Mavzu: Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari. G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi Reja


Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari


Download 358.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.01.2023
Hajmi358.09 Kb.
#1108975
1   2   3   4   5
Bog'liq
G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi

 
Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari. 
 
Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga 
ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan va jinoyat qonunida 
nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday 
jinoyatlarning sodir etilishi natijasida jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim 
fuqarolarga moddiy ziyon 
yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. 
Iqtisodiy jinoyatga: 
1) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish
2) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
jinoyatlar; 
3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar; 
4) xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid 
jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish 
departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga aylantirildi. 


Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-may kuni 
imzolangan farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjatda departament vazifalari va 
vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati budjet mablag‘larini talon-taroj 
qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan 
izohlanadi.
Departament Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil ixtisoslashgan huquqni 
muhofaza qilish organi hisoblanadi. U iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy 
daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in 
qurollarini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv 
faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek ko‘rsatib 
o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash kabilarni 
amalga oshiradi. 
Departament tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash 
boshqarmasi, Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliynazorat bo‘limi tashkil etildi. 
2018 yil 1-iyuldan prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 
qoshidagi Loyihalar va import shartnomalari kompleks ekspertiza markazi 
departamentga shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni taqdim 
etishni boshlaydi. Departamentga Markaziy bank va Moliya vazirligidan 
bank hisoblari va yagona g‘aznachilik hisobi bo‘yicha davlat pul mablag‘lari 
harakati bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rash va olish huquqi berildi. 
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
Birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy 
qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha 
faoliyatni kompleks tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash 
amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 
Ikkinchidan, insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular faoliyatiga davlat 
organlari va tashkilotlarining noqonuniy aralashuvidan himoya qilish, biznesni 
rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi sun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek 


qo‘yish, importni optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 
eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish; 
Uchinchidan, budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va 
ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, 
davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz 
ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar 
ko‘rish; 
To‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya, soliq, transport, 
qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi 
kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab 
va shart-sharoitlarni 
bartaraf etish; 
Beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga 
qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy ravishda chiqib ketishi, 
olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona 
iqtisodiyot”ni shakllantirishning turli sxemalari va kanallarini aniqlash; 
Oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya 
qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, 
shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot 
buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish; 
Yettinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining samarali 
ijro etilishini ta’minlash; 
Sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, shuningdek, jinoiy 
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli organlari
xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va 


axborot almashish; 
To‘qqizinchidan, iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy 
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni 
moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in 
qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish 
va profilaktika ishlarini amalga oshirish. 
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan 2019 yilda iqtisodiy 
jinoyatlar va korrupsiya bo‘yicha 2114 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh 
prokuratura huzuridagi Departament tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish 
borasida 445 ta jinoyat aniqlandi. 
Iqtisodiy jinoyatlar, xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashni 
kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida: – 4019 ta huquqbuzarlik 
aniqlanib, 1886 ta ma’muriy va 2114 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. 
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida: 
– 557 ta yashirin sex yuritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 4,9 
mlrd. so‘mlik noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot (xom ashyo) olib qo‘yildi; 
– 1884 ta sub’ektning faoliyatiga qonuniy tus berilib, 2001 ta yangi ish o‘rini 
yaratildi; 
– poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyatlar aniqlandi
– 401 mlrd. so‘mlik soliq va to‘lovlar qo‘shimcha hisoblanib, 146 mlrd. so‘mi 
undirildi; 
– valyuta sohasida 1.395 ta huquqbuzarlik aniqlandi; 
– 1,8 mln. dollar miqdorida naqd chet el valyutasi va 4,1 mlrd. so‘m milliy 
valyuta olib qo‘yildi; 
Tibbiyot buyumlari va dori-darmon bilan savdo qilish qoidalari 
hamda narxlarni belgilash tartibi buzilishini oldini olish maqsadida: 
– savdo qoidalari va narxlarni belgilash bilan bog‘liq 82 ta holat 
aniqlandi. 

Download 358.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling