Mavzu: Jinoyat huquqi qonuning hudud bo`yicha amal qilishi Reja: kirish I bob jinoyat qonuni haqida tushuncha
Kurs ishining obyekti va predmeti
Download 44.83 Kb.
|
jinoyat huquqi qonuning hudud boyich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi va qisqacha mazmuni.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy tizimning bir qismiga aylanib bormoqda. Uning asoslarini bilish jismoniy va yuridik shaxslarning o'z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun ham zarurdir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari Afsuski, hozirgi paytda omma o'rtasida xalqaro-huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past. Bu o'rinda turli davlatlarning huquqni himoya qiluvchi organlari xalqaro normalarning milliy huquqiy tizimdagi yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta’kidlash lozim. Xalqaro-huquqiy bilimlarning past darajadaligi, hatto aksariyat mamlakatlarning yuristlari uchun ham xosdir. O'zbekistonda ham bu muammo dolzarb bo'lib turibdi. Albatta, buning o'ziga xos obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Birinchidan, sobiq SSSR huquqiy tizimining xalqaro huquq bilan aloqasida faollik farqlanmas edi. Ikkinchidan, yuridik oliy o‘quv yurtlarida xalqaro huquq kursi asosan umumiy ta’lim sifatida o‘qitilar edi. Uchinchidan, boshqa yuridik fanlar o'qitilayotganda, muayyan huquq sohasining xalqaro huquq bilan bog'liqligiga e’tibor berilmas edi. Shu bois bugungi kunda milliy huquqning xalqaro huquq bilan o'zaro aloqasini yorituvchi o'quv adabiyotlarini tayyorlash juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, amaliyotchi yuristlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro jinoyat huquqi singari xalqaro huquqning boshqa sohalariga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Albatta, barcha yuristlarni xalqaro huquq bo'yicha yetuk mutaxassisga aylantirib bo'lmaydi. Buning sabablari haqida mashhur italyan professori B. Konforti shunday yozadi: ≪Xalqaro huquqning mazmuni shu qadar kengaydiki, uni umumiy kurs darajasida yoritish mumkin emas≫. Bugun hatto xalqaro yurist ham xalqaro huquqning hamma sohasi bo'yicha yetuk mutaxassis bo'la olmaydi. Shuning uchun bizning vazifamiz milliy huquq sohasi mutaxassislarining xalqaro huquq asoslarini bilishlari uchun ularga ko'maklashish hisoblanadi. Kurs ishining tuzilishi va qisqacha mazmuni. Kurs ishi kirish asosiy qism uchta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 1.1 Jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari Umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o‘rin egallaydi. U ijtimoiy munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, balki, ularni huquqqa xilof tajovo‘zlardan himoya qiladi ham. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni – jinoyat huquqining prinsiplari va umumiy qoidalarini, jinoyat qonun vazifalarini, jinoyat va uning belgilarini, jazoning maqsadi va turlarini jazo tayinlash va jazodan ozod qilish asoslarini belgilaydi. Jinoyat qonun mazmuniy jihatdan biror harakat (masalan, firibgarlik) qilishni man etadi yoki biror harakat qilishga (masalan, xizmat vazifalarini bajarishga) majbur qiladi. Shu bilan birga, qonun tegishli davlat hokimiyati organi va mansabdor shaxsga jinoyat qonuni man etgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini bajarmagan shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi. Jinoyat qonuni jamiyatimizda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni turli jinoiy qilmishlardan himoya qiladi Qonunlarga, shu jumladan jinoyat qonuniga amal qilish, ularni og‘ishmay bajarish fuqarolik huquqiy davlatini qurishda har bir fuqaroning burchidir. Qonun talablaridan ozgina bo‘lsa-da chetlashish qonunchilgimizning buzilishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklari-nihg davlat va jamiyat manfaatlarining buzilishiga olib keladi. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari barcha qonunlar uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari, umumiy qoidalari va moddalari asosida tuzilgan. O‘zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 24- moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiya’ning 53-moddasida esa xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek, ba’zi og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash nazarda tutilgan yoki jinoyat-huquqiy muhofazaga muhtoj muayyan ijtimoiy munosabatlar jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan va muhim shartlarni o‘zida aks ettirgan yana boshqa normalar ularni jinoyat qonuniga kiritish uchun bevosita huquqiy asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umum e’tirof etgan priinsiplari davlatning ichki qonunchiligiga nisbatan ustun ekanligi tan olingan. Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalari Jinoyat kodeksining aksariyat bo‘limlari, boblari va muayyan moddalarda bevosita o‘z ifodasini topgandir. Chunonchi, kodeksning Maxsus qismi ham butun dunyoda e’tirof etilgan qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda tuzilgan. Masalan, “Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan VIII bobda urushni targ‘ib qilish (150-modda), agressiya (151-modda), genotsid (153-modda), yolla-nish (154-modda) kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilan-gan. Bu esa Jinoyat kodeksimizga hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy prinsiplari kiritilganligidan dalolat beradi. Qonun chiqaruvchi organ, ya’ni Oliy Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha huquqiy normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik prinsipidan kelib chiqqan holda muayyan ketma-ketlikda joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish, huquqni qo‘llovchilarning qonunlardan foydalanishlari uchun barcha qulayliklar yaratish imkonini beradi. Jinoyat qonuni ushbu huquq sohasining yagona manbai hisob-lanadi. Boshqa hech bir me’yoriy hujjat, sud pretsidenti, sud qarori, urf-odatlar uning manbai bo‘la olmaydi. Jinoyat qonuni tarixan o‘zgaruvchan hujjat hisoblanadi, chunki ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanib, o‘zgarib borishi jarayonida jinoyat qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida bu hujjatning tarixan o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Jinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovo‘zlardan himoya qilish-dir. Zero, ushbu qonun bilan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlar har qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur va- zifa, ya’ni maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofa-za munosabatlari vositasida amalga oshirilib, bunday munosabatlar taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtdanoq paydo bo‘ladi. Jinoyat qonunining bu vazifalarni amalga oshirishi uchun unda javobgarlik asoslari va prinsiplari mustahkamlangan va qaysi ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligi belgilangan. Ogohlantirish funksiyasi jinoyat huquqi normasida belgilab qo‘yilgan sanksiya orqali sodir etilgan qilmish uchun jazo qo‘llash orqali jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ogohlantiradi. Jinoyat qonunining funksiyalari: 1) regulyativ (jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi); 2) negativ (jinoyat qonuni bilan tartibga solinadigan manfaatlarni muhofaza etadi); 3) aksiologik (jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan obyektlarni qadriyat sifatida jinoiy tajovo‘zlardan muhofaza etadi); 4) preventiv (jinoiy taqiqlarni va ularni buzganlik uchun sanksiyalar belgilaydi). Jinoyat qonuni shaxslarni qonun talablarini so‘zsiz ravishda bajarish ruxida tarbiyalash, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga yo‘naltirilgandir. Download 44.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling