Mavzu. Islom dini va tarixi Reja
Download 32.82 Kb.
|
Tasavuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hanafiy mazhabi
- Molikiy mazhabi
Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o‘zini “shiatu Ali” (Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib Shialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan. Shialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan.
Shia so‘zining to‘liq shakli “ash–Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “Shiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan. Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o‘tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan, Ali o‘sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar. Shialik imomiylar va ismoiliylar kabi ikki yirik oqimga bo‘linib ketgan. Sunniylik (Ahli sunna val–jamoa) o‘rta yo‘lni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan, o‘zlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki “ahli sunna val jamoa” deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini tashkil etadi. Sunniylik doirasida to‘rt fiqhiy mazhab (arab. yo‘l) va ikki aqidaviy ta’limot mavjud bo‘lib, xavorij va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir–birlarini rad etmaydilar. Bugungi kunga qadar ham, sunniy ulamolar to‘rttala fiqhiy va ikkala aqidaviy mazhablarning to‘g‘ri ekani, ularning bir–birini to‘ldirishi, bunday farqlilik tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va bu musulmonlar uchun osonlik yaratishiga ittifoq qilishgan. “Ahli sunna val–jamoa” tarkibiga kiruvchi fiqhiy mazhablar quyidagilardir: Hanafiy mazhabi asoschisi Abu Hanifa kunyasi bilan mashhur an–Nu’mon ibn Sobit al–Kufiy (699–767)dir. U kishi o‘zlarining aql zakovati bilan ajralib turgan bo‘lib, ustozlarining alohida e’tiboriga noil bo‘lgan. Hanafiy mazhabi “nass”lardan (ya’ni Qur’on va hadis) tashqari hadislarni qabul qilishda alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson prinsiplaridan foydalanishi, Movarounnahr maktabi mahalliy urf– odatlarni huquq manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi. Molikiy mazhabi asoschisi, imom Abu Abdulloh Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al–Asbahiy 711 yilda tavallud topganlar. Imom Molik mazhabining asosi u kishi yaratgan “Muvatto” asarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qur’oni karim, ikkinchi manba Sunnati nabaviyadir. Ba’zi olimlar, imom Molik fiqhining uchinchi manbasi sahobalarning gapi bo‘lgan, degan fikrlarni ham berishadi. CHunki, u kishi Muhammad (a.s.) yashagan shaharda bir umr yashaganlar. Payg‘abar tarbiya qilgan insonlarni tarbiyasini topgan. SHuning uchun, Molikiyya mazhabida shar’iy masalalarda madina hayoti va odatlari ko‘p narsalarda ayniqsa Hanafiylarning fikriy qarashlaridan ham ustun turgan. Download 32.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling