Mavzu: Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar


(Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja)7


Download 178.22 Kb.
bet3/11
Sana31.01.2023
Hajmi178.22 Kb.
#1142327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom aqidasida fol, sehr va munajjimlikka oid masalalar

(Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja)7

Oishadan roziyallohu anho, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar bulutga tushadilar va osmonda hukm qilingan ishni zikr qiladilar. Shayton o‘g‘rincha quloq tutib, eshitib oladi-da, uni folbinlarga «vahiy» qiladi (uqtiradi). Ular esa unga o‘zlaridan yuzta yolg‘on qo‘shib, yolg‘on gapiradilar»


(Buxoriy rivoyati).

SEHRNING TARIFI

Sehr so‘zi lug‘atda har bir chiqib kelgan joyi daqiq va latif, sababi maxfiy bo‘lgan narsaga ishlatiladi. Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bayonda ham sehr bor», deganlar.
Falonchni sehrlab qo‘ydi degan iborada, aldadi ma’nosi bo‘ladi.8
Aslida sehr bir narsani haqiqatidan boshqa tarafga burishdir. Bunda sehrgar botil narsani haqiqat qilib ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Lisonul arab kitobida aytilishicha, arablar sehrni seho deb atashi sog‘likni bemorlikka burishi va yaxshi ko‘rishni yomon ko‘rishga burishi uchundir.
Sehrning ta’rifida ulamolar turli fikrlarni aytgan.
Bayzoviy: «Sehrdan murod hosil bo‘lishi uchun shaytonga yaqinlashiladigan, inson o‘zi qila olaydigan narsadir. Bu narsa yomonlikda va nafsining iflosligida iblisga munosib bo‘lgan shaxslargagina hosil bo‘ladi.
Ammo hiyla, turli asbob va davolar vositasida odamlarni ajablantiradigan narsalarni qilish, qo‘lini chaqqon harakatlantirib hunar ko‘rsatish mazammat qilinmaydi. Bundoq ishlarni sehr deyish uning daqiqligidan xolos. Sehr aslida sababi maxfiy narsadir», degan.
At-Tahonaviy o‘zining «Kashshofu istilohotil funun» nomli kitobida sehr haqida quyidagi ta’rifni keltiradi: «Sehr ilmning bir navi bo‘lib uni javharlarning xususiyatlarini va yulduzlarning burjlarini bilishdan istifoda qilinadi. Ana o‘sha narsadan sehr qilingan shaxsga haykal olinadi va uning uchun burjdagi maxsus vaqtni kutiladi. So‘ngra shariatga xilof kufr va fahsh so‘zlarni talaffuz qilinadi. Unga shaytonlarning yordami ila erishiladi. Ularning hammasining jamlanishidan sehr qilingan shaxsda g‘aroib holatlar yuzaga keladi».
Al-Qalyubiy sehrni quyidagicha ta’riflaydi:
«Sehr shariatda iflos ruhlarni maxsus so‘z va amallar orqali ishlatib odatdan tashqari holatlarni keltirib chiqarishdir».
Hanbaliylar sehrni quyidagicha ta’riflaydi: «Sehr tugunlar, so‘zlar, dam solish yoki bir narsalarni yozish yoxud qilish orqali kishining badani, qalbi yoki aqliga bevosita tasir qilishdir».
Al-Lays dedi: "Sehr- shaytonga yaqinlik hosil qilingach, shayton yordamida amalga oshiriladigan ishdir".
Al-Azhariy dedi: "Aslida sehr biror narsani haqiqiy holatidan o‘zga holatga aylantirishdir" .Ibn Munzir dedi: "Sehr qilayotgan kishi botil narsani haq deb ko‘rsatadi, haqiqiy ko‘rinishidan o‘zgacha ko‘rsatib, uni sehrlab qo‘yadi, ya’ni qo‘rqishini burib qo‘yadi.Shamri (kishining nomi) Ibn Abu Oishadan rivoyat qiladi: "Arablar sehrni " cehp" deb nomlashlariga sabab, uning sog‘ligini kasallikka burib yuborishi tufaylidir".
Ibn Fors sehr haqida shunday dedi: "Sehr - botil narsani haq sifatida chiqarmoqlikdir".
"Al-Mu’jam al-vasit" muallifi dedi: "Sehrni olinadigan joyi juda nozik va sezilarsizdir".
"Muhit al-muhit" kitobining muallifi dedi: "Sehr bu biror narsaning teskarisini shunday ustalik bilan bajarish-ki, hatto inson buning natijasida ikkilanib qoladi".
Mazkur ta’riflarni jamlab o‘rgansak, ularning har birida sehrning o‘ziga xos xussiyatlari haqida so‘z borayotganini ko‘ramiz.
Demak, ushbu ta’riflarning yig‘indisidan sehrni to‘laroq anglab olamiz.
Islom ulamolari sehrgar shak-shubhasiz, kofir bo‘ladi, degan hukmni o‘qishgan. Bunga hujjat sifatida quyidagi oyat keltiriladi:9

وَلَـكِنَّ الشَّيْاطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ



Download 178.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling