Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Download 0.6 Mb.
bet35/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

2.Suv bug’i uchun diagrammalar


2.1.Suv bugi uchun “r” diagrammasi

Ichida qo’zg’aluvchan porshen joylashtirilgan tsilindr ichiga suv quyilib, isitilmoqda. Bunday sharoitda gaz (bug’) bosimining ortishi sodir bo’lmaydi, ya’ni jarayon - izobarik jarayondir (53a-shakl).


53b va 53v-shakllarda ham shu jarayon bo’lib, porshen ustiga qo’yilgan toshlar suyuqlik tepasidagi muxit bosimini ortiradi, ya’ni r2 = const, r3 = const va x.k sharoitlar xosil qiladi.
Suvni xar-xil miqdordagi o’zgarmas bosimlarda isitish va bug’lantirish ja-rayonini r koordinatalarida ifodalaymiz. O’ta qizigan tayyor bug’ xosil bo’lish 3 ta boskichda sodir bo’ladi: suvning qaynashgacha isishidagi izobarik kengayish - a1, v1, a2, v2, ..., izobarik qaynab bug’lanish v1 s1, v2 s2, ... va o’ta qizigan bug’ xosil bo’lishi - s1 d1, s2 d2, ... . SHunday qilib, r koordinatar sistemasida 3 ta kator nuqtalar xosil bo’ldi. Mos nomlangan nuqtalarni o’zaro birlashtirsak, 3 ta chiziq xosil bo’ladi.


a)

b)

v)

53-shakl

1) “a” nuqtalarni birlashtiruv-chi chiziq - sovuk suv chizig’i;
2) “v” nuqtalarni birlashtiruv-chi chiziq- issiq suv chizig’i, qaynashining boshlanishi quyi chegara chizig’i.
3) “s”nuqtalarni birlashtiruvchi chiziq - qaynash (bug’lanish) ning tugash chizig’i – yuqori chegara chizig’i.
Quyi va yuqori chegara chiziqlari o’zaro kesishgan “K” nukta - kritik nuqta deyiladi.

54-shakl

Suv uchun bu nuqta ko’rsatkichlari; rkr =220 bar (225,5 at), Tkr = 647 0K (374 0S ), kr = 0,003 m3/kg kritik xolatdagi suyuqlik uchun bug’ning va suyuqlikning xususiyatlari bir xil bo’ladi.
3 ta chiziq (A,V,S) “r ”diagramma yuzasini 4 ta kismga ajratadi:
1- sovuq suv qismi; II - issik suv qismi, III - qaynash, bug’lanish qismi; IV - o’ta qizigan bug’ qismi.
AK - quyi chegara chizig’ida bug’lanish boshlanadi, bug’ning quruqlik darajasi X=0
KS - yuqori chegara chizig’ida bug’lanish tugaydi, bug’ning quruqlik darajasi X=1, ya’ni 100% li bug’ xosil bo’ladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling