jinlar osmonga avvalgidek g‘ayb xabarlarni o‘g‘irlikcha eshitish, kishilar taqdirini bilish uchun ko‘tarilganda tamoman boshqa holatga duch kelganliklarini aytmoqdalar.
Chunki jinlar Muhammad sollallohu alayhi vasallam Payg‘ambar bo‘lgunlaricha osmonga chiqib, o‘z hojatlarini ravo qilib qaytardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy kela boshlagach, osmonni kuchli farishtalar qo‘rishga o‘tdilar va jinlarni turli joylardan uchqunlar bilan quvib haydadilar. Oyatda jinlarning ana shu holatiga ishora qilinmoqda. Ikkinchi bir jihati bu oyat jinlar bizning er kurramizdan tashqarida ham hayot kechirish xususiyatiga ega ekanligiga dalildir.
10. Jinlarning taom emoqlari ham bor. Ammo ularning taomlanishi qandoq va uning mohiyati nima ekanligini bilmaymiz.
Imom Muslim va Termiziy Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Tezak bilan ham, suyak bilan ham istinjo qilmanglar. Ular sizning jin birodarlaringizning zodi(ozuqasi)dir», deganlar.
Imom Abu Dovud Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga jinlar hay’ati kelganda:
«Ey, Allohning rasuli, ummatingizni suyak, tezak va ko‘mir bilan istinjo qilishdan qaytaring. Alloh bizning rizqimizni o‘shalarda qilgan», deyishdi.
Bas, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizlarni o‘sha narsalardan nahyi qildilar». 
11. Jinlar turli shakllarga, misol uchun ilon shakliga kirish imkoniga egadirlar. Bu haqiqat hadisi shariflarda sobit bo‘lgan.
Bir rivoyatda:
«Albatta, Madinada jinlardan bir guruhi Islomga kelgan edilar. Kim ushbu uylarda yashovchi(ilon)larni ko‘rsa, uch marta izn bersin. Agar undan keyin ham ko‘rinsa, o‘ldirsin! Chunki, u, albatta, shaytondir», deyilgan.
Boshqa bir rivoyatda:
«Albatta, bu uylarning obod qiluvchilari bordir. Ulardan birortasini ko‘rsangiz, uni uch marta ogohlantiring. Kesa, ketdi. Bo‘lmasa, o‘ldiring! Chunki u kofirdir», deyilgan.
Imom Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilishgan.
Qadimda kishilar yashaydigan uylar tabiiy holatga juda yaqin bo‘lgan. Oddiy va sodda bo‘lishi bilan birga hamma yog‘i berkitilmagan. Shu ma’noda turli jonivorlar kirib chiqishi, ba’zilarining devorlar orasida, shiftda yoki bosh-qa joylarda yashab qolishi ham oddiy va tabiiy bir holat bo‘lgan. Yaqin-yaqinlargacha bu holat ko‘p edi. Hozir ham ba’zi chet joylarda bo‘lishi mumkin. Ushbu hadisda ana o‘sha holdagi ilonlarga bo‘ladigan munosabat haqida so‘z ketmoqda.
Nima uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uylarda bo‘ladigan ilonlarni avval uch marta ogohlantirishga amr qildilar?
Bu savolga rivoyat oxirida kelgan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlari javob bo‘ladi:
«Albatta, Madinada jinlardan bir guruhi Islomga kelgan edilar. Kim ushbu uylarda yashovchi(ilon)larni ko‘rsa, uch marta izn bersin. Agar undan keyin ham ko‘rinsa, o‘ldirsin! Chunki, u, albatta, shaytondir».
Demak, o‘sha Madinada Islomga kelgan jinlar ilon shaklida ba’zi bir uylarda paydo bo‘lishi mumkin ekan. Ilonni uyda ko‘rgan odam uni darhol o‘ldirsa, o‘sha musulmon jinlardan birini o‘ldirib qo‘yish ehtimoli bor ekan.
Agar inson ilonni uyda ko‘rgandan keyin ogohlantirsa, o‘sha ilon musulmon jin bo‘lsa, u erdan ketar, qaytib ko‘rinmas ekan.
Ammo uch marta ogohlantirgandan keyin ham kelaversa, musulmon jin emas, haqiqiy ilon bo‘lar va uni o‘ldirsa joiz ekan.
Uyda bo‘ladigan ilonlardan ikki xilini: dumi kesik va ortida ikki qora chizig‘i borini ogohlantirmay o‘ldiraverishning nima hikmati bor?
Aftidan, musulmon jinlar o‘sha vasfga ega ilon shakliga kirmasalar kerak.
Qolaversa, mazkur ilonlarning ikkisi ko‘zni ko‘r qiladi, homilani tushirdi.
Ular o‘ta zaharli, tezkor va odamga hamla qiladigan bo‘lib, insonning ko‘ziga qarab sapchir ekanlar. ehtiyot bo‘lmagan odamning ko‘zi zarar ko‘rishi mumkin ekan. Shuningdek, u ilonlarning dahshatidan qo‘rqqan homilador ayollarning homilasi tushish ehtimoli ham kuchli ekan.
Abu Laylo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uylardagi ilonlar haqida so‘raldilar. Bas, u zot: «Agar ulardan birortasini maskanlaringizda ko‘rsangiz, Nuh sizdan olgan ahdnoma hurmati, Sulaymon sizlardan olgan ahdnoma hurmati bizga ozor bermasligingizni so‘rayman, desin. Yana qaytib kelsa, ularni qatl qilinglar», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.
Bu hadisi sharifda ham uylardagi ilonlar musulmon jinlar bo‘lishi ehtimoli rioya qilingani ko‘rinib turibdi.
Demak, ular uyda ko‘ringanda bobolari Nuh va Sulaymon alayhissalomlarga bergan ahdnomani eslariga solmoq kerak ekan.
Bundan Nuh alayhissalom jinlarni najot kemasiga chiqarishdan oldin ulardan odam bolasiga yomonlik qilmaslik haqida ahdnoma olganliklari kelib chiqadi.
Shuningdek, Sulaymon alayhissalom ham o‘zlariga jinlar xizmatkor qilib berilganda, ulardan odam bolalariga yomonlik qilmaslik haqida ahdnoma olganliklari bilinadi.
Demak, uyda ilon ko‘rgan odam o‘sha ahdnomalarni eslatganda o‘sha ko‘ringan narsa musulmon jin bo‘lsa, ozor etkazmaydi va qayta ko‘rinmaydi. Agar u ko‘ringan narsa musulmon jin emas, oddiy ilon bo‘lsa, yana ko‘rinadi va uni o‘ldirsa bo‘ladi.
Abdulloh roziyallohu anhu:
«Ilonlarning hammasini, xuddi kumush tayoqqa o‘xshash oq ilondan boshqasini, o‘ldiringlar», dedi».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Ushbu rivoyatda vasf qilingan xuddi kumush tayoqqa o‘xshash oq ilon musulmon jin ekanligida shubha yo‘q ekan. Ya’ni, uydagi ilon oppoq bo‘lib, bukilmasdan to‘g‘ri yursa, u ilon emas, mo‘min-musulmon jin bo‘lishi aniq ekan. Shuning uchun uni o‘ldirish mutlaqo mumkin emas ekan.
Uylarda bo‘luvchi ilonlarga bo‘ladigan munosabatlar haqidagi rivoyatlarni jamlab, xulosa chiqaradigan bo‘lsak, uch xil bo‘lar ekan:
1. To‘g‘ri yuradigan oppoq ilonga tegish kerak emas.
2. Dumi kesik va ortida ikki qora chizig‘i bor ilonlarni darhol o‘ldirish kerak.
3. Boshqa turdagi ilonlarni oldin uch marta ogohlantirib, yana uyda paydo bo‘lsa, ke-yin o‘ldirish kerak.
Uydan boshqa joyda ko‘ringan har qanday ilonni o‘ldirsa bo‘ladi.
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda:
«Ilonlarning barchasini o‘ldiring! Kim ularning o‘ch olishidan qo‘rqsa, mendan emas», deyilgan.
Bu rivoyatni bizning diyorlarimizda ham, ilon nima qilib bo‘lsa ham, o‘chini olar emish, degan xurofotlar borligidan keltirib qo‘ydik.
Xulosa tariqasida aytish lozimki, bir vaqtlar ushbu gaplarga o‘xshash gap-so‘zlarni bid’at xurofot, ilmsizlik va boshqa turli sifatlar bilan sifatlab masxara qilinar edi. Keyinchalik esa o‘sha masxara qiluvchi taraflar o‘zlari haqiqiy xurofotlarni: kosmosdan kelgan kelgindilar, barabashlar, uchar likopchalar va boshqa-boshqalarni gapirib, dunyoni xurofotga to‘ldirib tashladilar.
12. Jinlarning odamlar jismiga ta’siri bormi?
Ba’zi bir yomon jinlarning odamlarga ta’siri bo‘lishi mumkin, deydi ulamolarimiz. Bunda ko‘proq odamning o‘zi aybdor bo‘ladi. Jinlar odamlardan o‘zlariga ishonganlariga, vasvasaga uchganlariga, xayolida turli salbiy holatlarni o‘ylab yurganlariga, jinlardan yordam so‘raganlariga, Alloh taoloning zikridan va Qur’oni Karim tilovatidan g‘ofil bo‘lganlariga, jinlardan saqlanish uchun o‘qilishi lozim bo‘lgan duolarni o‘qimay yurganlariga tegishi mumkin.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizlarga jinlardan saqlanish yo‘llarini o‘rgatganlar.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Ramazon zakotini saqlashga vakil qildilar. Birov kelib to‘plangan egulikdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab:
«Hozir seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib boraman», dedim.
«Meni qo‘yib yubor, bola-chaqam bor, juda ham muhtojman», dedi. Uni qo‘yib yubordim.
Tong otganda Payg‘ambar alayhissalom:
«Hoy, Abu Hurayra! Kechagi asiring nima qildi?» dedilar.
«Ey, Allohning Rasuli, juda ham muhtojligidan, bola-chaqasining ko‘pligidan shikoyat qiluvdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim», dedim.
U zot alayhissalom: «Senga yolg‘on gapirgan bo‘lib, qaytib kelsa-chi?» dedilar. Payg‘ambar alay-hissalomning «qaytib kelsa-chi», deganlaridan uning yana kelishini bildim va poylab turdim.
U kelib, yana egulikdan hovuchlab ola boshladi. Uni tutib oldim va:
«Seni Rasulullohning oldilariga olib boraman», dedim.
«Meni qo‘yib yubor, bola-chaqam bor, juda ham muhtojman», dedi. Rahmim kelib, uni qo‘yib yubordim.
Tong otganda, Payg‘ambar alayhissalom:
«Hoy, Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?» dedilar.
«Ey, Allohning Rasuli, juda ham muhtojligidan, bola chaqasining ko‘pligidan shikoyat qiluvdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim», dedim.
U zot alayhissalom:
«Senga yolg‘on gapirgan bo‘lib, qaytib kelsa-chi?» dedilar. Uchinchi marta poylab turib, yana ushlab oldim va:
«Endi uch marta bo‘ldi, seni albatta, Rasulullohning huzurlariga olib boraman. Har safar qaytib kelmayman, deb yana kelasan», dedim.
«Meni qo‘yib yuborsang, Alloh senga manfaat beradigan so‘zlarni o‘rgatib qo‘yaman», dedi.
«Ular qanday so‘zlar?» dedim.
«Ko‘rpangga kirib yotganingda «Oyatul kursiy»ni o‘qisang, Alloh tarafidan seni qo‘riqchi qo‘rib turadigan bo‘ladi. Tong otguncha senga shayton yaqinlashmaydi», dedi.
Ertasiga Rasululloh alayhissalom:
«O‘zi yolg‘onchi bo‘lsa ham, senga rost gapiribdi», dedilar va:
«Uch kundan beri kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi, ey Abu Hurayra?» dedilar.
Men, yo‘q, dedim, u zot alayhissalom:
«O‘sha shaytondir», dedilar».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan «Falaq» va «Nas» suralarini o‘qib, dam solib yurish haqida ko‘plab rivoyatlar vorid bo‘lgan. «Nas» surasining o‘zida jinlarning yomonligidan panoh so‘rash ochiq-oydin aytilgan.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qachonki, xaloga kirsalar: «Allohumma a’uzu bika minal xubusi val xaboisi» («Allohim, sendan erkagu urg‘ochi ifloslar (shaytonlar)dan panoh tilayman)», der edilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Ushbu duoni xalo ochiq joyda bo‘lsa, qazoi hojatga tayyorlanayotgan vaqtda, maxsus joyda bo‘lsa, unga kirishdan oldin o‘qish kerak. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu duoni doimo o‘qir edilar.
Erkak va urg‘ochi shaytonlardan panoh tilashning hikmati shuki, odatda xalo joyida Allohning nomi zikr etilmagani uchun erkak-urg‘ochi shaytonlar u joyni o‘ziga qarorgoh qilib olgan bo‘ladi. Allohdan panoh so‘ramay kirgan odamga zarar etkazishlari mumkin. Shuning uchun ushbu hadisdagi duoni yodlab olib, xaloga kirishdan oldin o‘qishni odatga aylantirish har bir kishi uchun zarurdir.
Xulosa
Bizga ma’lum bo‘ldiki fol dastlabki ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra chorvachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, oy tutilishi, biron bir hodisaning sodir bo‘lishi va shunga o‘xshash voqea-hodisalarga qarab fol va sehr tarqalgan.
Bora-bora bu ishlar bilan shug‘ullanadigan yani fol ko‘rish bilan maxsus kishilar folbinlar, sehrgarlar paydo bo‘ldi. Lekin bu ishning qanday qabohat, razil va eng daxshatlisi Allohga shirk ekanligini birov bilmasdi. Alloh taolo o‘z rasullarini odamlarni ogohlantirish uchun yuborgan va ul payg‘ambarlar odamlarga shariatni yetkazib bersalar ham nodon insonlar shaytonning yolidan borib bunday kufr amalni o‘zlariga kasb qilib oldilar.
Bugungi kun odamlari ham sehrgarlikning ko‘plab turlarini o‘ylab chiqishgan va qo‘shtirnoq ichidagi butun dunyoda mashhur bo‘lgan, o‘zlarini insonlardan ustun sanaydigan sehrgarlar ko‘paymoqda. Achinarli joyi shundaki o‘zini musulmon farzandiman deb ataydigan kimsalar ham bilib bilmay o‘sha sehr va folbinlik bilan shug‘ullunadigan kimsalarga ham murojaat etmoqdalar. Axir bu to‘g‘ridan to‘g‘ri shirkku. Chunki bu yerda xoliqdan emas, aksincha maxluqdan umid qilinyapti. Buning sababi ularning o‘z dinlarini bilmasliklari va havoyi nafsiga ergashib qolayotganligida emasmikan. Axir ming yillikka ega bo‘lgan tariximizda, Imom Buxoriyu, Termiziylar yashab o‘tgan davrlarda insonlar oq-qorani yaxshi tanigan edilarku. Nahotki ota-bobolarimiz Buxoriylar, Temuriylar, Marg‘iloniylar va Motrudiylar deb faxrlanadigan xalq ularga munosib avlod bo‘lolmasak.
Folbinlarning oldiga borgan kishining hukmi esa Payg‘ambarimiz s.a.v.ga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltirganlik bilan o‘lchaniladi va uning hech qanday kaffaroti yoqdir.
Shuni yaxshi bilib olaylikki folbinlik, sehrgarlik va munajjimlik shaytondandir. Shayton esa Allohning lanatiga uchragan malundir.
Hozirgi kunda munajjimlar bashoratiga qarab ish rejalashtiradigan, gazeta nashrlarida chop etilgan maqolalarni uzluksiz ravishda kuzatib boradigan va shularga qarab ishlarini rejalashtiradigan aqli qosir kimsalar ham yoq emas.
Sehr so‘zi lug‘atda har bir chiqib kelgan joyi daqiq va latif, sababi maxfiy bo‘lgan narsaga ishlatiladi. Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bayonda ham sehr bor», deganlar.
La’natlangan shaytonning odamlarga sehr o‘rgat
Islomda sehrgarning jazosi – o‘lim, qatl etmoq. Chunki u Allohga kufr keltirgan yoki shunga yaqinroq, o‘xshash ish qilgan bo‘ladi. Payg‘ambarimiz davrlarida ham sehgarlar bor edi va hatto ular Rasulullohni ham sehrlamoqchi bo‘lishdi. Buni biz yahudiy Labidning voqeasidan bilib oldik. Shuning uchun biz sehrning yomonligidan har doim Allohdan panoh tilab yurmog‘imiz lozim va lobutdir. Zero Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlaninglar», deb ulardan biri sehr ekanligini bayon qilganlar. Alloh barchamizni o‘zining yolidan adashtirmasin.

Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi) malaka oshirish yo’nalishining 2022-2023 o’quv yili 5-davra imom-xatiblar va noib imomlar tinglovchisi Ashurov Ikramjon Erkinovichning


“Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar” mavzusidagi malakaviy ishiga
ILMIY RAHBAR XULOSASI
Sir emaski, har bir xalqda, har bir elatda o‘ziga xos irimlar bor. Ular asrlar osha odamlar shuuriga joylashib, haqiqat tusini olgan. Bu borada o‘zbek xalqi ham “boy xazina”ga ega. Ayniqsa, munajjimlar, folbinlar, jin chalishlar, issiq-sovuq masalalaridagi qarashlarimiz haqiqat va yolg‘onga qorishiq bo‘lib ketgan. 5-davra imom-xatiblar va noib imomlar tinglovchisi Ashurov Ikramjon Erkinovich mana shu masalalar yuzasidan “Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar” mavzu bo’yicha Qur'on oyatlari va hadislar misolida aniq ma'lumotlar keltiradi va ayni haqiqatni bayon etadi.
Unda kirish qismi bilan bir qatorda fol, sehr va munajjimlikning tarifi va unga bo‘lgan munosabat, fol, sehr va munajjimning shariatdagi hukmi, jinlar va shaytonlar haqida va xulosa qismi bayon qilingan. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Malakaviy ishida fol dastlabki ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgani, ovchilik, so‘ngra chorvachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, uchishi, harakatlariga qarab fol ko‘rish rasm bo‘la boshlagani, ibtidoiy dehqonchilik paydo bo‘lgan davrda yulduzlarga qarab fol ko‘rish tarqalgani, keyinchalik bunday fol ko‘rish negizida soxta fan-astrologiya yuzaga kelgani, fol bobilliklar, etrusklar, yunonlar va boshqa qadimiy xalqlarda keng tarqalgani, fol ko‘rish bilan maxsus kishilar – folbinlar shug‘ullanganlari, ko‘pgina xalqlarda folbinlar suyaklar, don-dukkakli o‘simliklarning mevalari, yong‘oq, qo‘y qumalog‘i va shunga o‘xshash narsalar yordamida fol ochganlari, bugungi kun odamlari sehrgarlik, folbinlik hamda munajjimlik balosi bilan balolangani, bu hol shu qadar keng rivoj olganki, ommaviy axborot nashrlari ham munajjimlar bashoratiga alohida e’tibor qaratib, odamlarning yulduziga qarab fol ochish bilan ovora ekani, Allohning kalomi, payg‘ambar s.a.v ning hadisi shariflari bir chetda qolib, odamlar shaytonga rostmana shogird tutingan folbinlarning so‘zlariga quloq solayotganlari, va Rosululloh s.a.v o‘z hadislarida folbinning oldiga borib, uning gapini tasdiqlagan kishi dindan chiqishini aytganlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek sehr so‘zi lug‘atda har bir chiqib kelgan joyi daqiq va latif, sababi maxfiy bo‘lgan narsaga ishlatilishi, Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bayonda ham sehr bor», deganlari, aslida sehr bir narsani haqiqatidan boshqa tarafga burish ekani, bunda sehrgar botil narsani haqiqat qilib ko‘rsatishi ko‘zda tutilgani, Islom ulamolari sehrgar shak-shubhasiz, kofir bo‘ladi, degan hukmni o‘qishgani, bunga hujjat sifatida «Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» degan oyatni keltirishgani borasida aytib o‘tilgan.
Xususan munajjim so‘zi arabcha yulduzni o‘rganuvchi degan ma’noni berishi, xuddi shu so‘z ajnabiy tilda astronom deyilishi, Astrolog esa, yulduzga qarab fol ochuvchi degani, «Kohinlik» g‘aybni bilishni, yer yuzida bo‘ladigan ishlarning xabarini berishni da’vo qilish ekani, johiliyat vaqtida kohinlik avj olgani, arablarning ichida dong‘i ketgan kohinlar ko‘p bo‘lgani, ularning ba’zilari jinlardan o‘z «odamlari» borligini, ular unga har narsaning xabarini keltirishini da’vo qilib kelganlari, ba’zilari esa, odamning yuziga qarab turib yoki so‘zlaridan unga tegishli narsalarni bilib olishini da’vo qilganliklari, kohinlar ko‘proq butxona mutasaddilaridan iborat bo‘lganlari, shu sababli ular o‘z faoliyatlarini ilohiylashtirish yo‘lini ham topa olganlari, tabiiyki bundoq holatda, ayniqsa tibbiy xizmatlar yo‘qligidan bemor bo‘lgan kishilar kohinlarga murojaat qilishib kelggani, ular bemorlarga jin tekkanligi, nopok joyni bosib olganligi, birov unga irim qilganligi va shunga o‘xshash safsatalar ila xastalikka chalinganligini anglatishgani, shu bilan birga nima qilsa tuzalishini ham «boplab» tushuntirib borishgani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Ushu ma’lumotlardan yana ham aniq bo‘ldiki, fol dastlabki ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra chorvachilikning vujudga kelishi bilan qushlarning sayrashi, oy tutilishi, biron bir hodisaning sodir bo‘lishi va shunga o‘xshash voqea-hodisalarga qarab fol va sehr tarqalgan. Bora-bora bu ishlar bilan shug‘ullanadigan yani fol ko‘rish bilan maxsus kishilar folbinlar, sehrgarlar paydo bo‘ldi. Lekin bu ishning qanday qabohat, razil va eng dahshatlisi Allohga shirk ekanligini birov bilmasdi. Alloh taolo o‘z rasullarini odamlarni ogohlantirish uchun yuborgan va ul payg‘ambarlar odamlarga shariatni yetkazib bersalar ham nodon insonlar shaytonning yo‘lidan borib bunday kufr amalni o‘zlariga kasb qilib oldilar.
Ashurov Ikramjon Erkinovich mazkur ishida mavzuga tegishli bir necha oyat va hadislar bilan bir qatorda ulamolarning bu boradagi fikrlarini, zamonamiz va jamiyatimizga ularning yetkazayotgan zararlarini ham keltirib o‘tgan.
Men ushbu malakaviy ishini himoyaga loyiq deb topaman va himoyachiga muvaffaqiyat tilab qolaman.

Download 178.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling