Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining predmeti


Download 1.01 Mb.
bet5/7
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1046807
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining predmeti

Jisman barkamollik – tarixan oʻzgarib turadigan har qanday tarixiy davr uchun oʻzining ideal tasnifiga ega boʻlgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda aholining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy hayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda obyektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt gʻoyaligicha qolib real haqiqatga aylanmay qolgan.
Jismonan barkamollik salomatlikning meyori va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mehnat, jamoatchilik, harbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi.
Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq ma’no va ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Faqat jisman kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedogogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda isbotlangan. Faqat jismoniy mashq bilan shugʻullanish, jismonan kamolot sari yoʻl olsada, bir tomonlamalikga yetaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari ma’naviy, maorifiy axloqiy, ruhiy, estetik mehnat tarbiyasini olishdan uzoqlashtiradi.
Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
Koʻrsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shugʻullanuvchilarning yoshi, sogʻligi, jismoniy tayyorgarligi, shugʻullaniladigan kasbi hisobga olinadi va jismoniy tarbiyada konkret vazifalar hal qilinadi:
a) odam organizmining forma funktsiyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini har tomonlama kamolga yetkazish, sogʻligini mustahkamlash va jamiyat a’zosini uzoq umr koʻrishini ta’minlashga yoʻnalish berish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va koʻnikmalarini, kundalik turmushda kerak boʻladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni tarbiyalash;
Inson jismoniy tarbiyasi maqsad va vazifasi uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan bogʻliqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik obyektiv xarakterda boʻladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yoʻnalish beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa sohalaridagidek maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyat, rejalashtirilgan natijaga har doim ham toʻgʻri kela olmasligi isbotlangan. Jismoniy tarbiyada tarbiya natijasini yosh sportchi yoki fizkulturachi trenirovkasiga rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday ta’sir qilayotganligini hisobga olishni taqazo qiladi, qisqa va tor yoʻnalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga e’tibor bersak, shuni koʻramizki, yuqori natijalarga erishish ma’lum davr ichida boʻlib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashgʻulotlari keyinchalik oʻzini oqlamaydi. Bu esa har tomonlama garmonik rivojlanishga halal beradi va sport yutuqlarini yoʻqqa chiqaradi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling