Mavzu: Jinoyat huquqi qonuning hudud bo`yicha amal qilishi Reja: kirish I bob jinoyat qonuni haqida tushuncha


Download 44.83 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi44.83 Kb.
#1527068
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jinoyat huquqi qonuning hudud boyich


Mavzu: Jinoyat huquqi qonuning hudud bo`yicha amal qilishi
Reja:
KIRISH
I BOB Jinoyat qonuni haqida tushuncha
1.1 Jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
1.2 Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi
I BOB Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish
2.1. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq
2.2 Davlatlarning oddiy va umumiy jinoyatchilik bilan kurash
sohasidagi hamkorligi
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida jinoyat huquq tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish, fuqarolar o’rtasida turli xil nizolarni yo’qotish va jinoyat huquqi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari ham qo’yildi.
Harakatlar strategiyasida jinoyat huquqini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 20- aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquq tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-2109-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan “2017-2021 yillarda huquq tizimini kompleks rivojlantirish dasturi” tasdiqlandi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. XXI asr kishilik jamiyati hayotining baynalmilallashuvidek tarixiy qonuniyatning kuchayishi bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay, xalqaro munosabatlarda mamlakatlarning o'zaro aloqalari rivojlanib bormoqda.
Xalqaro munosabatlar nafaqat davlatlar, balki har bir inson hayotiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimi huquqning muayyan sohasi — xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. U davlatlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning turli-tuman aloqalariga u yoki bu darajada ta’sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy huquqqa va davlat ichki hayotiga ham ta’siri kuchaymoqda. Shu bois bugungi kunda huquqni bilish nafaqat xalqaro munosabatlar bilan bevosita shug'ullanuvchi mutaxassislar, balki iqtisodchilar va tadbirkorlar, hatto oddiy fuqarolar uchun ham ahamiyatli bo‘lib bormoqda.

Download 44.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling