Mavzu: Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari. G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi Reja
Download 358.09 Kb. Pdf ko'rish
|
G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlari (YaIMga nisbatan % da) 3-jadval
- 2013 2014 O‘rtacha Argentina 0,05 0,05 0,06 0,06 0,07 0,06
- Yamayka 0,61 0,42 0,38 0,45 0,36 0,44 Meksika 0,2 0,19
1-rasm. Jinoyatlarga xarajatlarning YaIMga nisbati (YaIMga nisbatan %da) 2-rasm. Jinoyatlarga eng ko‘p xarajatlar qiladigan Lotin Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlari (YaIMga nisbatan % da) 3-jadval Qotillik jinoyatlari uchun davlat budjetidan xarajatlar YaIMga nisbatan, mln.AQSh dollarida 2010 2011 2012 2013 2014 O‘rtacha Argentina 0,05 0,05 0,06 0,06 0,07 0,06 Bagam orollari 0,47 0,64 0,52 0,48 0,53 Barbados 0,13 0,11 0,09 0,09 0,06 0,1 Braziliya 0,22 0,18 0,25 0,24 0,24 0,23 Chili 0,04 0,05 0,04 0,04 0,05 0,04 Kolumbiya 0,44 0,39 0,36 0,33 0,28 0,36 Kosta Rika 0,21 0,2 0,36 0,17 0,36 0,18 Ekvador 0,23 0,2 0,36 0,15 0,1 0,17 El Salvador 0,8 0,82 0,48 0,61 0,94 0,73 Gvatemala 0,39 0,38 0,35 0,34 0,36 0,36 Gonduras 2,24 2,63 2,31 1,89 1,62 2,14 Yamayka 0,61 0,42 0,38 0,45 0,36 0,44 Meksika 0,2 0,19 0,17 0,36 0,13 0,17 Paragvay 0,25 0,25 0,22 0,21 0,21 0,23 Peru 0,06 0,06 0,07 0,08 0,06 0,07 Trinidad va Tobago 0,31 0,22 0,21 0,24 0,24 Urugvay 0,07 0,07 0,09 0,09 0,09 0,08 Lotin Amerikasi va Karib basseyni bo‘yicha o‘rtacha 0,4 0,4 0,35 0,33 0,32 0,36 Jami (mln.AQSh dollarida) 9,776.3 10,026.6 11,433 11,012.1 10,480.9 10,545.8 Garri Stanley Bakker 1930-yil, 2-dekabrda AQSh da tug‘ilgan. Chikago iqtisodiyot universiteti sotsiologiya va iqtisodiyot professori, Chikago iqtisodiyot universitetining uchinchi avlodi yetakchisi. Faoliyati va o‘limidan keyin 6 ta AQSh va xalqaro darajadagi mukofotlar bilan taqdirlangan. Shulardan eng nufuzlisi1992-yil iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotidir. Iqtisodchi Milton Fridmen uni XX asrning ikkinchi yarmida yaxshagan eng yaxshi ijtimoiy sohadagi olim deb atagan bo‘lsa, Jastin Volfers uni oxirgi 50 yildagi eng yaxshi sotsiolog deb atagan. U o‘zining asarlarida sotsiologiya va iqtisodiyotni, xususan, diskriminatsiya, oila tuzilmasi va jinoyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tadqiq etgan. Masalan, jinoyat sodir etishda insonning ijtimoiy onggi eng birinchi o‘ringa qo‘ygan. Bakkerning Jinoyat va jazo iqtisodiy nazariyasida keltirilishicha “insonlar jinoyatlarni sodir etish jarayonida har doim kuchli ruhiy va ahloqiy bosim ostida bo‘ladi. Ba’zilar jinoyatni ruhiy bosim ostida sodiretsa, boshqalar uni ongli ravishda jinoyat qilgandan keyingi va jinoyat qilmagandagi naflilikni solishtirib ko‘rish orqali amalga oshiradi. Ya’ni jinoyatdan keladigan foyda, shu jinoyatni sodir etmaslikdan keladigan nafdan ustun bo‘lsa, bu jinoyatchiga o‘ziga xos rag‘bat bo‘ladi. Uning etirof etishicha, bazi jamiyatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun va uni oldini olish uchun katta mablag‘ sarf etilsa ham, jinoyatchilarga aynan belgilangan jazoning ahamiyati juda past. U shunday jamiyatlarda jinoyatlar uchun jazoni keskin oshirishni taklif qiladi. Ya’ni jinoyatchi ratsional qaror qabul qilayotganda jinoyatsizlik holati uning uchun foydali ekanligini bilishi kerak” Bakker o‘zining “A treatise on the family” (Oilada bir asar) kitobida jamiyatda jinoyatchilar guruhining shakllanishida oilaning ahamiyati juda yuqoriligini alohida muammo sifatida e’tirof etgan. Uning fikriga ko‘ra bolaning o‘zining qiziqishlari orqali sodir etadigan harakatlariga qaraganda, oilasida unga bo‘lgan e’tibor va uni qaysidir harakatga yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Oilada ota-ona oilasining yaxshi hayot kechirishi uchun ko‘proq daromad topishni birinchi o‘ringa chiqaradi, natijada oiladagi bolalarga etibor pasayadi. Bu etiborsizlik esa bolada o‘siga nisbatan xudbinlikni kuchaytiradi va uni qalbida bolaligidayoq jamiyatga nisbatan nomuvofiq g‘oyalar shakllanishni boshlaydi. Shuning uchun, Bakker bu nazariyani buzilgan bola yoki yomon ahloqli bola nazariyasi deb nomlaydi. Bakker g‘arbda birinchilardan bo‘lib, oilani iqtisodiyotga tasir etuvchi katta kuch sifatida tadqiq etgan iqtisodchi-sotsiologlardanhisoblanadi. U hatto oila ham o‘zining iqtisodiyotini rejalashtirish kerakligini ta’kidlaydi. U jamiyatda oilalarning ajrashuvi, ikki insonning oila qurishi, oila azolari orasidagi bir-biriga bo‘lgan o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik uzoq muddatli iqtisodiyotda mamlakat iqtisodiyotiga funksional ta’sir etishini ta’kidlagan. U o‘zining 70- yillarda Chikago universitetida oila mavzusida olib borgan ko‘p yillik izlanishlari natijasida jamiyatning umumiy taraqqiyotida oila iqtisodiyoti, xususan, turmush qurish, ajrashish, oila hajmini rejalashtirish, daromadlar darajasining mutanosibligi hamda oilada bolalar tarbiyasiga sarflanadigan vaqt kabi tushunchalarni va ular orasidagi korrelyatsiyani chuqur tadqiq etgan. Download 358.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling