Mavzu: Jinoyat huquqi qonuning hudud bo`yicha amal qilishi Reja: kirish I bob jinoyat qonuni haqida tushuncha


Davlatlarning oddiy va umumiy jinoyatchilik bilan kurash sohasidagi hamkorligi


Download 44.83 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi44.83 Kb.
#1527068
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jinoyat huquqi qonuning hudud boyich

2.2 Davlatlarning oddiy va umumiy jinoyatchilik bilan kurash sohasidagi hamkorligi
Bunday xalqaro hamkorlik asosan fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam to'g'risidagi xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi.
1985— 1990-yillar mobaynida BMTning Bosh Assambleyasi jinoiy ishlar bo'yicha o'zaro yordam to'g'risidagi bir qancha namunaviy shart - nomalarni ma’qulladi.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi 20 ga yaqin huquqiy yordam to'g'risidagi ikki tomonlama bitimga ega. Sudlanganlami jazo o'tash uchun topshirish masalalari bo'yicha bitimlar ham mavjud.
Ana shu bitimlar asosida, odatda, quyidagi masalalar tartibga solinadi:
1) jinoyat sodir etuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlami almashlash;
2) tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlar haqidagi axborotlarni almashlash;
3) sudlar qarorlari ijrosiga ko'maklashish;
4) boshqa davlat hududida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan fuqarolarga, shu jumladan o'z fuqarolariga qarshi jinoiy ta ’qibni amalga oshirish;
5) shaxslami javobgarlikka tortish maqsadida qidirish;
6) shaxslami topshirishni ta ’minlash maqsadida qamoqqa olish.
1993-yilda MDH doirasida fuqarolik, oila va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risidagi konvensiya tu zilgan. Konvensiya bo'yicha ko'rsatiladigan huquqiy yordam ko'lami anchagina kengdir. Unda protsessual va boshqa harakatlami amalga oshirish, xususan, tintuv o'tkazish, musodara etish, ashyoviy dalillar berish, ekspertiza qilish, ayblanuvchilar, guvohlar va ekspertlarni so'roq qilish, jinoiy ta ’qib qo'zg'ash, jinoyat sodir etgan shaxslami qidirish va topshirish kabilar ko'zda tutilgan.
Topshirish deganda, ayblanuvchi yoki sudlangan shaxs o'z hududida bo'lib turgan davlat uni jinoyat sodir etgan deb hisoblanayotgan yoxud u sudlangan davlatga berishi tushuniladi.
Umum qabul qilingan qoidaga ko'ra sodir etilgan xatti-harakat har ikkala davlat huquqi bo'yicha ham jinoyat hisoblangan taqdirdagina tegishli shaxsni topshirish mumkin. Agar shaxs siyosiy sabablarga ko'ra ta ’qib etilayotgani xususida asoslar mavjud bo'lsa, u holda bu shaxsni topshirish amalga oshirilmaydi.
Interpol — Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkilotining qisqartirilgan nomi bo'lib, uning bosh qarorgohi Lion (Fransiya) shahrida joylashgan. Unda deyarli barcha davlatlar, shu jumladan O'zbekiston ham ishtirok etadi.
Interpolning asosiy vazifalari:
— jinoyat politsiyasi organlarining milliy qonunchilik va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi doirasida keng ko'lamli, hamjihatlikda faoliyat yuritishlarini ta ’minlash;
— jinoiy (siyosiydan farqli o'laroq) jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashda ko'maklashuvchi muassasalarni tuzish va rivojlantirishdan iborat.
Interpol jinoyatga oid qidiruv va boshqa kriminalistika axborotlarini to ‘playdi va tizimlashtiradi, xalqaro qidiruvda ishtirok etadi, milliy politsiya xizmatlarini axborot bilan ta ’minlaydi.
Interpolning axborot faoliyati sirasiga qidiruv kartalari, qidiruvdagi shaxslarning tashqi qiyofasi tasvirlangan ko'rsatmalar, fotosuratlar va barmoq izlarini tarqatish kabilar kiradi. Shuningdek, xalqaro jinoyatchilar haqida ma’lumotlar to ‘plangan karta-xatlar, bedarak yo'qolgan shaxslarning kartalari, aniqlanmagan jasadlar kartalari, o ‘g‘irlangan molmulklar kartalari, shu jumladan jinoyat sodir etishning yangi va alohida qiziqish uyg'otadigan usullari haqida axborotlar tarqatiladi.
A’zo davlatlarda Interpolning Markaziy byurosi bilan jinoyat politsiyasining milliy organlari faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi Milliy byurolar ta ’sis etiladi.
XULOSA
XXI asr har bir inson va davlat hayotida xalqaro munosabatlar rolining rivoji, yo'nalishi o'sishini ko'rsatmoqda, bu xalqaro huquq rivojiga ham olib kelishi muqarrar.
XXI asrdagi tarixiy taraqqiyot barcha mamlakatlami yagona jahon hamjamiyati bilan bog'lab, globallashuv jarayonining tobora chuqurlashuvi bilan xarakterlanadi.
Nafaqat tinchlik, balki insoniyat omon qolmog'ining o'zi ham davlatlarning keng hamkorligiga bog'liq. Dunyoda bo'layotgan o'zgarishlar yangi dunyo tartibi va tegishli huquqiy tartibotning yaratilishini talab qilmoqda. BMT davlatlarni ≪yo'naltirilgan adolatli xalqaro tartibot va demokratiyaga ko'maklashishni xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo'li bilan davom ettirishga≫1 chaqiradi. Bugun hatto qudratli davlat ham yakka holda o'z fuqarolarining va o'zining xavfsizligini ta’minlay olmaydi. Shu faktni anglab yetish milliy va xalqaro xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko'rib chiqishga olib keladi. Bu bo'lajak o'zgarishlarning muhim xarakteri haqida guvohlik beruvchi muhim nuqtayi nazardir. Yangi jahon tartiboti va uning amal qilishini ta ’minlovchi qurol xalqaro huquqdir. Shu bois BMTning eng asosiy hujjatlarida xalqaro munosabatlarda huquqning ustunligini ta ’minlash ahamiyatining ta’kidlanishi tasodifiy emas.
Nafaqat davlatlar orasidagi munosabatlarda, balki ularning ichki hayotida ham xalqaro huquqning roli o'sib bormoqda. Globallashuv kelajakda jamiyat hayotini baynalmilallashtirishga, xalqaro aloqalar rolining o'sishiga olib keladi. Shunga muvofiq ravishda xalqaro huquqning davlat hayotiga va qisman uning huquqiga ta ’siri kuchayadi. Yagona xalqaro va ichki qonuniylik holati paydo bo'ladi. Buning ahamiyati yuqori baholanmoqda, BMT ming yillikning 2000-yilgi deklaratsiyasida asosiy vazifalardan biri sifatida ≪xalqaro va ichki ishlarda huquq ustuvorligiga hurmatni oshirish≫, qayd etilgan.
Shuning uchun parlament a’zolari va sudyalar hamda boshqa yurist - larga xalqaro-huquqiy bilimlar nihoyatda zarur. Ma’lum darajada bu bilimlar har qanday yuridik ta ’limning tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Busiz xalqaro hayot taraqqiyotida yo'l topishning iloji yo'q. Xullas, xalqaro huquq jismoniy va yuridik shaxslar manfaati va huquqi himoyasida tobora katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
Xalqaro-huquqiy madaniyatning shakllanishida ommaviy axborot vositalarining alohida o‘rni bor. Afsuski, ular bu vazifani uddalay olmayotganligini qayd qilishga to ‘g‘ri keladi. Xalqaro siyosiy va u bilan bog'liq huquqiy muammolarni noto‘g‘ri, b a ’zida esa latifanamo ko'rinishda yoritilmoqda. Xalqaro jurnalist xalqaro huquq sohasidan boxabar bo‘lmog‘i kerak.
Xalqaro amaliyotda mavjud muammolar BMTni xalqaro-huquqiy bilimlarni yoyish va xalqaro huquqni o‘rganishni rag'batlantirish bo'yicha qator tadbirlar qabul qilishga undadi. Bunga BMTning xalqaro huquqning o‘n yilligi dasturi bag'ishlangan. BMTning kotibiyati 2001 –yili xalqaro huquqni o'rganishning ahamiyati va uni o‘qitishni kengaytirish haqidagi ≪Butun dunyodagi yuridik fak u lte tla ri d ek an la rig a murojaatnoma≫ni qabul qildi. Unda keng omma orasida xalqaro huquq haqidagi axborotni tarqatishda yuristlarning mas’uliyati alohida ta ’kidlanadi.
Xalqaro huquqqa faqat kasbiy nuqtayi nazardan qarash noto‘g‘ri bo'lgan bo'lardi. U xalqlar orasida muomala madaniyatining umuminsoniy madaniyatning muhim elementi bo'lib xizmat qiladi. Bu yerda baynalmilal muomalaning ko'p asrlik tajribasini o'z ichiga olgan insoniyat madaniy merosining muhim unsuri haqida gap bormoqda. Hoziigi zamonning muhim muammolaridan — baynalmilal ongning shakllanishi, dini, madaniyati, irqidan qat’i nazar, insonlami bir-biriga hurmat ruhida tarbiyalash muammolarini hal etishida xalqaro huquq yordam beradi. Bunday ong dunyo madaniyatining muhim elementi bo'lib, uning qaror topishi xalqaro va etnik aholi orasida ziddiyatlarning yo'qolishida hal qiluvchi me’yorga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Sh.Mirziyoev.Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.:O‘zbekiston, 2016.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni (Xalq so‘zi 2017 yil, 8 fevral).
3. SH. Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O‘zbekiston, 2017
4.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan)
6. O‘zbekiston Respublikasining ―Mulkchilik to‘g‘risidagi‖ Qonuni 31.10.1990 yil.
7. O‘zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‘g‘risida‖gi Qonuni 19 avgust 1999 yil.
8. O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi Qonuni 19.11.1991yil
9. O‘zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeksi‖ 30.08.1996y
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖ PQ-843-son qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-sonli ―Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida‖gi Qarori.
12. I.A.Karimov O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T. «O`zbekiston» 1995 y.
13. I.A.Karimov.O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. «O`zbekiston » 1997 y.
14. I.A.Karimov O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. «O`zbekiston» 1999 y. 32-33 betlar.
Foydalanigan internet saytlar

  • www.lectures.ndpi.uz

  • www.news.uzreport.uz

  • http://www.folklore.ru

  • www.folksentr.ru

  • www.ob’ektgipersslki.

  • www.ruthenia.ru

  • www.folklore.uz

  • www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 44.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling