Mavzu: Jinoyat huquqi qonuning hudud bo`yicha amal qilishi Reja: kirish I bob jinoyat qonuni haqida tushuncha


Kurs ishining obyekti va predmeti


Download 44.83 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi44.83 Kb.
#1527068
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jinoyat huquqi qonuning hudud boyich

Kurs ishining obyekti va predmeti. Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy tizimning bir qismiga aylanib bormoqda. Uning asoslarini bilish jismoniy va yuridik shaxslarning o'z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun ham zarurdir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari Afsuski, hozirgi paytda omma o'rtasida xalqaro-huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past. Bu o'rinda turli davlatlarning huquqni himoya qiluvchi organlari xalqaro normalarning milliy huquqiy tizimdagi yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta’kidlash lozim. Xalqaro-huquqiy bilimlarning past darajadaligi, hatto aksariyat mamlakatlarning yuristlari uchun ham xosdir. O'zbekistonda ham bu muammo dolzarb bo'lib turibdi. Albatta, buning o'ziga xos obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Birinchidan, sobiq SSSR huquqiy tizimining xalqaro huquq bilan aloqasida faollik farqlanmas edi. Ikkinchidan, yuridik oliy o‘quv yurtlarida xalqaro huquq kursi asosan umumiy ta’lim sifatida o‘qitilar edi. Uchinchidan, boshqa yuridik fanlar o'qitilayotganda, muayyan huquq sohasining xalqaro huquq bilan bog'liqligiga e’tibor berilmas edi.
Shu bois bugungi kunda milliy huquqning xalqaro huquq bilan o'zaro aloqasini yorituvchi o'quv adabiyotlarini tayyorlash juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, amaliyotchi yuristlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro jinoyat huquqi singari xalqaro huquqning boshqa sohalariga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Albatta, barcha yuristlarni xalqaro huquq bo'yicha yetuk mutaxassisga aylantirib bo'lmaydi. Buning sabablari haqida mashhur italyan professori B. Konforti shunday yozadi: ≪Xalqaro huquqning mazmuni shu qadar kengaydiki, uni umumiy kurs darajasida yoritish mumkin emas≫. Bugun hatto xalqaro yurist ham xalqaro huquqning hamma sohasi bo'yicha yetuk mutaxassis bo'la olmaydi. Shuning uchun bizning vazifamiz milliy huquq sohasi mutaxassislarining xalqaro huquq asoslarini bilishlari uchun ularga ko'maklashish hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va qisqacha mazmuni. Kurs ishi kirish asosiy qism uchta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

1.1 Jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari


Umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o‘rin egallaydi. U ijtimoiy


munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, balki, ularni huquqqa xilof
tajovo‘zlardan himoya qiladi ham.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni – jinoyat huquqining prinsiplari va umumiy
qoidalarini, jinoyat qonun vazifalarini, jinoyat va uning belgilarini, jazoning maqsadi
va turlarini jazo tayinlash va jazodan ozod qilish asoslarini belgilaydi.
Jinoyat qonun mazmuniy jihatdan biror harakat (masalan, firibgarlik) qilishni man
etadi yoki biror harakat qilishga (masalan, xizmat vazifalarini bajarishga) majbur
qiladi. Shu bilan birga, qonun tegishli davlat hokimiyati organi va mansabdor shaxsga
jinoyat qonuni man etgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini
bajarmagan shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi. Jinoyat
qonuni jamiyatimizda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni turli jinoiy
qilmishlardan himoya qiladi
Qonunlarga, shu jumladan jinoyat qonuniga amal qilish, ularni og‘ishmay bajarish
fuqarolik huquqiy davlatini qurishda har bir fuqaroning burchidir. Qonun talablaridan
ozgina bo‘lsa-da chetlashish qonunchilgimizning buzilishiga, fuqarolarning huquq va
erkinliklari-nihg davlat va jamiyat manfaatlarining buzilishiga olib keladi.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari barcha qonunlar uchun asos bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari, umumiy qoidalari va
moddalari asosida tuzilgan. O‘zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 24-
moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga
suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiya’ning
53-moddasida esa xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasida ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek, ba’zi og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash nazarda
tutilgan yoki jinoyat-huquqiy muhofazaga muhtoj muayyan ijtimoiy munosabatlar
jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan va muhim shartlarni
o‘zida aks ettirgan yana boshqa normalar ularni jinoyat qonuniga kiritish uchun
bevosita huquqiy asos hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan
normalariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umum e’tirof etgan priinsiplari davlatning ichki
qonunchiligiga nisbatan ustun ekanligi tan olingan.
Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalari Jinoyat kodeksining aksariyat
bo‘limlari, boblari va muayyan moddalarda bevosita o‘z ifodasini topgandir.
Chunonchi, kodeksning Maxsus qismi ham butun dunyoda e’tirof etilgan qadriyatlar
tizimini inobatga olgan holda tuzilgan. Masalan, “Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga
qarshi jinoyatlar” deb nomlangan VIII bobda urushni targ‘ib qilish (150-modda),
agressiya (151-modda), genotsid (153-modda), yolla-nish (154-modda) kabi jinoyatlar
uchun jinoiy javobgarlik belgilan-gan. Bu esa Jinoyat kodeksimizga hozirgi zamon
xalqaro huquqining asosiy prinsiplari kiritilganligidan dalolat beradi.
Qonun chiqaruvchi organ, ya’ni Oliy Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat
kodeksiga huquqning mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha
huquqiy normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik prinsipidan kelib chiqqan
holda muayyan ketma-ketlikda joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit tasavvurga
ega bo‘lish, huquqni qo‘llovchilarning qonunlardan foydalanishlari uchun barcha
qulayliklar yaratish imkonini beradi.
Jinoyat qonuni ushbu huquq sohasining yagona manbai hisob-lanadi. Boshqa
hech bir me’yoriy hujjat, sud pretsidenti, sud qarori, urf-odatlar uning manbai
bo‘la olmaydi.
Jinoyat qonuni tarixan o‘zgaruvchan hujjat hisoblanadi, chunki ijtimoiy
munosabatlar va ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanib, o‘zgarib borishi jarayonida
jinoyat qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishni taqozo etadi. Bu
esa o‘z navbatida bu hujjatning tarixan o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Jinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va
davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy
tajovo‘zlardan himoya qilish-dir. Zero, ushbu qonun bilan himoyalanadigan ijtimoiy
munosabatlar har qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur va-
zifa, ya’ni maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofa-za
munosabatlari vositasida amalga oshirilib, bunday munosabatlar taqiqlangan ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etilgan vaqtdanoq paydo bo‘ladi.
Jinoyat qonunining bu vazifalarni amalga oshirishi uchun unda javobgarlik asoslari
va prinsiplari mustahkamlangan va qaysi ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligi
belgilangan.
Ogohlantirish funksiyasi jinoyat huquqi normasida belgilab qo‘yilgan sanksiya orqali
sodir etilgan qilmish uchun jazo qo‘llash orqali jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan
shaxslarni ogohlantiradi.
Jinoyat qonunining funksiyalari:
1) regulyativ (jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi);
2) negativ (jinoyat qonuni bilan tartibga solinadigan manfaatlarni muhofaza etadi);
3) aksiologik (jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan obyektlarni qadriyat sifatida jinoiy tajovo‘zlardan muhofaza etadi);
4) preventiv (jinoiy taqiqlarni va ularni buzganlik uchun sanksiyalar belgilaydi).
Jinoyat qonuni shaxslarni qonun talablarini so‘zsiz ravishda bajarish ruxida
tarbiyalash, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan murosasiz munosabatda
bo‘lishga yo‘naltirilgandir.


Download 44.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling