- Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojlanishi bir necha davrlarni oʻz ichiga oladi.
- Birinchi davr – bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat-faoliyatini organizmga ta’siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.I. 1975), ularning toʻplanishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va toʻplangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo boʻlishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
- Ikkinchi davr – jismoniy tarbiya jarayonida qoʻllanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va Oʻrta asrni oʻz ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974).
- Oʻrta asrning oʻrtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, oʻyinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik boʻyicha dastlabki qoʻllanmalar paydo boʻldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy Dunyo qarashlari vujudga keldi (Usmonxoʻjayev T.N. 1995).
Uchinchi davr – jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni cheksiz toʻplanishi, uygʻonish davridan XIX asrning oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni oʻqitish, davolash haqidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedogog va shifokorlarning jismoniy tarbiya muammolariga e’tibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mohiyati haqidagi falsafiy, pedogogik va tibbiy ma’lumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri.
Toʻrtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va oʻquv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham ta’sir koʻrsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Pyetr Fransevich Lesgaft (1837-1909) oʻzining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |