Mavzu: jahon bozoridagi raqobat reja: Xalkaro savdo munosabatlari


Jahon bozori uning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 75.19 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi75.19 Kb.
#1035362
1   2   3   4
Bog'liq
JAHON BOZORIDAGI RAQOBAT

2. Jahon bozori uning o‘ziga xos xususiyatlari
Jahon bozori - xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga bog‘langan turli mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari.
Mehnat taqsimoti qanchalik chukurlashsa, turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish kulami qanchalik oshsa, jahon bozori shunchalik kengayadi, bu erda sotiladigan tovarlar va xizmatlar kupayadi, bozor ishtirokchilari bo‘lgan davlatlarning soni ortadi.
Jahon bozori tovarlar va xizmatlar, moliya, ilmiy-texnikaviy ishlanmalar hamda ishchi kuchi bozorlaridan iborat.
Jahon bozori uning o‘ziga xos infrastruktura orqali amal qiladi. Bular jumlasiga xalqaro tovar birjalari, fond birjadari, banklar, akyionerlar, moliya-sugo‘rta tashkilotlari, savdo-sanoat kompaniyalari, ishchi yollovchi firmalarni va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib borib, u davlatlararo doiraga chikib, baynalminalllashib boradi, bu esa pulni xalqaro iqtisodiy munosabatlar davlat pulini ikkinchi davlat puliga ayirboshlashni taqozo qiladi.
Valyutalar bir-biriga ayirbosh qilinganda valyuta munosabatlari paydo bo‘ladi. Ular turli davlatlarning hukumatlari, korxonalar, firmalar, tashkilotlar va ayrim fukarolar o‘rtasida sodir bo‘ladi.
Valyuta - muayyan mamlakatda kabul qilingan pul tizimi va shu mamlakatning pul birligi.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti o‘ziga xos xususiyati – integratsiya buning ustiga umumiy, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, mehnat integratsiyasi.
So‘ngi yillarda integratsiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab oldi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanmoqda:
- Ishlab chiqarish kuchlarining integratsiyalashuvi;
- Xalqaro mexnat taqsimotining integratsiyalashuvi;
- Moddiylashgan tovar bo‘yicha an’anaviy xalqaro savdo xususiyatining sifat o‘zgarishi va qo‘llashning kengayishi;
- Turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro miqyosda ko‘chib yurishi
- Xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi;
- Ilmiy - texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;
- Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi;
- Zamon talabidagi global muommolar.
Globallashuv jahon bozorlari va mintaqaviy iqtisodiyotlarning tizimli integratsiyasi bilan tavsiflanadi. Buning natijasida iqtisodiy o‘sish kuzatiladi zamonaviy texnalogiyalar va boshqaruv mexanizmlarining joriy etilishi jadallashadi.
Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integratsiya jarayonlaridan farq qiladi. Eng avvalo, bu juda ko‘p mamlakatlarning savdo, moliya, investitsiya va axborotlar uchun o‘z chegaralarini ochishida ko‘rinadi.
Jahon bozorlarida raqobatning iqtisodiy belgilanganligi qanday omillarga bog‘liq ekanligi 11.1-rasmda ko‘rsatilgan.


Download 75.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling