Mavzu: Jinoyat huquqi qonuning hudud bo`yicha amal qilishi Reja: kirish I bob jinoyat qonuni haqida tushuncha


O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro huquqning asosiy prinsiplari


Download 44.83 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi44.83 Kb.
#1527068
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jinoyat huquqi qonuning hudud boyich

O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro huquqning asosiy prinsiplari
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari zamonaviy xalqaro huquqning asosiy mohiyatini namoyon etuvchi, ustun bo'lgan universal normalardir. U xalqaro hamjamiyat qabul qiladigan va tegishli xalqarohuquqiy hujjatlarda umume’tirof etilgan normalar sifatida e ’tirof etiladi. Ushbu normalar, birinchidan, umumiy tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta ’minlab berishning; ikkinchidan, xalqlar ozodligi va mustaqilligini ta ’minlab berishning; uchinchidan, davlatlar orasidagi ijobiy aloqalarning; o'zaro umumiy manfaatlarni va ishonchni ta ’minlashning huquqiy asosi hisoblanadi. Umum e’tirof etilgan prinsiplar va normalar ahamiyati va o'rnining oshib borishi hozirgi zamonaviy huquqning xususiyatlaridan biridir. Xalqaro huquqning ko'pgina prinsiplari BMT Ustavining 2-moddasida o'z aksini topgan. 1970-yilda qabul qilingan
Xalqaro huquq prinsiplari to'g'risidagi Deklaratsiyada ushbu prinsiplar kengroq berilgan. Bundan tashqari, BMT Ustavi hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining 1975-yilgi Yakunlovchi aktida ham ular chuqur talqin etilgan.
Xalqaro huquqning u yoki bu shaklda umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari zamonaviy davlatlarning Konstitutsiyasiga kiritilgan bo'lib, qonunchilik hamda ijro etuvchi va sud hokimiyatining faoliyati ushbu prinsiplarga mos kelishi lozim. Ular O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IV bobida ham o'z aksini topgan.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan suveren tenglik prinsipi davlatlarning o'ziga xosligi, mustaqilligini hurmat qilish, huquq va erkinliklarni kafolatlash, o'zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimini erkin tanlashi, mustaqil ravishda o'zining qonunlari va ma’muriy qoidalarini o'matishni bildiradi.
O'zbekiston Konstitutsiyasida xalqaro munosabatlarda xalqaro huquqning ustuvor prinsiplari bo'lishi xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilashlari huquqi to'g'risida gap boradi. Shu narsani ta’kidlash lozimki, ushbu prinsiplar davlatlarning xalqaro munosabatlarda faoliyatko'rsatishining tartib qoidalaridir.
Xalqaro munosabatlarda suveren tenglik prinsipi har bir davlatni boshqa davlatlar bilan mustaqil ravishda va o'z xohishiga ko'ra aloqalarga kirishishini bildiradi, ya’ni muayyan davlat xalqaro huquq talablariga binoan xalqaro tashkilotlarga a ’zo bo'lishi, ko'p tomonlama, xususan ittifoqdosh shartnomalarda qatnashishi, betaraf bo'lish huquqiga ega bo'lishi demakdir. Ushbu prinsipdan kelib chiqib, O'zbekiston xalqaro munosabatlaming ko'pgina, ayniqsa mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal etishda o'zaro teng ravishda ishtirok etmoqda.
Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslikning konstitutsiyaviy prinsipi boshqa davlatga nisbatan bevosita yoki bilvosita ravishda kuch ishlatishga qaratilgan turli harakatlardan o'zlarini tiyishni anglatadi. BMT Ustavida (2-moddaning 4-bandi) ≪kuch≫ tushunchasi faqat qurolli kuchlami emas, balki majbur etishning boshqa shakllarini ham bildiradi.
1970-yilda qabul qilingan Xalqaro huquqning prinsiplari to'g'risidagi Deklaratsiyaning muqaddimasida davlatlarning kuch ishlatishga yoki kuch bilan tahdid solishga qaratilgan barcha harakatlari man etiladi deb ochiqdan-ochiq yozib qo'yilgan. Hech qanday sabablar kuch ishlatishga yoki kuch bilan tahdid solishga asos bo'la olmaydi. Deklaratsiya ushbu prinsipning mohiyatiga yangi mazmun kiritib, uning harakat doirasini kengaytiradi. Unda boshqa a’zo davlatga nisbatan kuch ishlarish yoki kuch bilan tahdid solmaslik to'g'risidagi holatlar o'z aksini topgan. Deklaratsiyada boshqa a’zo davlatga nisbatan kuch ishlatish, uning suveren huquqlarini cheklashga bo'lgan harakatlar, qandaydir repressaliylarga tortish man etiladi deb yozib qo'yilgan.
Zamonaviy xalqaro huquqning asosiy prinsiplari ≪O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida≫gi qonunda mustahkamlab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi o'z tashqi siyosiy faoliyatida quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
birinchidan, O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplariga, ≪O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida≫gi qonunga, ≪Mudofaa to'g'risida≫gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasiga, boshqa qonunlarga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining prinsiplari va maqsadlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ratifikatsiya qilgan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlaridankelib chiqadigan majburiyatlarga asoslanadi;
ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta ’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin;
uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlarga aralashish, mustaqillik va suverenitetni kamsitish hamda davlatlararo munosabatlarni mafkuralashtirishning har qanday ehtimolini istisno etuvchi teng huquqli va o'zaro foydali munosabatlarni barcha davlatlar bilan yo'lga qo'yadi;
to'rtinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etish, Yevropa, Osiyo va jahon xavfsizlik tuzilmalariga integratsiyalashuv O'zbekiston Respublikasi tegishli tuzilmalarining tashqi siyosiy faoliyatidagi eng muhim vazifa hisoblanadi;
beshinchidan, O'zbekiston Respublikasi mamlakatning barqarorligini, sobitqadam rivojlanishi va milliy xavfsizligini ta ’minlash imkonini beradigan, O'zbekiston Respublikasining jahon xo'jaligi aloqalariga axborot, texnologiya va kommunikatsiya jihatidan kirib borishiga ko'maklashadigan davlatlararo tuzilmalarga, shu jumladan iqtisodiy tuzilmalarga ustuvor ahamiyat beradi;
oltinchidan, O‘zbekistonRespublikasi “O‘zbekistonRespublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunga va O'zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasiga muvofiq harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi. O‘zbekistonRespublikasi har qanday davlatlararo tuzilmadan, bu tuzilma harbiy-siyosiy blokka aylantirilgan taqdirda, chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
yettinchidan, O‘zbekistonRespublikasi mintaqadagi hamda undan tashqaridagi mojarolarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tuzilmalarning ishida faol qatnashadi

Download 44.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling