Mavzu: Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari. G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi Reja


Download 358.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.01.2023
Hajmi358.09 Kb.
#1108975
1   2   3   4   5
Bog'liq
G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


1-rasm. Jinoyatlarga xarajatlarning YaIMga nisbati 
(YaIMga nisbatan %da) 
2-rasm. Jinoyatlarga eng ko‘p xarajatlar qiladigan Lotin 
Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlari (YaIMga nisbatan % da) 
 
 


3-jadval 
Qotillik jinoyatlari uchun davlat budjetidan xarajatlar YaIMga 
nisbatan, mln.AQSh dollarida 
 
2010  
2011  
2012  
2013  
2014  
O‘rtacha 
Argentina  0,05  
0,05  
0,06  
0,06  
0,07  
0,06 
Bagam 
orollari  
0,47
0,64
0,52
0,48
0,53 
Barbados  
0,13  
0,11  
0,09  
0,09  
0,06  
0,1 
Braziliya  
0,22  
0,18  
0,25  
0,24  
0,24  
0,23 
Chili  
0,04  
0,05  
0,04  
0,04  
0,05  
0,04 
Kolumbiya  0,44  
0,39  
0,36  
0,33  
0,28  
0,36 
Kosta Rika  0,21  
0,2  
0,36  
0,17  
0,36  
0,18 
Ekvador  
0,23  
0,2  
0,36  
0,15  
0,1  
0,17 
El 
Salvador  
0,8  
0,82  
0,48  
0,61  
0,94  
0,73 
Gvatemala  0,39  
0,38  
0,35  
0,34  
0,36  
0,36 
Gonduras  2,24  
2,63  
2,31  
1,89  
1,62  
2,14 
Yamayka  
0,61  
0,42  
0,38  
0,45  
0,36  
0,44 
Meksika  
0,2  
0,19  
0,17  
0,36  
0,13  
0,17 
Paragvay  
0,25  
0,25  
0,22  
0,21  
0,21  
0,23 
Peru  
0,06  
0,06  
0,07  
0,08  
0,06  
0,07 
Trinidad 
va 
Tobago  
0,31
0,22
0,21
0,24
0,24 
Urugvay  
0,07  
0,07  
0,09  
0,09  
0,09  
0,08 
Lotin 
Amerikasi 
va 
Karib 
basseyni 
bo‘yicha 
o‘rtacha  
0,4  
0,4  
0,35  
0,33  
0,32  
0,36 
Jami 
(mln.AQSh 
dollarida)  
9,776.3  
10,026.6  11,433  
11,012.1  10,480.9  10,545.8 


Garri Stanley Bakker 1930-yil, 2-dekabrda AQSh da tug‘ilgan. Chikago 
iqtisodiyot universiteti sotsiologiya va iqtisodiyot professori, Chikago 
iqtisodiyot universitetining uchinchi avlodi yetakchisi. Faoliyati va o‘limidan 
keyin 6 ta AQSh va xalqaro darajadagi 
mukofotlar bilan taqdirlangan. Shulardan eng nufuzlisi1992-yil iqtisodiyot 
sohasida Nobel mukofotidir. Iqtisodchi Milton Fridmen uni XX asrning ikkinchi 
yarmida yaxshagan eng yaxshi ijtimoiy sohadagi olim deb atagan bo‘lsa, Jastin 
Volfers uni oxirgi 50 yildagi eng yaxshi sotsiolog deb atagan. U o‘zining 
asarlarida sotsiologiya va iqtisodiyotni, xususan, diskriminatsiya, oila tuzilmasi 
va jinoyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tadqiq etgan. Masalan, jinoyat sodir 
etishda insonning ijtimoiy onggi eng birinchi o‘ringa qo‘ygan. 
Bakkerning Jinoyat va jazo iqtisodiy nazariyasida keltirilishicha “insonlar 
jinoyatlarni sodir etish jarayonida har doim kuchli ruhiy va ahloqiy bosim ostida 
bo‘ladi. Ba’zilar jinoyatni ruhiy bosim ostida sodiretsa, boshqalar uni ongli 
ravishda jinoyat qilgandan keyingi va jinoyat qilmagandagi naflilikni solishtirib 
ko‘rish orqali amalga oshiradi. Ya’ni jinoyatdan keladigan foyda, shu jinoyatni 
sodir etmaslikdan keladigan nafdan ustun bo‘lsa, bu jinoyatchiga o‘ziga xos 
rag‘bat bo‘ladi. Uning etirof etishicha, bazi jamiyatlarda jinoyatchilikka qarshi 
kurashish uchun va uni oldini olish uchun katta mablag‘ sarf etilsa ham, 
jinoyatchilarga aynan belgilangan jazoning ahamiyati juda past. U shunday 
jamiyatlarda jinoyatlar uchun jazoni keskin oshirishni taklif qiladi. Ya’ni 
jinoyatchi ratsional qaror qabul qilayotganda jinoyatsizlik holati uning uchun 
foydali ekanligini bilishi kerak” Bakker o‘zining “A treatise on the family” 
(Oilada bir asar) kitobida jamiyatda jinoyatchilar guruhining shakllanishida 
oilaning ahamiyati juda yuqoriligini alohida muammo sifatida e’tirof etgan. 
Uning fikriga ko‘ra bolaning o‘zining qiziqishlari orqali sodir etadigan 
harakatlariga qaraganda, oilasida unga bo‘lgan e’tibor va uni qaysidir harakatga 
yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Oilada ota-ona oilasining 
yaxshi hayot kechirishi uchun ko‘proq daromad topishni birinchi o‘ringa 


chiqaradi, natijada oiladagi bolalarga etibor pasayadi. Bu etiborsizlik esa bolada 
o‘siga nisbatan xudbinlikni kuchaytiradi va uni qalbida bolaligidayoq jamiyatga 
nisbatan nomuvofiq g‘oyalar shakllanishni boshlaydi. Shuning uchun, Bakker 
bu nazariyani buzilgan bola yoki yomon ahloqli bola nazariyasi deb nomlaydi. 
Bakker g‘arbda birinchilardan bo‘lib, oilani iqtisodiyotga tasir etuvchi katta 
kuch sifatida tadqiq etgan iqtisodchi-sotsiologlardanhisoblanadi. U hatto oila 
ham o‘zining iqtisodiyotini rejalashtirish kerakligini ta’kidlaydi. U jamiyatda 
oilalarning ajrashuvi, ikki insonning oila qurishi, oila azolari orasidagi bir-biriga 
bo‘lgan o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik uzoq muddatli iqtisodiyotda mamlakat 
iqtisodiyotiga funksional ta’sir etishini ta’kidlagan. U o‘zining 70- yillarda 
Chikago universitetida oila mavzusida olib borgan ko‘p yillik izlanishlari 
natijasida jamiyatning umumiy taraqqiyotida oila iqtisodiyoti, xususan, turmush 
qurish, ajrashish, oila hajmini rejalashtirish, daromadlar darajasining 
mutanosibligi hamda oilada bolalar tarbiyasiga sarflanadigan vaqt kabi 
tushunchalarni va ular orasidagi korrelyatsiyani chuqur tadqiq etgan. 

Download 358.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling