Mavzu: Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 290.95 Kb.
bet18/20
Sana21.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1642075
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
3-bob. Global boz

Faoliyat turlarini joylashtirishni tanlash
Global strategiyani shakllantirishda firma birinchidan, o‘z faoliyatini bitta, bir nechta yoki ko‘plab mamlakatlarda joylashtirish maqsadga muvofiqligini, ikkinchidan, qaysi mamlakatni tanlashni aniqlashtirib olishi zarur.
Faoliyatni bitta mamlakatda joylashtirishda tayyor materiallarni boshqa mamlakatlarga etkazib berish amalga oshiriladi. Raqobatli afzallik miqyosidagi samarasi, yangi mahsulot turini chiqarishda xarajatlarni pasaytirish hisobiga erishiladi.
Mahalliy turli ehtiyojlarni joylashtirish, aloqa, mahsulotni transport vositasida tashish va saqlash yakuniy narxning qimmatlashuvi tomon kuchli ta’sir ko‘rsatadigan mahalda maqsadga muvofiq. Bu, shuningdek, xorijiy mamlakatda marketingni yaxshilash va xaridorlar bilan uzviy aloqa qilish, mamlakat haqida dolzarb axborot olish uchun ham zarur.
Barcha imkoniyatlarni to‘plash va joylashtirish o‘rtasida tanlash firma bajarayotgan faoliyat turiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuk mashinalari ishlab chiqarishda Daimler-Benz va Volvo kabi kompaniyalar yangi moddalar ishlab chiqish va mavjud modellarni takomillashtirishni ular joylashgan mamlakatda, bu modellarni yig‘ishni esa boshqa mamlakatlarda amalga oshiradi. Shvestiyaning Electrolux firmasi kuchli joylashtirish strategiyasidan foydalanib, bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridan foydalanadi. Bu yakuniy iste’molchiga imkon qadar yaqinroq joylashish va uning o‘zgarib turadigan so‘rovlariga tezroq javob qaytarish zarurati bilan asoslanadi.
U yoki bu faoliyat turini amalga oshirish joyini belgilashdan tashqari, firmalar oldida mamlakatni tanlash vazifasi ham turadi. Global strategiya amalga oshirishda firma nafaqat ro‘yxatga olingan mamlakatda, balki boshqa mintaqalarda ham ma’lum bir operatsiyalarni bajarishi mumkin. U yoki bu faoliyat turining biron-bir mamlakatda mujassamlanishining asosiy sababi, ishlab chiqarish omillari bahosining nisbatan pastligi hisoblanadi. Biroq hozirda firmalar o‘z faoliyatini mamlakat chegaralaridan tashqariga boshqa sabablar tufayli ham chiqarmoqda: arzon xomashyo va malakali ishchi kuchidan tashqari ilmiy kadrlar va axborot bazasi ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bundan tashqari, chet ellik hamkorlar bilan kuchli ishbilarmonlik aloqalaridan manfaatdor firmalar mos keluvchi mamlakatlarda o‘z filiallarini joylashtirishga harakat qilmoqda.
Ayrim faoliyat turlarini boshqa mamlakatlarga ko‘chirish ko‘p jihatdan bu mamlakatlardagi siyosiy vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Import tovarlar kiritishga soliqlar yoki kvotalar belgilanishida firma mahsulotlarining narxi ham o‘sadi va ularni raqobatga bardoshsiz qilib qo‘yadi. Sotuv bozorini saqlab qolish maqsadida firmalar o‘z faoliyatini bu mamlakatlar hududiga o‘tkazadi.
Milliy romb modeliga tayanar ekan, M.Porter firma joylashgan mamlakatni eng yaxshi tarzda tanlashga imkon beradigan savollar ro‘yxatini tuzdi.

Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling