Mavzu: Jinoyat huquqi qonuning hudud bo`yicha amal qilishi Reja: kirish I bob jinoyat qonuni haqida tushuncha
Download 44.83 Kb.
|
jinoyat huquqi qonuning hudud boyich
birinchidan, davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama va ko‘ptomonIama hamda xalqaro hamjamiyatni qamrab oladigan munosabatlar;
ikkinchidan, davlatlar bilan hukumatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar; uchinchidan, hukumatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar; to‘rtinchidan, davlatlar va davlatlarga o'xshash mustaqil xalqaro maqomga ega bo'lgan tuzilmalar (masalan, Vatikan rim katolik cherkovining markazi sifatida alohida xalqaro-huquqiy maqomga ega) bilan bo'lgan munosabatlar. Shunday qilib, xalqaro huquq obyekti xalqaro, aniqrog'i, davlatlararo munosabatlardir. Xalqaro huquq obyekti bilan xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasini farqlash lozim. Xalqaro-huquqiy munosabatlar predmeti deganda, tomonlar huquqiy munosabatga kirishishi uchun sabab bo'ladigan barcha holatlar tushuniladi. Bu sohaga harakat va harakatdan saqlanish, hudud va boshqa shu kabi masalalar kirishi mumkin. Ijtimoiy boshqaruv turlaridan biri bo'lgan xalqaro-huquqiy tartibga solish, aslida, ijtimoiy munosabatlarni boshqarishning o'ziga xos ko'rinishidir. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq bir-biri bilan yaqin aloqada bo'lgan va o'zaro bogiiq huquq tizimlari hisoblanadi. Masalan, ikki tomonlama va ko'p tomonlama savdo shartnomalari tashqi savdo bo'yicha davlatlararo xalqaro-huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunda xalqaro shartnomalar xalqaro ommaviy huquq predmeti doirasida o'rganiladi. Mana shu savdo shartnomalari asosida tuziladigan tashqi savdo bitimlari (tovarlami yuklash, tashish, tushirish, ularga haq to'lash va hokazo) esa fuqarolik huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi va xalqaro xususiy huquq predmeti doirasida o'rganiladi. Huquqshunoslik fanida xalqaro umumiy huquq va xalqaro xususiy huquqning o'zaro munosabati masalasi bahsli muammolardan hisoblanadi. Bu masalada uch xil nuqtayi nazarni ko'rsatish mumkin. Birinchi nuqtayi nazarga ko'ra, xalqaro xususiy huquq milliy huquqning tarkibiy qismidir. Bu fikr tarafdorlariga L.A. Luns, I.S. Pereterskiy (Rossiya), X. BatifFol (Fransiya), M. Jiliano (Italiya) kabi olimlar kiradi. Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari — S.B. Krilov (Rossiya), M. Genovski (Bolgariya), Moreno Kintana (Argentina) fikriga ko'ra, xalqaro xususiy huquq xalqaro umumiy huquqning tarkibiy qismidir. Uchinchi nuqtayi nazarga ko'ra, xalqaro xususiy huquq qisman xalqaro ommaviy huquq, qisman milliy huquq normalaridan tashkil topadi. Masalan, bunday fikmi Xose de Ianguas Messiya (Ispaniya) olg'a suradi. Albatta, xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq muayyan o'zaro umumiy o'xshash tomonlarga hamda bir-biridan farqlanuvchi jihatlarga ega. Asosiysi shundan iboratki, ular bir biri bilan yaqin aloqada bo'lgan va o'zaro bog'liq huquq tizimlaridir. Download 44.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling